Ertapishar kartoshkani aholiga yetkazib berish boshlandi

© Minselxoz UzbekistanaKartoshka noviy urojay
Kartoshka noviy urojay  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2022
Obuna bo‘lish
Viloyatlarda plonka ostiga ekilgan ertapishar kartoshkaning dastlabki hosili dehqon bozorlariga yetkazib berish boshlandi.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Fermer xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida ertaki muddatlarda ekilgan kartoshka hosili yig‘ib olinmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Bahorda fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining 90 ming gektarlik asosiy maydonlariga kartoshka ekildi. Shundan Toshkent viloyati Zangiota tumanida 850 gektar yer maydonida kartoshka yetishtirildi.
© Minselxoz UzbekistanaKartoshka noviy urojay
Kartoshka noviy urojay  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2022
Kartoshka noviy urojay
Zangiota tuman qishloq xo‘jaligi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Raximjonovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda hosil yetishtirishning muhim pallasi-hosilni kavlab olish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
“May oyining dastlabki kunlarida 1 gektar plenka ostiga ekilgan kartoshkalar kovlab olindi. Ularning o‘rtacha 25 tonnasi bozorga chiqarildi. Iyun oyida 1,5 gektar ochiq maydonlarga ekilgan kartoshkalarni kovlashni boshlaymiz”, deydi agranom Abdug‘offor Vaxobov.
Shuningek, Surxondaryo va Qashqadaryoda ertaki muddatlarda (fevral-mart) ekilgan kartoshka maydonlardan dastlabki kartoshka hosilini kavlab olish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari Samarqand va Toshkent viloyatlarida qisman kartoshka kavlash ishlari boshlangan.
2022 yil hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklarida 243 ming gektar maydonda kartoshka ekilishi kutilmoqda.
Hozirgacha joylardan olingan takliflarga asosan fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarida 153 ming gektar maydonda kartoshka yetishtirilishi belgilandi.
© Minselxoz UzbekistanaKartoshka noviy urojay
Kartoshka noviy urojay  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2022
Kartoshka noviy urojay
Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda O‘zbekiston dalalarida jami 240 ming gektarga yaqin maydonda kartoshka ekilgan. Undan 115,5 ming gektari - asosiy ekin maydonlari, 90 ming gektari - dehqon va fermer xo‘jaliklari yerlari, 30 ming gektari - takroriy ekin maydonlari hamda 7,3 ming gektari - bog‘-tok qatorlari orasida. Mavsum oxirida jami 4,1 mln tonna kartoshka hosilini olish kutilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda kartoshka narxi o‘rtacha deb baholash mumkin. Xususan dehqon bozorlarida 1 kg kartoshkaning narxi 3000 – 8000 so‘mni tashkil etmoqda. Bu narx aksariyat davlatlardagi kartoshka mahsulotlariga nisbatan past. Masalan, Gruziyadan 936 so‘mga, Rossiyadan 604 so‘mga va Belorusiyadan 162 so‘mga arzon. Lekin Moldova (1275), Polsha (2048), Tojikiston (3153), Ukraina (2822) davlatlarida kartoshka yanada arzon.
Yangiliklar lentasi
0