https://oz.sputniknews.uz/20220527/shht-ekolgiya-vazirlari-toshkentda-daraxt-ekishdi--24832924.html
ShHT ekologiya vazirlari Toshkentda daraxt ekishdi
ShHT ekologiya vazirlari Toshkentda daraxt ekishdi
Sputnik O‘zbekiston
ShHT tadbiri oldidan Ekologiya qo‘mitasining bog‘iga ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. 27.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-27T12:29+0500
2022-05-27T12:29+0500
2022-09-13T11:07+0500
o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
shanxay hamkorlik tashkiloti
shht-2022: samarqand sammiti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1b/24832619_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_963750ce56992ba37996b40a35d1ab4e.jpg
TOShKENT, 27-may - Sputnik. Bugun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi boshlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. Tadbir oldidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining bog‘iga ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.Shuningdek, atrof-muhit monitoringi, bioxilma-xillik, tabiiy hududlarni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishini yumshatish, ilmiy-texnik hamkorlik, qattiq chiqindilarni boshqarish va kadrlar salohiyatini oshirish kabi dolzarb yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashadi.Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti - mintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.2001 yilda olti mamlakat rahbarlarii Shanxay xamkorlik tashkilotini tuzish haqida Deklaratsiya imzolashdi. Tashkilotning maqsadi - Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, deb belgilandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1b/24832619_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_2db9b213e16cb9867894ff57cb2d72fc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, shanxay hamkorlik tashkiloti
o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, shanxay hamkorlik tashkiloti
ShHT ekologiya vazirlari Toshkentda daraxt ekishdi
12:29 27.05.2022 (yangilandi: 11:07 13.09.2022) ShHT tadbiri oldidan Ekologiya qo‘mitasining bog‘iga ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 27-may - Sputnik. Bugun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi boshlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Tadbir oldidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining bog‘iga ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tashkilot kotibiyati vakillari ishtirokida ShHTga a’zo sakkiz davlat delegatsiyalari va ekspertlari zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.
Shuningdek, atrof-muhit monitoringi, bioxilma-xillik, tabiiy hududlarni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishini yumshatish, ilmiy-texnik hamkorlik, qattiq chiqindilarni boshqarish va kadrlar salohiyatini oshirish kabi dolzarb yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashadi.
Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti - mintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.
2001 yilda olti mamlakat rahbarlarii Shanxay xamkorlik tashkilotini tuzish haqida Deklaratsiya imzolashdi. Tashkilotning maqsadi - Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, deb belgilandi.