Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Kasallik chaqiruvchi zamburug‘lar inson organizmiga qanday o‘tadi?

© pexels.com/Chokniti KhongchumLaboratornaya kolba
Laboratornaya kolba - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2022
Obuna bo‘lish
Zamburug‘li kasalliklar bemordan yoki kasal hayvondan odamga o‘tadi. O‘tishning turli yo‘llari bor.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya, venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Ilhom Rahimov kasallik chaqiruvchi zamburug‘lar inson organizmiga qanday o‘tishi haqida ma’lumot berdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, zamburug‘larning 100 mingdan ortiq turlari ma’lum bo‘lib, ulardan 500 ga yaqini odam va hayvonlar uchun patogen hisoblanadi, ya’ni kasallik paydo qiladi.
“Zamburug‘li kasalliklar bemordan yoki kasal hayvondan odamga (asosan, bemor bilan bevosita muloqotda bo‘lganda yoki uning zararlangan buyumlaridan foydalanganda) o‘tadi. Ular tashqi muhitning turli omillariga chidamli, masalan, ochiq suv havzalari, o‘rin-ko‘rpalar, kiyim-bosh, gilam hamda sochlarga tushganda, bir necha yilgacha kasallik chaqirish qobiliyatini saqlab qoladi”, - deydi Rahimov.
Zamburug‘larning achitqisimon turi patogen hisoblanadi. Ular (kandida zamburug‘lari) tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib, meva-sabzavot, sut mahsulotlari, shuningdek, odam, hayvon terisi hamda shilliq qavatlarda saprofit holatda yashaydi va faqat muayan sharoitlarda kandidozlar deb ataluvchi o‘ziga xos kasallikni keltirib chiqaradi.
Me’da-ichak xastaliklari, vitaminlar muvozanatining buzilishi, leykoz kasalligi, antibiotiklar bilan tartibsiz davolanish kandida zamburug‘larining faoliyatini oshirib, kasallik vujudga kelishiga olib keladi.
Kasallikning klinik kechishiga qarab shilliq qavat va teri kandidozi, kandidozli onixomikoz, paronixomikoz, surunkali generalizatsiyalashgan bolalar kandidozi alohida ajratiladi.
Bunda bemor tanasida to‘q qizil rangli, aniq chegaralangan, usti gardish bilan qoplangan dog‘lar paydo bo‘ladi. Barmoqlar orasidagi kandidozli eroziya asosan qandolatchilar, idish-tovoq yuvuvchilar va boshqalarda uchraydi.
Jarayon 3 va 4-barmoqlar orasida, to‘q qizil rangli, aniq chegaralangan va o‘rtasida seroz suyuklik bo‘lgan eroziya borligi bilan ifodalanadi.
Og‘iz shilliq qavati kandidozi esa tashqaridan kirib kelgan zamburug‘ hisobiga rivojlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0