Rossiya Jahon Savdo tashkilotidan chiqish haqida o‘ylayapti

© AFP 2023 / FABRICE COFFRINILogotip VTO
Logotip VTO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2022
Obuna bo‘lish
Bugun Rossiya xalqaro tashkilotlar bilan o‘z munosabatlarini qayta ko‘rib chiqmoqda. Davlat Dumasi deputatlari har bir tashkilotning Rossiya uchun tutgan o‘rnini aniq baholashga harakat qilishmoqda.
TOShKENT, 28-may — Sputnik, Yelena Popova. Jahon Savdo tashkiloti G‘arb tomonidan nazorat qilinadi va Rossiya iqtisodiyotiga faqat zarar keltirmoqda. JSTga a’zo bo‘lishdan hech qanday foyda yo‘q, deb hisoblaydi Davlat Dumasidagi KPRF (kommunistik partiya) va "Spravedlivaya Rossiya" (Adolatli Rossiya) partiyalari vakillari.
Lekin boshqa deputatlar ularga e’tiroz bildirishmoqda. Rossiya JSTdan chiqsa o‘zini o‘zi yakkalab qo‘yadi deyishmoqda ular.

JST do‘stmi yoki dushman?

Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng, G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi misli ko‘rilmagan cheklov choralari kiritdi. Ushbu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga JST a’zolarining xulq-atvorini sinchiklab o‘rganib chiqishni, ularning faoliyati tashkilot nizomiga muovofiqmi yoki yo‘qligini tekirishni topshirgan edi. Tekshiru natijalari iyun oyida ma’lum bo‘ladi.
So‘nggi oylar davomida Rossiya bir necha xalqaro tashkilotlardan chiqishini e’lon qilgan edi. Xususan Yevropa Kengashi, Boltiq davlatlari kengashi va hatto BMTing ison huquqlari kengashidan chiqishini e’lon qildi. Endi esa navbat JST va JSSTga kelgan. Sabab – ular Rossiyani o‘z qoidalariga bo‘y sundirmoqchi bo‘lganida, deb hisoblaydi Duma raisi o‘rinbosari Potr Tolstoy.
Lekin Rossiyada barcha ham xalqaro tashkilotlardan chiqish tarafdori emas. Masalan Hisob Palatasi rahbari Aleksey Kudrin fikriga ko‘ra, Rossiya iqtisodi xalqaro iqtisod bilan chambarchas bog‘liq, shu sababli tashkilotlardan chiqish zararli. Rossiya TIV ham xalqaro tashkilotlardan chiqmaslik kerak, aks holda bu “dushman uchun sovg‘a” bo‘ladi deb hisoblaydi.
TIV Iqtisodiy departamenti direktori Dmitriy Birichevskiyga ko‘ra, JSTning asosiy yutug‘i — bojxona tariflari pasayishidir.
JSTdan chiqish jarayoni ham oson emas. Chiqish taklifi qonun bilan belgilanishi hamda arizani barcha davlatlar tasdiqlashi kerak. Lekin tashkilotdan chiqqandan so‘ng ham birmuncha vaqt uning talablarini bajarishi kerak bo‘ladi.

Amalga oshmagan kutilmalar

“Spravedlivaya Rossiya” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov aytishiga ko‘ra, Rossiyaning JSTga a’zo bo‘lishidan birinchi navbatda qishloq xo‘jalik sektori, yengil sanoat va mashinasozlik va metallurgiya sohalari zarar ko‘rgan.
Chunki, bojalarni kamaytirish G‘arblik importchilarga foyda va Rossiya ishlab chiqaruvchilariga zarar keltirgan. Rossiya JSTga a’zo bo‘lganidan so‘g, qisqa vaqt ichida 2012-yilning noyabrida rastalarda import sut mahsulotlar soni 2 baravar oshgan”, - deydi siyosatchi.
Rossiya kompaniyalarining ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan yuqori shu sababli to‘laqonli raqobatga erishib bo‘lmadi. JSTga a’zo bo‘lishdan oldin ham yaxshi kun ko‘rayotganlar yutdi, xolos. 2014-yildagi voqealar va sanksiyalardan so‘ng esa JSTga a’zo bo‘lishdan hech qanday naf qolmadi, - deb qo‘shimcha qildi Mironov.
KPRF deputati Kolomeysev aytishiga ko‘ra, ular 2017-yildan buyon ushbu shartnomani bekor qilish tarafdori bo‘lib kelgan.
“Biz tashkilotga a’zo bo‘lgandan so‘ng, eksport miqdori 11%ga kamaydi. O‘zingiz ko‘rib turibsizku, JST ham boshqa xalqaro tashkiloatlar kabi AQSh tomonidan nazorat qilinadi va o‘z maqsadlari yo‘lida boshqalarga bosim o‘tkazish uchun foydalaniladi”, - deydi deputat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya millionlab pul to‘layotgan barcha xalqaro tashkilotlarda o‘z ishtirokini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Jumladan JST, XVJ, JSST, YeHXT va boshqalar.

Rossiya va JST

Ma’lmot uchun JST – xalqaro savdo munosabatlarini erkinlashtirish, qoidalarni umumiylashtirish hamda savdo-siyosiy munosabatlarni boshqarish maqsadida tashkil qilingan. Bugungi kunda faqat 34ta tashkilot unga a’zo emas. Bular asosan unchalik katta iqtisodga ega bo‘lmagann yoki orol davlatlar.
Rossiya 1993-yildan boshlab JSTga a’zo bo‘lishga intilgan va 2012-yilning 22-avgustida tashkilotga qabul qilinga edi. Shundan so‘ng Moskva qishloq xo‘jaligi, sanoat, avtomobil, kimyo mahsulotlariga import bojini kamaytirgan, JST davlatlari esa Rossiya mahsulotlariga bojlarni kamaytirgan. 2014-yildan so‘ng esa vaziyat murakkablashgan. Bugungi kuda, sanksiyalar ta’siri ostida JST Rossiya uchun hech qaday ahamiyatga ega emas.
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirining sobiq o‘rinbosari Aleksey Vedevga ko‘ra, bugungi kunda JSTning Rossiyaga foydasi tegayotgani yo‘q, lekin u xalqaro savdoni tartibga solish uchun kerak.
“JST global g‘oyalaridan biri – bu qoida va cheklovlarni unifikatsiya qilish. Jumladan eksportni subsidiya qilishni ham. Agar JST bo‘lmasa xalqaro savdo tartibsiz bo‘lib qoladi. Umumiy qoidalar o‘rniga ko‘plab ikki tomonlama munosabatlar paydo bo‘ladi”, - deydi deputat Vedev.

JSSTdan chiqish maqsadga muvofiq emas

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga 194 ta davlat kiradi. Ushbu tashkilot dunyoga bezgak va yana bir necha yuqumli kasalliklardan qutilish imkonini yaratdi. OISga va chechak kasalliklariga qarshi kurash olib borilmoqda. Koronavirus pandemiyasi va yangi maymun chechak kasalliklariga qarshi kurashada ham JSST munosib o‘rin tutmoqda.
Albatta tashkilot ishini benuqson deb bo‘lmaydi. Xususan 2009-yillarda uning “cho‘chqa grippi” bilan bog‘liq faoliyati keskin tanqid qilingan edi. Lekin JSSTda siyosatchilardan tashqari mutaxassislar ham bor. Ular bilan aloqani uzish ikki tomon uchun ham zararli bo‘lishi mumkin.
“Bugungi kunda mikrob va viruslar uchun chegaralar yo‘qlishi, ular yoki odamlarning ijtimoiy toifasi, boy yoki kambag‘alligidan qat’iy nazar barchaga xavf solishi mumkinligiga hamma ishongan. Biz bitta planetada yashaymiz. JSST - viruslarga qarshi kurashda, dahaqiqat o‘ta muhim rol o‘ynaydi”, - deydi tibbiyot fanlari doktri Vladislav Jemchugov.
Undan tashqari bugun Rossiyaning farmatsevtika sanoati tiklanmoqda va u viruslar tarqalishini oldini olish uchun, dunyo bilan bo‘lishishi mumkin bo‘lgan tibbiyot mahsulotlariga ega.
Rossiya JSSTni tark etsa mamlakatda fojea sodir bo‘lmaydi, Rossiya o‘ziga yetarli darajada vaksina va dorilar ishlab chiqaradi.
Yangiliklar lentasi
0