Putin Makron va Shols bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi
© Sputnik / Aleksey Drujinin
/ Obuna bo‘lish
Suhbat ishtirokchilari dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini ham muhokama qilishdi.
TOShKENT, 28-may - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols bilan telefon orqali Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.
"Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Olaf Shols bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda Ukrainadagi vaziyatning dolzarb jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi”, — deyiladi xabarda.
Xususan, Putin Ukrainaga G‘arb qurollari yetkazib berishi davom ettirish xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi. Bundan tashqari, u Kiyev rasmiylari aybi bilan muzokaralar muzlatib qo‘yilganini ma’lum qildi.
Suhbat ishtirokchilari shuningdek dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini ham muhokama qilishdi.
“Global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vaziyat har tomonlama ko‘rib chiqildi. Vladimir Putin asosli va aniq ma’lumotlarga asoslanib, noto‘g‘ri iqtisodiy va moliyaviy siyosat natijasida yuzaga kelgan oziq-ovqat ta’minotidagi qiyinchiliklarning asl sabablarini tushuntirib berdi. Xususan bu - G‘arb mamlakatlari olib borgan noto‘g‘ri siyosat hamda Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalari oqibati ekaninin”, — deya ta’kidladi Kreml.
Bir kun avval Rossiya rahbari Avstriya kansleri Karl Nexammer bilan ham Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha telefon suhbati o‘tkazgan edi.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.