https://oz.sputniknews.uz/20220527/shavkat-mirziyoevning-eoii-oliy-iqtisodiy-kengashida-sozlagan-nutqi-24839691.html
Shavkat Mirziyoyevning YeOII oliy iqtisodiy kengashida so‘zlagan nutqi
Shavkat Mirziyoyevning YeOII oliy iqtisodiy kengashida so‘zlagan nutqi
Sputnik O‘zbekiston
YeOII mamlakatlari Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisi - Sputnik O‘zbekiston, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Bishkekda bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy... 27.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-27T17:20+0500
2022-05-27T17:20+0500
2022-05-27T17:20+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
yeoii
nutq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1a/24820825_64:135:1100:718_1920x0_80_0_0_7359ad0bce11798de671ea8773bc36b8.jpg
TOShKENT, 27-may – Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev juma kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi.O‘z nutqida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston YeOII bilan kuzatuvchi sifatida hamkorlikni rivojlantirishda davom etishini ta’kidladi.Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash o‘tgan yili 30 foizga, 2022-yilning birinchi oylarida esa uchdan biriga oshgan. Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti dunyodagi iqtisodiy murakkab sharoitda xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib borayotganini qayd etdi va YeOIIda birgalikda inqirozga qarshi choralar ishlab chiqishni taklif qildi. Mirziyoyev ta’kidlashicha, hozirda O‘zbekiston va YeOIIga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi ayniqsa dolzarbdir. Mirziyoyev YeOII mamlakatlarida g‘alla va moyli o‘simliklar, shuningdek, meva-sabzavot ekinlari, jumladan, O‘zbekistonda erta navlarni birgalikda yetishtirish bo‘yicha qo‘shma qishloq xo‘jaligi hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qildi. Prezident, shuningdek, "O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy" temir yo‘l koridorini qurish ishlari ushbu yilda boshlanishini aytdi va bu "Sharq - G‘arb" transport koridorining muhim qismiga aylanishni ta’kidladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston YeOIIdagi hamkorlarini transafg‘on temir yo‘li qurilishida faol ishtirok etishga chaqiradi. Mirziyoyev aytishiga ko‘ra, bu iste’mol bozori 2 milliard kishidan ortiq bo‘lgan Janubiy Osiyo bozoriga yo‘l ochadi. Mirziyoyev O‘zbekiston YeOII bilan hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdori ekanini, bu o‘z navbatida Ittifoqning barcha a’zolari farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1a/24820825_53:0:1190:853_1920x0_80_0_0_cc20ae5fdcbdedad4ca9255d77d3fa5d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, shavkat mirziyoyev, yeoii, nutq
iqtisod, shavkat mirziyoyev, yeoii, nutq
Shavkat Mirziyoyevning YeOII oliy iqtisodiy kengashida so‘zlagan nutqi
YeOII mamlakatlari Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisi - Sputnik O‘zbekiston, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Bishkekda bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida nimalar haqida gapirganini materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 27-may – Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev juma kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi.
O‘z nutqida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston YeOII bilan kuzatuvchi sifatida hamkorlikni rivojlantirishda davom etishini ta’kidladi.
"Bu biz uchun juda muhim soha, chunki YeOII davlatlari bizning tabiiy hamkorlarimizdir. Birgalikda sa’y-harakatlarimiz natijasida pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatishga va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikda ijobiy tendensiyani ta’minlashga muvaffaq bo‘lganimiz quvonarli. – dedi prezident.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash o‘tgan yili 30 foizga, 2022-yilning birinchi oylarida esa uchdan biriga oshgan.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti dunyodagi iqtisodiy murakkab sharoitda xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib borayotganini qayd etdi va YeOIIda birgalikda inqirozga qarshi choralar ishlab chiqishni taklif qildi.
Mirziyoyev ta’kidlashicha, hozirda O‘zbekiston va YeOIIga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi ayniqsa dolzarbdir.
"Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekistonga oziq-ovqat va xomashyo eksportiga cheklovlarni tarqatmaslik masalasida qo‘llab-quvvatlashga ishonaman”, — dedi Mirziyoyev YeOII rahbarlariga murojaatida.
Mirziyoyev YeOII mamlakatlarida g‘alla va moyli o‘simliklar, shuningdek, meva-sabzavot ekinlari, jumladan, O‘zbekistonda erta navlarni birgalikda yetishtirish bo‘yicha qo‘shma qishloq xo‘jaligi hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qildi.
Prezident, shuningdek, "O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy" temir yo‘l koridorini qurish ishlari ushbu yilda boshlanishini aytdi va bu "Sharq - G‘arb" transport koridorining muhim qismiga aylanishni ta’kidladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston YeOIIdagi hamkorlarini transafg‘on temir yo‘li qurilishida faol ishtirok etishga chaqiradi. Mirziyoyev aytishiga ko‘ra, bu iste’mol bozori 2 milliard kishidan ortiq bo‘lgan Janubiy Osiyo bozoriga yo‘l ochadi.
Mirziyoyev O‘zbekiston YeOII bilan hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdori ekanini, bu o‘z navbatida Ittifoqning barcha a’zolari farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi.