Yosh avtopoygachilar Qozog‘istonda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

© MinsportaKartingisti iz Uzbekistana stali pobeditelyami sorevnovaniya v Kazaxstane
Kartingisti iz Uzbekistana stali pobeditelyami sorevnovaniya v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik ikki nafar yosh sportchi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan karting musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh avtopoygachilar Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan karting bo‘yicha chempionatda g‘olib bo‘lishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Musobaqa “Sokol” xalqaro poyga maydonida o‘tkazildi. O‘zbekistonlik yosh avtopoygachi Yasmina Egamberdiyeva “OK-junior” karting yo‘nalishi bo‘yicha Qozog‘iston chempionatining birinchi bosqichida o‘smirlar toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
© MinsportaKartingisti iz Uzbekistana stali pobeditelyami sorevnovaniya v Kazaxstane
Kartingisti iz Uzbekistana stali pobeditelyami sorevnovaniya v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2022
Kartingisti iz Uzbekistana stali pobeditelyami sorevnovaniya v Kazaxstane
“Ushbu musobaqa 14 yoshlik sportchining respublikadan tashqarida ishtirok etgan debut musobaqasi bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, yana bir yosh poygachi Amir Hamrayev ushbu musobaqada ikkinchi marotaba qatnashdi va “super-mini” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, 2020-yildan boshlab, “National automobile club of Uzbekistan”ga a’zo bo‘lgan o‘zbekistonlik avtopoygachilar xalqaro va hududiy avtosport musobaqalarida ishtirok etib kelishmoqda.
© MinsportaKartingisti iz Uzbekistana stali pobeditelyami sorevnovaniya v Kazaxstane
Kartingisti iz Uzbekistana stali pobeditelyami sorevnovaniya v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2022
Kartingisti iz Uzbekistana stali pobeditelyami sorevnovaniya v Kazaxstane
Yangiliklar lentasi
0