https://oz.sputniknews.uz/20220530/ukrainadagi-natsizm-garbning-yolgon-vadalari-lavrov-frantsuz-telekanaliga-intervyu-berdi-24878293.html
Ukrainadagi natsizm, G‘arbning yolg‘on va’dalari: Lavrov fransuz telekanaliga intervyu berdi
Ukrainadagi natsizm, G‘arbning yolg‘on va’dalari: Lavrov fransuz telekanaliga intervyu berdi
Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: Rossiya Ukrainada u yerdagi rejimlar sabab to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamsitish va tajovuzga uchragan odamlarni, rus tilini himoya qilmoqda. 30.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-30T12:52+0500
2022-05-30T12:52+0500
2022-05-30T12:52+0500
rossiya
sergey lavrov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1e/24878240_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_1da04fd86fae1c87237a671127b99f07.jpg
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Fransiyaning TF1 telekanaliga intervyu berdi. Odamlarni Ukrainadagi natsizmdan himoya qilishSergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainada [sobiq prezident] Potr Poroshenko va [prezident] Vladimir Zelenskiy davridagi rejimlar sabab to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamsitish va tajovuzga uchragan odamlarni, rus tilini himoya qilmoqda.Rossiya o‘z xavfsizligi haqida qayg‘urmoqdaLavrovning aytishicha, G‘arb ko‘p yillar davomida Moskvaning Ukrainani Rossiyaga qarshi bo‘lmaslik va Ukraina hududidan Rossiya davlatiga harbiy xavf tug‘dirmaslik haqidagi chaqiriqlarini mensimay kelgan.“Rossiya bir kechada o‘z xavfsizligiga tahdidni e’lon qilgani yo‘q, u ko‘p yillar davomida G‘arbni Ukrainani Rossiyaga qarshi qo‘ymaslikka, Rossiya davlatiga Ukraina hududidan harbiy tahdid yaratmaslikka, rus tili madaniyatiga aralashmaslikka chaqirib keldi. G‘arb bunga parvo qilmadi”, - dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri.Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, uzoq vaqtdan beri Rossiya Ukrainani xalqaro konvensiyalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga undagan, biroq G‘arb bu chaqiriqlariga quloq tutmagan. Bundan tashqari, Ukraina Fransiya va Germaniya imzolagan Minsk kelishuvlarini ma’qullagan BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini oshkora bajarishdan bosh tortganiga ham G‘arb befarq bo‘lgan.Rossiya Tashqi ishlar vaziri Yevropada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kasal bo‘lib qolgani haqidagi mish-mishlarga ham izoh berdi.“Prezident Putin har kuni omma oldiga chiqadi. Siz uni ekranlarda tomosha qilishingiz, nutqlarini o‘qishingiz va tinglashingiz mumkin. O‘ylaymanki, aqli raso odamlar bu odamda qandaydir kasallik belgilari bor ekanligiga ishonmaydi", - dedi Lavrov.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1e/24878240_96:0:2827:2048_1920x0_80_0_0_9a5257f01addc971c94578739bfb9faa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, sergey lavrov
Ukrainadagi natsizm, G‘arbning yolg‘on va’dalari: Lavrov fransuz telekanaliga intervyu berdi
Lavrov: Rossiya Ukrainada u yerdagi rejimlar sabab to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamsitish va tajovuzga uchragan odamlarni, rus tilini himoya qilmoqda.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Fransiyaning TF1 telekanaliga
intervyu berdi. Odamlarni Ukrainadagi natsizmdan himoya qilish
Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainada [sobiq prezident] Potr Poroshenko va [prezident] Vladimir Zelenskiy davridagi rejimlar sabab to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamsitish va tajovuzga uchragan odamlarni, rus tilini himoya qilmoqda.
“Biz Ukrainani G‘arbning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvi bilan uzoq yillar davom etgan natsizmdan himoya qilmoqdamiz. Operatsiyaning o‘ziga kelsak, u reja bo‘yicha ketmoqda”, - dedi vazir.
Rossiya o‘z xavfsizligi haqida qayg‘urmoqda
Lavrovning aytishicha, G‘arb ko‘p yillar davomida Moskvaning Ukrainani Rossiyaga qarshi bo‘lmaslik va Ukraina hududidan Rossiya davlatiga harbiy xavf tug‘dirmaslik haqidagi chaqiriqlarini mensimay kelgan.
“Rossiya bir kechada o‘z xavfsizligiga tahdidni e’lon qilgani yo‘q, u ko‘p yillar davomida G‘arbni Ukrainani Rossiyaga qarshi qo‘ymaslikka, Rossiya davlatiga Ukraina hududidan harbiy tahdid yaratmaslikka, rus tili madaniyatiga aralashmaslikka chaqirib keldi. G‘arb bunga parvo qilmadi”, - dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, uzoq vaqtdan beri Rossiya Ukrainani xalqaro konvensiyalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga undagan, biroq G‘arb bu chaqiriqlariga quloq tutmagan. Bundan tashqari, Ukraina Fransiya va Germaniya imzolagan Minsk kelishuvlarini ma’qullagan BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini oshkora bajarishdan bosh tortganiga ham G‘arb befarq bo‘lgan.
“Ko‘p yillar davomida biz G‘arbni Ukrainani NATOga jalb qilishning hojati yo‘qligiga ishontirmoqdamiz. Sovet Ittifoqi parchalanganda bizga berilgan barcha va’dalardan farqli o‘laroq, ittifoq Rossiya chegaralariga allaqachon besh marta yaqinlashgan. Ukrainaning NATOga kirishi Rossiya Federatsiyasi chegarasida mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid yaratishni anglatadi”, - deya qo‘shimcha qildi vazir.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Yevropada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kasal bo‘lib qolgani haqidagi mish-mishlarga ham izoh berdi.
“Prezident Putin har kuni omma oldiga chiqadi. Siz uni ekranlarda tomosha qilishingiz, nutqlarini o‘qishingiz va tinglashingiz mumkin. O‘ylaymanki, aqli raso odamlar bu odamda qandaydir kasallik belgilari bor ekanligiga ishonmaydi", - dedi Lavrov.