O‘zbekiston va Belarus mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi

© Foto: Agentstvo vneshney trudovoy migratsii UzbekistanaUzbekistan i Belarus budut sotrudnichat v sfere trudovoy migratsii
Uzbekistan i Belarus budut sotrudnichat v sfere trudovoy migratsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2022
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Belarusning kasb-hunar ta’limi instituti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Belarusning kasb-hunar ta’limi instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Belarus Respublikasining kasbiy ta’lim instituti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda agentlik boshlig‘i o‘rinbosari X.Fayzullaxo‘jayev, Belarusning kasbiy ta’lim instituti rektori V.Golubovskiy va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuv ishtirokchilariga agentlik faoliyati va mamlakatda mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni kasb va xorijiy tillarga o‘qitish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Rossiyaga “orgnabor” doirasida kelayotgan o‘zbekistonlik migrantlar soni ko‘payishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0