https://oz.sputniknews.uz/20220529/bill-geyts-yaqin-20-yil-ichida-yangi-pandemiyani-bashorat-qildi-24868028.html
Bill Geyts yaqin 20-yil ichida yangi pandemiyani bashorat qildi
Bill Geyts yaqin 20-yil ichida yangi pandemiyani bashorat qildi
Sputnik O‘zbekiston
Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts insoniyat yaqin 20-yil ichida kutishi mumkin bo‘lgan yangi pandemiyani 50 foiz ehtimollik bilan bashorat qildi.
2022-05-29T15:59+0500
2022-05-29T15:59+0500
2022-05-29T16:15+0500
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1d/24867829_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_1375e9285851c6c3cd71f087681feb09.jpg
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts insoniyat yaqin 20-yil ichida kutishi mumkin bo‘lgan yangi pandemiyani 50 foiz ehtimollik bilan bashorat qildi. Bu bunday fikrlari bilan Ispaniyaning “El Diario” gazetasiga bergan intervyusida o‘rtoqlashdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya allaqachon ma’lum bo‘lgan virusdan, masalan, grippdan yoki koronavirusdan yuzaga kelishi mumkin, lekin boshqa ssenariy ham bor.“Bu boshqa narsa ham bo‘lishi mumkin. Bu inson, bioterrorchi tomonidan yaratilgan va ataylab tarqatilgan virus bo‘lishi mumkin. Bu juda qo‘rqinchli ssenariy, chunki ular bir vaqtning o‘zida uni turli joylarga tarqatishga harakat qilishlari mumkin. Yoki bu tabiiy dunyodan keladigan narsa bo‘lishi mumkin. Insoniyat soni o‘sib bormoqda va biz yangi ekotizimlarga bostirib kirapmiz. Shu uchun men hisoblab chiqdimki, yaqin 20-yil ichida bizda iqlim o‘zgarishi natijasida 50 foiz ehtimol bilan tabiiy pandemiya bo‘lishi mumkin”, - deydi Geyts.Tadbirkor pandemiyaga qarshi kurashish uchun o‘t o‘chiruvchilarga o‘xshaydigan “global epidemiyaga qarshi kurash va safarbarlik guruhi”ni yaratish taklifini o‘rtaga tashlagan. Ammo bu narsa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti budjetini 25 foizga oshirishni talab qiladi.Maymun chechagi BAAgacha yetib keldi: kasallik haqida nimalar ma’lum
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1d/24867829_68:0:2799:2048_1920x0_80_0_0_d70919fb9a2f8faa552e3dd95841bd92.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bill geyts yangi pandemiya bashorat
bill geyts yangi pandemiya bashorat
Bill Geyts yaqin 20-yil ichida yangi pandemiyani bashorat qildi
15:59 29.05.2022 (yangilandi: 16:15 29.05.2022) Microsoft asoschisi: iqlim o‘zgarishi natijasida insoniyatni 50 foiz ehtimol bilan yangi pandemiya kutmoqda.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts insoniyat yaqin 20-yil ichida kutishi mumkin bo‘lgan yangi pandemiyani 50 foiz ehtimollik bilan bashorat qildi. Bu bunday fikrlari bilan Ispaniyaning “
El Diario” gazetasiga bergan intervyusida o‘rtoqlashdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya allaqachon ma’lum bo‘lgan virusdan, masalan, grippdan yoki koronavirusdan yuzaga kelishi mumkin, lekin boshqa ssenariy ham bor.
“Bu boshqa narsa ham bo‘lishi mumkin. Bu inson, bioterrorchi tomonidan yaratilgan va ataylab tarqatilgan virus bo‘lishi mumkin. Bu juda qo‘rqinchli ssenariy, chunki ular bir vaqtning o‘zida uni turli joylarga tarqatishga harakat qilishlari mumkin. Yoki bu tabiiy dunyodan keladigan narsa bo‘lishi mumkin. Insoniyat soni o‘sib bormoqda va biz yangi ekotizimlarga bostirib kirapmiz. Shu uchun men hisoblab chiqdimki, yaqin 20-yil ichida bizda iqlim o‘zgarishi natijasida 50 foiz ehtimol bilan tabiiy pandemiya bo‘lishi mumkin”, - deydi Geyts.
Tadbirkor pandemiyaga qarshi kurashish uchun o‘t o‘chiruvchilarga o‘xshaydigan “global epidemiyaga qarshi kurash va safarbarlik guruhi”ni yaratish taklifini o‘rtaga tashlagan. Ammo bu narsa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti budjetini 25 foizga oshirishni talab qiladi.