Nodirbek Abdusattorov BAAdagi xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

© Foto: Federatsiya shaxmat UzbekistanaNodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna bo‘lish
Shaxmatchi xalqaro turnirda 7 ochko to‘pladi va g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, Abdusattorovga musobaqa sovrin jamg‘armasi 60 ming dollar beriladi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Rapid yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov BAAning Sharja shahrida o‘tkazilgan “5th Sharjah Masters 2022” xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Ushbu turnirda 31 davlatdan 80 nafar shaxmatchi ishtirok etdi va u shveysarcha tizim bo‘yicha 9 turda o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston sharafini Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Humoyun Begmuratovlar himoya qilishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, ushbu xalqaro turnirda 9 turdan keyin 7 ochko to‘plagan Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik shaxmatchi musobaqa sovrin jamg‘armasi 60 ming dollarga ega bo‘lgan.
Shaxmat tojini ham O‘zbekistonga olib kelamiz – Abdusattorov
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda hozirda shaxmat bo‘yicha o‘rganish va tahlillar olib borilmoqda. Tez orada bu boradagi loyiha va dasturlar e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Nodirbek Abdusattorov Varshavada bo‘lib o‘tgan tezkor shaxmat (rapid) bo‘yicha jahon chempionatida g‘alaba qozonib, musobaqa tarixidagi eng yosh chempion bo‘lgan edi. U O‘zbekiston prezidenti farmoniga asosan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va prezident sovg‘asi sifatida 2 xonali uy bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0