https://oz.sputniknews.uz/20220530/yozning-birinchi-oyida-ob-havo-qanday-boladi-24887961.html
Yozning birinchi oyida ob-havo qanday bo‘ladi
Yozning birinchi oyida ob-havo qanday bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Sinoptiklar iyun oyida o‘zbekistonliklani qanday ob-havo kutib turgani haqida ma’lumot berishdi. 30.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-30T20:41+0500
2022-05-30T20:41+0500
2022-05-30T20:41+0500
jamiyat
ob-havo
o‘zgidromet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556438_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_8541a58840995468bafccdf984609438.jpg
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, bu yilning iyun oyi o‘rtacha issiq bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.Iyun oyida o‘rtacha oylik harorat meyor atrofida, respublika shimoli bo‘yicha ba’zi joylarda asosan meyordan +1...+2 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Oy davomida respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida kunduz kungi harorat +29...+32 darajadan +36...+39 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.Respublikaning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida eng issiq davrlarda havo harorati +40...+42 darajagacha ko‘tariladi.Iyun oyida yog‘ingarchilik meyordan kam, markaziy va sharqiy hududlarda ba’zi joylarda meyor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida iyun oyida kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi eng xavfli deb hisoblanadi, chunki ular sel va suv toshqinlari o‘tishiga sabab bo‘lishi mumkin.Keyinchalik yozning oxirigacha o‘rtacha harorat meyor atrofida va meyordan deyarli yuqori bo‘lishi taxmin qilinmoqda.“Yoz anomal issiq bo‘lmaydi, lekin juda issiq ob-havo davrlari, albatta, istisno qilinmaydi. Bu mamlakatimiz iqlimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir”, - deya xulosa qilishgan sinoptiklar.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556438_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_f67f95a377f05d5341d7e901691ca51c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ob-havo, o‘zgidromet
jamiyat, ob-havo, o‘zgidromet
Yozning birinchi oyida ob-havo qanday bo‘ladi
Sinoptiklar iyun oyida o‘zbekistonliklani qanday ob-havo kutib turgani haqida ma’lumot berishdi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, bu yilning iyun oyi o‘rtacha issiq bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet
xabar bermoqda. Iyun oyida o‘rtacha oylik harorat meyor atrofida, respublika shimoli bo‘yicha ba’zi joylarda asosan meyordan +1...+2 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Oy davomida respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida kunduz kungi harorat +29...+32 darajadan +36...+39 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Respublikaning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida eng issiq davrlarda havo harorati +40...+42 darajagacha ko‘tariladi.
Iyun oyida yog‘ingarchilik meyordan kam, markaziy va sharqiy hududlarda ba’zi joylarda meyor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida iyun oyida kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi eng xavfli deb hisoblanadi, chunki ular sel va suv toshqinlari o‘tishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Keyinchalik yozning oxirigacha o‘rtacha harorat meyor atrofida va meyordan deyarli yuqori bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
“Yoz anomal issiq bo‘lmaydi, lekin juda issiq ob-havo davrlari, albatta, istisno qilinmaydi. Bu mamlakatimiz iqlimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir”, - deya xulosa qilishgan sinoptiklar.