O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova vafot etdi

© Foto: UzALola Murotova
Lola Murotova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna bo‘lish
“Nurli obod” fermer xo‘jaligining rahbari Lola Murotova 64 yoshida vafot etdi. Prezident shaxsan o‘zi uni telefon orqali bayramlar bilan tabriklar edi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligining rahbari, O‘zbekiston qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi Lola Murotova 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
12 may kuni Lola Murotova qattiq betob bo‘lib qolgan edi, prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazida davolanayotgan Lola Muratovaning holidan bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev, prezident maslahatchisi o‘rinbosari Abdurashid Jo‘raboyev va Sherzod Asadov xabar olgan edi. Unga davlat rahbarining salomi va tezda shifo topish tilagi yetkazilgan edi.
Ma’lumot uchun, Lola Ne’matovna Murotova 1958-yil Oltiariq tumanida tug‘ilgan. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni (2004 yilda), “El-yurt hurmati” ordeni (2013 yilda), “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni (2017 yilda), “O‘zbekiston Qahramoni” va “Qizil yulduz” ordeni (2019 yilda) davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0