https://oz.sputniknews.uz/20220527/misrlik-talaba-qiz-quronni-toliq-kochirib-yozdi-24833711.html
Misrlik talaba qiz Qur’onni to‘liq ko‘chirib yozdi
Misrlik talaba qiz Qur’onni to‘liq ko‘chirib yozdi
Sputnik O‘zbekiston
Hojarga Qur’onni usmonli yozuvida yozishda otasi yordam bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish jamiyatdagi xotin-qizlarga namuna bo‘lish uchun qilingan. 27.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-27T13:13+0500
2022-05-27T13:13+0500
2022-05-27T13:13+0500
dunyoda
qur’oni karim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1b/24834253_0:2:1000:565_1920x0_80_0_0_6ce1fac061d60c862e2d39cc367375fc.jpg
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Misrlik xattot talaba qiz Hojar Abdul Rauf Abdul Halim to‘rt yarim oy ichida Qur’onni to‘liq qo‘lda ko‘chirib yozdi va Qur’onni ko‘chirib yozgan birinchi qiz bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi.Hojarga Qur’onni usmonli yozuvida yozishda otasi yordam bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish jamiyatdagi xotin-qizlarga namuna bo‘lish uchun qilingan.Aytilishicha, Hojar san’at asarini nashr etmoqchi. U yaqin kunlarda Islom tadqiqot assambleyasidan ruxsat olish maqsadida Al-Azhar rahbari shayx Ahmad al-Toyib bilan uchrashadi.Ma’lumot uchun, Sharqda, jumladan, Markaziy Osiyoda kitob bosish uskunalari ixtiro qilinganiga qadar kitoblar nusxalarni ko‘paytirish bilan xattotlar shug‘ullangan.Eslatib o‘tamiz, yaqinda Samarqandlik hattot Abdujalil Ergashev 60x80 hajmdagi katta Qur’on kitobini ko‘chirib yozgandi. U ulug‘ kalomlar bitilgan kitobni uch yil mobaynida 310 varaqqa (2 tomonlama), 620 sahifada arab kufi xatida yozishga muvaffaq bo‘lgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1b/24834253_0:0:888:666_1920x0_80_0_0_e6c874ce97828ba4ca5b9ecaaf84c9c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qur’oni karim
Misrlik talaba qiz Qur’onni to‘liq ko‘chirib yozdi
Hojarga Qur’onni usmonli yozuvida yozishda otasi yordam bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish jamiyatdagi xotin-qizlarga namuna bo‘lish uchun qilingan.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Misrlik xattot talaba qiz Hojar Abdul Rauf Abdul Halim to‘rt yarim oy ichida Qur’onni to‘liq qo‘lda ko‘chirib yozdi va Qur’onni ko‘chirib yozgan birinchi qiz bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston musulmonlari
idorasi. “Hojar Al-Azhar islom universiteti talabasi. Bu talabaning Qur’on bo‘yicha navbatdagi yutug‘i hisobanadi. U dastavval Qur’onni to‘liq yod oldi. Shundan so‘ng, bu ishga astoydil kirishdi”, deyiladi xabarda.
Hojarga Qur’onni usmonli yozuvida yozishda otasi yordam bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish jamiyatdagi xotin-qizlarga namuna bo‘lish uchun qilingan.
Aytilishicha, Hojar san’at asarini nashr etmoqchi. U yaqin kunlarda Islom tadqiqot assambleyasidan ruxsat olish maqsadida Al-Azhar rahbari shayx Ahmad al-Toyib bilan uchrashadi.
Ma’lumot uchun, Sharqda, jumladan, Markaziy Osiyoda kitob bosish uskunalari ixtiro qilinganiga qadar kitoblar nusxalarni ko‘paytirish bilan xattotlar shug‘ullangan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Samarqandlik hattot Abdujalil Ergashev 60x80 hajmdagi katta Qur’on kitobini ko‘chirib yozgandi. U ulug‘ kalomlar bitilgan kitobni uch yil mobaynida 310 varaqqa (2 tomonlama), 620 sahifada arab kufi xatida yozishga muvaffaq
bo‘lgan.