Hisor qo‘riqxonasidagi kamera obyektiviga Tan-Shan qo‘ng‘ir ayiqlari muhrlandi - video

© Sputnik / Dmitriy Debabov / Mediabankka o‘tishMedved
Medved - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna bo‘lish
Hisor davlat qo‘riqxonasidagi kamera Tan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, hilol kakligi, yovvoyi to‘ng‘iz hamda jayrani suratga oldi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Hisor davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan yashirin fotoqopqonlarning kamera obyektiviga Tan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, hilol kakligi, yovvoyi to‘ng‘iz muhrlandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kamera 2 ta Tan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, 1 ta hilol kakligi va yovvoyi to‘ng‘izni suratga olgan. Shuningdek, to‘ng‘iz muhrlangan kamerada o‘simliklar bilan oziqlanayotgan jayrani ham uchratish mumkin.
“Qo‘riqxonada o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasida doimiy monitoring-kuzatuv ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Aytilishicha, fotoqopqonlar qo‘riqxonaning turli hududlariga o‘rnatilgan. Ular hudud hayvonot dunyosini o‘rganishda katta yordam bermoqda.
Hisor qo‘riqxonasida noyob qor qoploni fotoqopqonga tushdi – video
O‘tgan vaqt mobaynida qor qoplonlari, kiyiklar, ayiq va boshqa jonivorlar aynan fotoqopqonlar yordamida tasvirga olingan. Bu esa ularning soni, yashash tarzi haqida ma’lumot olish imkonini bermoqda.
Ma’lumot uchun, Qashqardaryo viloyatidagi Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida umurtqali xayvonlarning 276 turi uchrashi aniklangan. Tan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob hayvon turi hisoblanadi. 2020-yilda qo‘riqxona hududida 91 bosh qo‘ng‘ir ayiq uchrashi qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0