https://oz.sputniknews.uz/20220530/prezident-lola-murotova-vafoti-munosabati-bilan-hamdardlik-bildirdi-24882281.html
Prezident Lola Murotova vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Prezident Lola Murotova vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
“Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova og‘ir kasallikdan so‘ng shu yil 30-may kuni 64 yoshida vafot etdi. 30.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-30T15:06+0500
2022-05-30T15:06+0500
2022-05-30T15:06+0500
jamiyat
lola murotova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1e/24874285_0:132:1281:852_1920x0_80_0_0_f818926258e38cdc590c2c83b16dc361.jpg
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Bugun O‘zbekiston qahramoni, “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotova og‘ir kasallikdan so‘ng 64 yoshida vafot etgani xabar qilingan edi. Shu munosabat bilan prezident Shavkat Mirziyoyev va hukumat vakillari marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.“U o‘z foliyati bilan Vatanga muhabbat va sadoqatning, kasbiga fidoiylikning haqiqiy namunasini namoyon etdi. Aynan ana shunday olijanob fazilatlari bilan Lolaxon opa butun xalqimiz uchun o‘zbek ayolining haqiqiy timsoliga aylandi”, - deyilgan xabarda.Ta’kidlanishicha, Murotova o‘z faoliyatida barcha fermerlarga, ayniqsa, yoshlarga ibrat bo‘lib yashagan. Yangi O‘zbekiston sharoitida alohida jonbozlik va g‘ayrat-shijoat ko‘rsatib ishlagan. Qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or agrotexnologiyalarni, boshqaruvning zamonaviy usullari va samarali vositalarini qo‘llash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, yosh fermerlar avlodini tarbiyalashda o‘ziga xos tajriba maktabini yaratgan.“Lola Murotovaning vafoti barcha Farg‘ona vodiysi aholisi uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. U bizning faxrimiz edi. Uning hayot yo‘li, insoniyligi barcha viloyat ahli uchun hamisha o‘rnak bo‘lib kelgan. Uning qanday yashagani, o‘z ona yurti va mehnatini sevgani, vatanparvarligi, fidoyiligi barcha farg‘onaliklarning xotirasi va qalbida mangu saqlanib qoladi”, - deydi viloyat hokimligi matbuot kotibi Dilmurod Jumaboyev Sputnik muxbiri bilan suhbatda.Lola Murotova 1958-yil 9-martda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng mehnat faoliyatini Oltiariq tumanidagi “Nurobod” jamoa xo‘jaligida mexanizator sifatida boshlagan, o‘z hayotini mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lagan.Yoshlik yillaridan boshlab dehqonchilik ilmini puxta o‘rgangan Murotova jamoa xo‘jaligida bosh pudratchi, bo‘lim boshlig‘i, xo‘jalik raisi kabi lavozimlarda mehnat qilib, xo‘jalikni samarali boshqarish sohasida katta tajriba orttirgan.U dehqon mamlakatda birinchilardan bo‘lib “Nurli obod” fermer xo‘jaligiga asos solgan va fermerlik harakatini rivojlantirish va uni yangi bosqichga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgan.Lolaxon Murotovaning mamlakat va xalq oldidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlangan. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari hamda “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvoni bilan mukofotlangan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1e/24874285_0:12:1281:972_1920x0_80_0_0_bda13bbf44055eebd0d0a3672804449b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, lola murotova
Prezident Lola Murotova vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
“Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova og‘ir kasallikdan so‘ng shu yil 30-may kuni 64 yoshida vafot etdi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Bugun O‘zbekiston qahramoni, “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotova og‘ir kasallikdan so‘ng 64 yoshida vafot etgani
xabar qilingan edi. Shu munosabat bilan prezident Shavkat Mirziyoyev va hukumat vakillari marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik
bildirdi. “U o‘z foliyati bilan Vatanga muhabbat va sadoqatning, kasbiga fidoiylikning haqiqiy namunasini namoyon etdi. Aynan ana shunday olijanob fazilatlari bilan Lolaxon opa butun xalqimiz uchun o‘zbek ayolining haqiqiy timsoliga aylandi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, Murotova o‘z faoliyatida barcha fermerlarga, ayniqsa, yoshlarga ibrat bo‘lib yashagan. Yangi O‘zbekiston sharoitida alohida jonbozlik va g‘ayrat-shijoat ko‘rsatib ishlagan. Qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or agrotexnologiyalarni, boshqaruvning zamonaviy usullari va samarali vositalarini qo‘llash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, yosh fermerlar avlodini tarbiyalashda o‘ziga xos tajriba maktabini yaratgan.
“Atoqli fermer, qishloq xo‘jaligi ilmining yetuk namoyandasi, taniqli jamoat arbobi, yoshlarning mehribon ustozi, kamtarin va samimiy inson, xalqimizning fidoyi farzandi Lolaxon Murodovaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, - deya hamdardlik bildirgan O‘zbekiston rahbariyati.
“Lola Murotovaning vafoti barcha Farg‘ona vodiysi aholisi uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. U bizning faxrimiz edi. Uning hayot yo‘li, insoniyligi barcha viloyat ahli uchun hamisha o‘rnak bo‘lib kelgan. Uning qanday yashagani, o‘z ona yurti va mehnatini sevgani, vatanparvarligi, fidoyiligi barcha farg‘onaliklarning xotirasi va qalbida mangu saqlanib qoladi”, - deydi viloyat hokimligi matbuot kotibi Dilmurod Jumaboyev
Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Lola Murotova 1958-yil 9-martda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng mehnat faoliyatini Oltiariq tumanidagi “Nurobod” jamoa xo‘jaligida mexanizator sifatida boshlagan, o‘z hayotini mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lagan.
Yoshlik yillaridan boshlab dehqonchilik ilmini puxta o‘rgangan Murotova jamoa xo‘jaligida bosh pudratchi, bo‘lim boshlig‘i, xo‘jalik raisi kabi lavozimlarda mehnat qilib, xo‘jalikni samarali boshqarish sohasida katta tajriba orttirgan.
U dehqon mamlakatda birinchilardan bo‘lib “Nurli obod” fermer xo‘jaligiga asos solgan va fermerlik harakatini rivojlantirish va uni yangi bosqichga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgan.
Lolaxon Murotovaning mamlakat va xalq oldidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlangan. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari hamda “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvoni bilan mukofotlangan edi.