https://oz.sputniknews.uz/20220531/gazprom-niderlandiyaning-gasterra-kompaniyasiga-gaz-etkazib-berishni-toliq-toxtatdi-24901754.html
“Gazprom” Niderlandiyaning GasTerra kompaniyasiga gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi
“Gazprom” Niderlandiyaning GasTerra kompaniyasiga gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi
Sputnik O‘zbekiston
Gazni rublda sotib olishdan bosh tortgan Niderlandiyaning GasTerra kompaniyasi Rossiya gazisiz qoldi 31.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-31T13:28+0500
2022-05-31T13:28+0500
2022-05-31T13:28+0500
rossiya
gaz
niderlandiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1f/24901573_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_f8707e9fe479c1cbdf5c160236203189.jpg
TOShKENT, 31-may — Sputnik. “Gazprom” Niderlandiyaning GasTerra kompaniyasiga yangi sxemaga ko‘ra to‘lovni rublda amalga oshirishdan bosh tortgani uchun gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi. Bu haqda Rossiya kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.“Gazprom eksport” 30-may kuni holatiga ko‘ra GasTerra B.V.dan aprelda gaz yetkazib berganlik uchun to‘lovni Rossiya prezidentining 31-mart 2022-yildagi 172-farmoniga muvofiq olmadi”, - deyilgan xabarda.Kuni kecha Niderlandiya kompaniyasi Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda to‘lashdan bosh tortishini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng “Gazprom” uni 31-maydan gaz yetkazib berilmasdigi haqida xabardor qilgan.Berlin va Rim kompaniyalariga gaz sotib olish uchun rublda hisob ochishga ruxsat berdi – OAVAprel oxirida “Gazprom” Bolgariya va Polshaga ular to‘lovni belgilangan muddatda rublda amalga oshirmaganlari sabab gaz yetkazib berish to‘liq to‘xtatgan edi. 21-may kuni esa Finlyandiyaga gaz yetkazib berish to‘xtatildi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin mart oxirida do‘st bo‘lmagan barcha davlatlarga tabiiy gazni faqat rublda sotishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.Bu tartib 1-apreldan boshlab kuchga kirdi va to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda gaz yetkazib berilmaydi va bu sherik mamlakatlar tomonidan gaz shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik deb hisoblanadi.“Gazprombank” xorijiy xaridorlar bilan hisob kitob qilish uchun maxsus valyuta va rubl hisob raqamlari ochgan. Bunda mijoz shartnomada ko‘rsatilgan valyutada hisob raqamiga to‘lovni amalga oshiradi, bank esa uni Moskva birjasida valyutani sotib, xaridor hisob raqamiga rublda mablag‘ kirim qiladi. Shu tarzda xaridor gaz yetkazib beruvchi bilan hisob-kitobni amalga oshiradi.
niderlandiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1f/24901573_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_0adfa297734fa3ff79a5f250ec8a24ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, gaz, niderlandiya
rossiya, gaz, niderlandiya
“Gazprom” Niderlandiyaning GasTerra kompaniyasiga gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi
Gazni rublda sotib olishdan bosh tortgan Niderlandiyaning GasTerra kompaniyasi Rossiya gazisiz qoldi
TOShKENT, 31-may — Sputnik. “Gazprom” Niderlandiyaning GasTerra kompaniyasiga yangi sxemaga ko‘ra to‘lovni rublda amalga oshirishdan bosh tortgani uchun gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi. Bu haqda Rossiya kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Gazprom eksport” 30-may kuni holatiga ko‘ra GasTerra B.V.dan aprelda gaz yetkazib berganlik uchun to‘lovni Rossiya prezidentining 31-mart 2022-yildagi 172-farmoniga muvofiq olmadi”, - deyilgan
xabarda.Kuni kecha Niderlandiya kompaniyasi Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda to‘lashdan bosh tortishini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng “Gazprom” uni 31-maydan gaz yetkazib berilmasdigi haqida xabardor qilgan.
Aprel oxirida “Gazprom” Bolgariya va Polshaga ular to‘lovni belgilangan muddatda rublda amalga oshirmaganlari sabab gaz yetkazib berish
to‘liq to‘xtatgan edi. 21-may kuni esa Finlyandiyaga gaz yetkazib berish
to‘xtatildi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin mart oxirida do‘st bo‘lmagan barcha davlatlarga tabiiy gazni faqat rublda sotishni nazarda tutuvchi farmonni
imzoladi.Bu tartib 1-apreldan boshlab kuchga kirdi va to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda gaz yetkazib berilmaydi va bu sherik mamlakatlar tomonidan gaz shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik deb hisoblanadi.
“Gazprombank” xorijiy xaridorlar bilan hisob kitob qilish uchun maxsus valyuta va rubl hisob raqamlari ochgan. Bunda mijoz shartnomada ko‘rsatilgan valyutada hisob raqamiga to‘lovni amalga oshiradi, bank esa uni Moskva birjasida valyutani sotib, xaridor hisob raqamiga rublda mablag‘ kirim qiladi. Shu tarzda xaridor gaz yetkazib beruvchi bilan hisob-kitobni amalga oshiradi.