https://oz.sputniknews.uz/20220530/erdoganning-shvetsiya-va-finlyandiya-bilan-bolgan-muzokaralardan-kongli-tolmadi-24878604.html
Erdog‘anning Shvetsiya va Finlyandiya bilan bo‘lgan muzokaralardan ko‘ngli to‘lmadi
Erdog‘anning Shvetsiya va Finlyandiya bilan bo‘lgan muzokaralardan ko‘ngli to‘lmadi
Sputnik O‘zbekiston
Erdog‘an Finlyandiya va Shvetsiyani “insofsiz va nosamimiy”lik qilayotganini aytib, ularni “terrorchilarni himoya qilishda” aybladi. 30.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-30T13:18+0500
2022-05-30T13:18+0500
2022-05-30T13:18+0500
dunyoda
rejep tayyip erdog‘an
shvetsiya
finlyandiya
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/15/15638627_0:124:3117:1877_1920x0_80_0_0_30ac98c94cca28f40783d1e76c4874c3.jpg
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari vakillari bilan ushbu mamlakatlarning NATOga a’zo bo‘lish istiqbollari bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar natijalaridan qoniqmadi. Bu haqda TRT telekanali xabar bermoqda.“Afsuski, delegatsiyalar uchrashuvi biz kutgan darajada bo‘lmadi”, - dedi Turkiya rahbari.Shuningdek, Erdog‘an Finlyandiya va Shvetsiyani “insofsiz va nosamimiy”lik qilayotganini aytib, ularni “terrorchilarni himoya qilishda” aybladi.“Erdog‘an Turkiya prezidenti ekan, biz terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlarning NATOga kirishiga aniq “ha” deb ayta olmaymiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.Kutilmagan qarshilik: NATOda kim shvedlar va finlar kelishidan xursand emas?Ma’lumot uchun, 25-may kuni Anqarada Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin Turkiya Anqara xavfsizlikka oid choralar ko‘rilmasa, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusi oldinga siljimasligini ochiq aytdi.Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun arizalarini ko‘rib chiqish boshlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara ularning alyansga kirish istagini qo‘llab-quvvatlamaydi, chunki Skandinaviya davlatlarining Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi (Partiya Karkerên Kurdistan – PKK) vakillari bilan aloqalari haqidagi bayonotlariga ishonmaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, agar ular blokka qo‘shilsa, NATO “xavfsizlik tashkiloti bo‘lmaydi, balki terrorchilarning ko‘plab vakillari to‘planadigan joyga aylanadi”. Nomzodlar alyansga kirishi uchun barcha a’zolarning roziligi talab qilinadi.Erdog‘an AQShni Suriyadagi terrorchilarga qurol-yarog‘ yetkazib berishda aybladi
finlyandiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/15/15638627_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_9f161a9e9d3f10dd4a1d97723e04303d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, rejep tayyip erdog‘an, shvetsiya, finlyandiya, nato
dunyoda, rejep tayyip erdog‘an, shvetsiya, finlyandiya, nato
Erdog‘anning Shvetsiya va Finlyandiya bilan bo‘lgan muzokaralardan ko‘ngli to‘lmadi
Erdog‘an Finlyandiya va Shvetsiyani “insofsiz va nosamimiy”lik qilayotganini aytib, ularni “terrorchilarni himoya qilishda” aybladi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari vakillari bilan ushbu mamlakatlarning NATOga a’zo bo‘lish istiqbollari bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar natijalaridan qoniqmadi. Bu haqda TRT telekanali
xabar bermoqda. “Afsuski, delegatsiyalar uchrashuvi biz kutgan darajada bo‘lmadi”, - dedi Turkiya rahbari.
Shuningdek, Erdog‘an Finlyandiya va Shvetsiyani “insofsiz va nosamimiy”lik qilayotganini aytib, ularni “terrorchilarni himoya qilishda” aybladi.
“Erdog‘an Turkiya prezidenti ekan, biz terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlarning NATOga kirishiga aniq “ha” deb ayta olmaymiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun, 25-may kuni Anqarada Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin Turkiya Anqara xavfsizlikka oid choralar ko‘rilmasa, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusi oldinga siljimasligini ochiq aytdi.
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun arizalarini ko‘rib chiqish boshlanishiga
to‘sqinlik qilmoqda. Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara ularning alyansga kirish istagini qo‘llab-quvvatlamaydi, chunki Skandinaviya davlatlarining Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi (Partiya Karkerên Kurdistan – PKK) vakillari bilan aloqalari haqidagi bayonotlariga ishonmaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, agar ular blokka qo‘shilsa, NATO “xavfsizlik tashkiloti bo‘lmaydi, balki terrorchilarning ko‘plab vakillari to‘planadigan joyga aylanadi”. Nomzodlar alyansga kirishi uchun barcha a’zolarning roziligi talab qilinadi.