Rus kinosida o‘zbek izi – "Amanat" filmi nima haqida

Obuna bo‘lish
Rossiyada qanday odam o‘ziniki bo‘ladi? Bu savolga javob topganlardan biri buxorolik rejissor Rauf Kubayev bo‘lishi mumkin.
Moskva, Noviy Arbat ko‘chasi, "Oktabr" kinoteatri, 24-may oqshomi. Rus kinosining eng kutilgan premyerasi – sharqona nomli "Amanat" (Omonat - ma’nosida ) filmi boshlanishini kutayotgan odamlar gavjum.
Rossiyada "Amanat" haqida ko‘p yozilgan. Suratga olish ishlari to‘rt yil oldin boshlangan loyiha nostandart sujeti bilan ommaviy axborot vositalarining e’tiborini tortdi. Film tarixiy drama - Kavkaz tog‘larida yashovchi millat yetakchisi Imom Shomilning o‘g‘li Jamoliddin haqida hikoya qiladi. Jamoliddin - kelib chiqishi avar millatidan va musulmon bo‘lgan holda rus zobiti bo‘lib tarbiyalanadi va keyinchalik Rossiya va Kavkaz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shadi.
Film premyerasini nafaqat Rossiyada balkim O‘zbekistonda ham kutishgan. Nega? Chunki "Amanat" filmini yaratish ustida ikki rejissor ishlagan – Sankt-Peterburglik Anton Siyevers va buxorolik Rauf Kubayev. Premyerada ikkalasi ham "Dog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoniga sazovor bo‘lishdi.

Film premyerasida ko‘plab taniqli mehmonlar ishtirok etishdi va buning hayratlanadigan joyi yo‘q: ma’lum bo‘lishicha, "Amanat" filmi g‘oyasini shaxsan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan ma’qullangan va loyihani amalga oshirish Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi, Kino jamg‘armasi va Millatlar ishlari bo‘yicha federal agentlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Aktorlar ham filmga mos: Andrey Sokolov, Yekaterina Guseva va Daniil Straxov. Loyihada bu yil Rossiya kinoteatrlari ekranlarini tark etmayotgan o‘zbekistonlik aktor Farhod Mahmudov ham ishtirok etmoqda. Darvoqe yaqinda u ham o‘zi suratga olgan “Parining sovg‘asi” filmining premyerasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
"Amanat"ga qaytamiz. Premyerada film uchun juda ko‘p maqtovlar yangradi. Millatlararo agentlik rahbari Igor Barinov ta’kidlaganidek, ba’zida bitta film mamlakatdagi millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga ko‘p voqealardan ko‘ra ko‘proq yordam berishi mumkin. Va bu haqiqat: unda ko‘p millatli Rossiyaning har bir aholisi o‘zini taniydi.
Ikki soatlik hayajonli janglar, saroy manzaralari va hazil-mutoyiba bilan suhbatlar nihoyat ruslarga "rus odami" kimligini va "rus dunyosi" nima ekanligini tushuntiradi, ya’ni bu mamlakatni chinakam sevgan har qanday odam o‘zinikiga aylanadi. Rossiya uchun siz qaysi millat yoki dinga mansubligingiz muhim emas va siz o‘z madaniyatingizni unutishingiz ham shart emas.
"Men avarman, men musulmonman, men rus zobitiman", deydi Jamoliddin.
Rejisser Rauf Kubayev ko‘plab teleseriallarini suratga olgan: "Bag‘dodda hamma joy tinch", "Peshovar valsi", "Taxallusi Albaniyalik", "Vatan qayerdan boshlanadi", "Karmelita" va boshqalar.
Yangiliklar lentasi
0