O‘zbekiston va Rossiya meva-sabzavotlarni yetkazib berish tizimini ishlab chiqmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishProdaja ovoshey i fruktov
Prodaja ovoshey i fruktov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya meva-sabzavot yetkazib berishning kafolatlangan tizimini ishlab chiqmoqda.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya meva va sabzavotlarni Rossiya bozoriga “shahardan peshtaxtagacha” tamoyili bo‘yicha kafolatlangan yetkazib berish tizimini ishlab chiqmoqda.
Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov elchixonada o‘tkazilgan ko‘rgazma-yarmarkada aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu maqsadda respublikada meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha tashqi bozorga, jumladan, Rossiya bozoriga yo‘naltirilgan qo‘shma agroklasterlari tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari, meva va sabzavotlar uchun logistika markazlari tashkil etilmoqda, tovarlarni yetkazib berish va ularni Rossiya chakana savdo tarmoqlariga ilgari surish uchun logistika zanjirlari shakllantirilmoqda.
Tadbirda O‘zbekistondan 30 dan ortiq meva-sabzavot, spirtli ichimliklar, to‘qimachilik korxonalari vakillari, shuningdek, bir qator otelyer va restoratorlar ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0