O‘zbekistonlik talabalar Rossiyada nimalarni o‘rganishmoqda?

© TPUAbdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna bo‘lish
Tomsk politexnika universiteti talabalari va universitet ma’muriyati vakillari eng yirik OTM talabasi qanday bo‘lishi haqida so‘zlab berishdi.
Dunyoning yirik universitetlarida ta’lim olish barcha mamlakatlar abituriyentlari uchun har doim qiziq va dolzarb. Mana shunday yirik universitetlardan biri Rossiyada, aniqrog‘i Tomskda joylashgan. Yoshlar bu yerga ixtirochi, biolog, IT-mutaxassis va turli sohalarda eng talabgir muhandislar bo‘lish uchun o‘qishga kelishadi. Tomsk politexnika universiteti talabalari va universitet ma’muriyati vakillari eng yirik OTM talabasi qanday bo‘lishi haqida so‘zlab berishdi. Ushbu universitetda 200dan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil oladi.
© TPUAbdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet

Ilm-fan kelajagi

Talabalarning aytishicha, ular universitetda haqiqiy ilmiy va ishlab chiqarishga oid topshiriqlarni bajarishadi. Azizbek Abdullayev TPUning bakalavriat bosqichini tamomlagan. Hozirda “Mashinasozlikda materialshunoslik” dasturi bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirmoqda. U kelajakda mashinasozlikda, qurilishda, tibbiyotda va keng miqyosda keramikadan foydalanish uchun uning xususiyatlarini chuqur o‘rganmoqda.
© TPUAbdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
“Talabalarga Rossiya Fanlar Akademiyasining Sibir bo‘limi laboratoriyasi va jihozlaridan foydalanish uchun ruxsat bor. Hozir men ko‘p vaqtimni u yerda o‘tkazapman va keramikaning boshqa materiallar bilan o‘zaro aloqasini o‘rganyapman. Kelajakda mening tadqiqotlarim keramika konstruksiyalaridan tibbiyotda kengroq foydalanish imkoniyatini beradi”,- deydi Azizbek.
Ziravard Axnazarova ham Farg‘ona politexnika universiteti bilan ikki tomonlama diplom dasturi bo‘yicha magistraturada tahsil olyapti. Va o‘qish bilan maktabdagi faoliyatini ham birga olib bormoqda. U “Toza suv” (Chistaya voda) dasturi bo‘yicha masofaviy ta’lim olmoqda.
“Men O‘zbekistonda, Farg‘ona shahrida yashayman. Hozir maktabda biologiya fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayapman va bir vaqtning o‘zida TPUda magistratura bosqichida o‘qiyapman. Bu men uchun malakani oshirish va karyerada yangi yo‘nalishlar degani. Menga ish stajimni to‘xtatmasdan ta’lim berish juda zarur edi. Bundan tashqari, diplom ham ikki tomonlama bo‘ladi. Bu esa katta imkoniyat beradi. Chunki u bilan mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish, Rossiyada ham, O‘zbekistonda ham ishlash mumkin”, - deydi Ziravard.
Kelajakda magistratura talabasi aspiranturada o‘qishni davom ettirishni ya’ni mikrobiologiyani chuqur o‘zlashtirib ta’lim berishdan umrini ilm-fan yo‘lida davom ettirishni niyat qilgan.
© TPUAbdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet

Olimlar orasida

Universitetda talabalarga akademiklar, fan nomzodlari va doktorlari ta’lim beradi. Jami 1700 nafar mutaxassis faoliyat yuritadi.
“Xorijdan kelgan talabalarni tushunishadi. Agar yordam kerak bo‘lsa, o‘qish jarayonida yordam berishadi”, - deydi Azizbek Abdullayev.
© TPUAbdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Tomsk politexnika universiteti mutaxassislari xalqaro tashkilotlarda masalan, Yadroviy tadqiqotlar bo‘yicha Yevropa tashkilotida, DESY “Germaniya elektron sinxrotron” milliy markazida faoliyat yuritishadi. Shuningdek, yirik ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishadi. Ilm-fan va yuqori texnologiyalar olami bilan talabalar ham yaqindan tanishish imkoniga ega. Yozda Ziravard Axnazarova magistrlik dissertatsiyasi uchun laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish maqsadida universitetga kelishni rejalashtirgan. Uning dissertatsiyasi toksikologik tadqiqotlar yordamida Tomsk tabiati suvining xavfsizligini tekshirishga bag‘ishlangan.
“Hozirda meni barcha laboratoriya va amaliy vazifalariga onlayn rejimda bog‘lashadi. Men hamma qatori o‘qituvchini tinglayman va kerakli bilimlarni olaman. Yozga kelib ilmiy rahbarim ko‘magida bilimlarimni mustahkamlayman”,- deydi Ziravard.
OTM vakillarining so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy laboratoriyadan tashqari, universitet infratuzilmasiga Xakasiyadagi geografik poligon va tadqiqot yadroviy reaktori- Rossiyada faoliyat ko‘rsatayotgan yagona tadqiqot reaktori ham bor. Unda nafaqat energetikadagi yangi texnologiyalar, balki yadroviy tibbiyot uchun dori-darmonlar ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari, Tomskdagi reaktorda xorij fuqarolari ham ta’lim olishlari mumkin.
“Tomsk politexnika universitetida 68 ta ilmiy-tadqiqot va ilmiy-talimiy laboratoriyalar va markazlar bor. Ularda ilm-fanga endi kirib kelayotgan talabalar ham faoliyat yuritishmoqda. Talabalar zamonaviy ilm-fan oldida turgan muhim vazifalarni hal qilishmoqda. Masalan, yangi materiallar, ekologiya va biomedikal texnologiyalarni ishlab chiqish va yana boshqa yo‘nalishlarda”,- deydi universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Mixail Solovyov.

Infratuzilma: sport va va ijodkorlik

Universitet talabalari ko‘p vaqtini asosan o‘qish va tadqiqotlarda o‘tkazadi. Biroq, ta’lim olishdan tashqari, universitet boshqa tadbirlarni ham muntazam tashkillashtirib keladi. Maqsad- talabalarning madaniyat bo‘yicha bilimlariini kengaytirish, Rossiya va boshqa mamlakatlar tarixini o‘rgatish.
“Universitetda ko‘p madaniyatli muhit shakllangan bo‘lib, bu talabalarga nafaqat talab yuqori sohalarni o‘rganishga, balki madaniy dunyoqarashini kengaytirishni ham imkon beradi. OTMda ijtimoiy va madaniy tadbirlar muntazam o‘tkaziladi. Tadbirlarda xorijdan kelgan talabalarni ijtimoiylashtirishga yordam beruvchi dasturlar, masalan, “milliy madaniyat kunlari” kabi loyihalar bor. Talabalarda konsert va festivallarda faol ishtirok etishadi”.
Universitet talabalar shaharchasida ta’lim olish, yashash bilan birgalikda sport bilan faol shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Ijtimoiy faol bo‘lishni istaganlar uchun universitetda barchasi muhayyo: volonterlik tashkilotlari, ijodiy jamoalar, talabalar otradlari. Talabalar suv havzasi, mashg‘ulot zallari, boks bo‘yicha mashqlar va madaniy tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.
“Talabalarnig barcha turar-joy majmualarida fitnes maydonlari yaratilgan. Bundan tashqari, universitetning umumiy zali bo‘lib, u yerda murabbiylar bilan mashg‘ulot olib borish mumkin. Bilishimcha, ijodiy to‘garaklar ham bor, ammo men ko‘proq sportga qiziqaman. Gitara chaladigan, qo‘shiq kuylaydigan, rasm chizadigan talabalar ham bor. Shuningdk, barcha xohlovchilar qo‘shimcha ingliz tilini o‘rganishlari mumkin. Bu darslarning barchasi talabalar uchun bepul”,- deydi Azizbek Abdullayev.
© TPUAbdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet

Kampus va tibbiyot

O‘qishga qabul qilinganlar agar zarur bo‘lsa, yashash uchun joyga ega bo‘ladi. OTM bu ehtiyojni to‘liq qondira oladi.
“Yoz faslida amaliyotga keladigan vaqtim, universitet tomonidan menga turar-joy beriladi. Tomskda yashaydigan guruhdoshlarim yotoqxonada barcha sharoitlar bor deyishdi”, - deydi Ziravard.
Bundan tashqari, TPU abituriyentlariga kirish imtihonlariga qadar talabalar shaharchasida joy beriladi.
“Ko‘pchilik chet ellik talabalar va ularning ota-onalari o‘qish boshlangangandan so‘ng qayerda yashash haqida ko‘p tashvishlanishadi. Havotirga hojat yo‘q: o‘zbekistonlik talabalarga ham boshqa barcha talabalar qatori TPU kampusidan joy topiladi. Bizning talabalar shaharchamizda 15 ta turar joy majmualari bor. Ularda 6 000 nafardan ortiq talaba istiqomat qiladi”,- deydi Solovyev.

Budjet o‘rinlari va qabul

Tomsk politexnika universiteti – Rossiyaning Osiyo hududidagi eng katta muhandislik universitetlaridan biri. U 1896-yil tashkil etilgan. Tarixi davomida universitetni 170 mingdan ortiq muhandislar tamomlagan. Bugungi kunda TPU milliy universitetlar TOP – 10taligi va xalqaro predmet reytinglarining TOP-100 taligiga kiradi. Shu bilan birga Rossiya Federatsiyasi ta’lim va fan vazirligining “Ustuvorlik-2013” dasturida ishtirok etib kelmoqda.
Universitetda hozir 11 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Ulardan qariyb 4 ming nafari- dunyoning 65 mamlakatidan kelgan chet ellik talabalar. Ulardan 200 nafari - o‘zbekistonlik yoshlar.
“Universitet o‘zbekistonlik talabalar sonini ko‘paytirishdan manfaatdor. Masalan, bizda MDH mamlakatlari yoshlari uchun “Politexnika olimpiadasi” o‘tkaziladi. Olimpiada yoshlarning matematika, fizika, kimyo, informatika, rus tili, jamiyatshunoslik, geografiya bo‘yicha bilimlari va ijodiy ko‘nikmalarini baholash imkonini beradi. Shuningdek, unda universitetga kirish uchun maslahatlar va tavsiyalar olish imkoni ham bor”,- deydi Mixail Solovyev.
Xorijiy talabalar ham xuddi rossiyalik talabalar kabi TPUga balakavriatga ham magistratura bosqichlariga ham budjet asosida qabul qilinishi mumkin. 2022-yil bo‘yicha jami 3443 ta budjet o‘rinlari ochilgan edi.
Universitet saytida (https://abiturient.tpu.ru/stateless-persons) chet ellik yoshlar uchun barcha batafsil ma’lumotlar bor. Shuningdek, OTMning Telegram da maxsus boti bo‘lib, u abituriyentlarga hujjatlarni topshirishda va kirish imtihonlarida tayyorlanishiga yordam beradi. Bot tayyorlanish uchun savollar yuboradi. Bundan tashqari, unda mutaxassislik bo‘yicha testdan o‘tish, tayyorgarlik kurslari jamlanmalaridan foydalanish va abituriyent taqvimi bilan tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0