G‘arb Kiyevni sotishga tayyorlanmoqda
© AFP 2023 / VASILY MAXIMOVUlitsa Kreshatik v Kiyeve.
© AFP 2023 / VASILY MAXIMOV
Obuna bo‘lish
Rossiya bilan mojaro qilish halokatli ekanligini Ukrainaning g‘arblik xo‘jayinlari endi anglab borapti. Biz esa, Medvedev aytganidek, maxsus operatsiyaning maqsadlariga erishishda davom etamiz.
“Azovstal”dagi eng qaysar ukrain natsiyatlarining asirlikka olishini kutilganidek Ukraina Qurolli Kuchlarining jangovor kayfiyatini cho‘ktirdi. Harbiy xizmatchilar taslim bo‘lyapti, qochapti, asirlikka olinyapti, safarbarlikka chiqmaganlar esa qochishmoqda. Aftidan, ukrianlar nimanidir anglagandek.
G‘arblik patronlarning jangovar ruhiyati undanda tushib ketgan. Mariupol ozod qilinishi bilanoq, yetakchi anglo-sakson OAVlarining birinchi sahifasidan Ukraina yo‘qolib qoldi. “Urushning 88-kuni, 89-kuni” degan mavzular ham qayoqqadir daf bo‘ldi.
Angliya propagandasi Jonni Depp va Ember Xerdning sud jarayoni bilan shug‘ullana boshladi. Amerikaliklar esa e’tiborini noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga qaratdi.
Qo‘shma Shtatlar axborot maydonida ongli odamlarning ovozi avval biroz qo‘rqib, keyin yanada kuchliroq jaranglay boshladi. “Ukrainadagi urush murakkablashib borapti, Amerika bunga hali tayyor emas”- bunday sarlavhali maqola New York Times ning allaqanday betida emas, balki Demokratik partiya asosiy OAVsidan joy olgan.
Tahririyat ukrain yetakchilariga tezroq “og‘riqli bo‘lsada, muzokaralarga kelish uchun hududlar borasida bir to‘xtamga kelishni” maslahat bermoqda. Ya’ni, soddaroq qilib aytganda, hududlarini Rossiyaga berishni aytishmoqda.
“Bizga ukrain mojarosi borasida haqiqiy munozara kerak”- bu so‘zlar Amerikaning tajovuzkor jarchisi bo‘lmish Washington Timesda tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Uning sahifalarida ukrain mojarosiga turli rakurslardan qarash va global yadroviy mojarolarni oldini olish haqidagi maqolalarni uchratish esa juda g‘alati. Avvalroq qayerda edingiz, deb so‘ragisi keladi kishini.
Barcha pozitsiyalarning natijasini dunyo siyosatining 99 yoshli oqsoqoli Genri Kissendjer chiqarib berdi. Davosda bo‘lib o‘tgan forumda u dangal qilib Ukrainaga tezroq taslim bo‘lish, ya’ni Moskva bilan tinchlik muzokaralarini boshlashni maslahat berdi.
“Nima bo‘lsa ham urush bo‘lmasin” mavzusini mashhur konservativ publitsist Patrik Byukenen ham juda qiziqarli rivojlantirmoqda. U maxsus harbiy operatsiya boshlaganidanoq vatandoshlarini harbiy bellashuvga aralashmaslikka va Rossiya bilan qarama-qarshilikning xatari va foydalarini ongli tarzda baholashga chaqirgan edi. U hozir mojaroning uzoq davom etishidan, yadro urushi xavfi va bir-birini yo‘q qilishdan boshqa, hech qanday foyda ko‘rmayapti.
O‘z sahifasida Byukenen XX asrda Amerika rahbariyati Yevropada bir necha marotaba mojarolar yaratishga harakat qilgani, SSSR rahbarlariga qarshi axborot urushini olib borgani, keyin esa vaziyat jahon urushiga yetib kelganida chap berib tinchlik muzokaralariga borganini o‘z o‘quvchilariga eslatib o‘tdi. Bor avlod-ajdodini so‘kib janjal qilgan super derjavalar yetakchilari esa natijada uchrashishdi, bir-birlarini bag‘irlariga bosishdi, kameralarga birgalikda jilmayib qo‘yishdi. Dunyo yengil nafas ola boshladi.
“Ayk” (Hech qanday takalluflarsiz Byukenen prezident Duayt Eyzenxauerni shunday deb atagan) “Budapesht qassobi” (butcher of Budapest) Nikita Xrushevni Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab 12 kunlik turnega taklif qildi. Nikson Leonid Brejnev bilan “qurolsizlantirish” ishlarini tashkillashtirdi. So‘ngra Brejnev 1968-yili “Varshava kelishuvi” qo‘shinlariga “Praga bahori”ni yo‘q qilishni buyurdi... Endi AQSh va Rossiyaning ikkinchi sovuq urushni chiqarish o‘rniga yangi muzokalarni boshlash vaqti kelmadimikan?”- deb savol tashlamoqda muallif.
Bu lahzalarda Vashingtonning Praga va Budapeshtdagi gumashtalari nimalarni his qilganini faqat tasavvur qilish mumkin. Aftidan, Zelenskiy va Ko nimani his qilgan bo‘lsa, shuni, shekilli.
Hech qayerda axborot kun tartibidagi o‘zgarishlar anglo-sakson OAVlarining Zelenskiyga bo‘lgan munosabatidek tezda va yarq etib ko‘zga tashlanmaydi. Yo‘q, Kiyev rejimi vakillaridan hamon iqtibos keltirishmoqda, ammo ton va mavzuga yondashuv shunaqangi o‘zgarganki.
Mana, masalan, Zelenskiy Davos forumida otashin nutq so‘zlayapti. Ammo uning eng esda qolar so‘zlarini OAVlarda iqtibos qilib berishmayapti. Xabar sarlavhalari esa bir xil, zerikarli va standardagidek: “Zelenskiy Rossiyaga qarshi sanksiyalar talab qilmoqda”, “Maksimal sanksiyalarni talab qilmoqda”. “Zelenskiy yordam, sarmoya so‘ramoqda”, va yana “yordam so‘ramoqda” va yana “jahon hamjamiyatidan yordam so‘ramoqda”. Xuddiki, Jitomirdan kelgan kambag‘al qarindoshing Lariosik eshik oldida sadaqa so‘rayotgandek. Haydab yuboray desang- yaxshi emas, ammo g‘ashingga ham tegadida. Undan qutulishni xohlaysan, ammo obro‘ni saqlab turib buni qanday qilishni bilmaysan.
91 yoshli afsonaviy oligarx Jorj Soros o‘sha Davos forumida Rossiya bilan urush qilishga gij-gijladi. Ammo so‘zlaridan so‘ng shunday taassurot qoldirdiki, u xuddi urib tushirilgan uchuvchi rolini o‘ynayotganga o‘xshardi. Shunday uchuvchiki, unga alohida moliyaviy klanlar hamon o‘z rejalarini e’lon qilishga ishonib topshirishadi. Keyin esa ularning amalga oshirilmasligi haqida baland ovozda arz qilishadi. Uning barcha safsatalari anchadan buyon haqiqatdan yiroq va hech nimani va’da qilmay qo‘ygan. Xuddi shu nutqida Soros Xitoy iqtisodiyoti, shaxsan Si Szinpinning qulashini bashorat qildi. Ammo, u buni har yili bashorat qiladi- xo‘p nima bo‘pti shunga?
Ukrainadagi maxsus operatsiyaning muvaffaqiyati nafaqat harbiy g‘alabalarda, balki Rossiyaga qo‘shilishning nafaqadar muhimligini anglashda ham namoyon bo‘ladi. Shunday bo‘lsaki, minglab, millionlab insonlar bir vaqtning o‘zida uni anglasa. Xalq irodasining bunday burilishi, albatta tarixiy hodisa. Va ayni lahzada Vashington siyosatchilari taslim bo‘lish yaxshiroq ekanini anglab yetmoqda. Ya’ni, ularning ta’biri bilan aytganda, o‘q ostida turmaslik kerak.
Boz ustiga Rossiyaga qarshi surrealistik sanksiyalar Qo‘shma Shtatlarni yangi Buyuk depressiya davriga yetaklayapti. Agar bu darhol bartaraf etilmasa, noyabr oyida Demokratik partiyaning g‘alaba uchun hech qanday imkoniyatlari qolmaydi. Bartaraf etish uchun esa, Ukrainani birlashtirish kerak. Bu yerda shaxsiy hech nima yo‘q, shunchaki biznes.
Boshqa bir savol: o‘z obro‘sini yo‘qotmasdan turib buni qanday amalga oshirish mumkin? Qanday qilib Vashington ma’muriyati o‘z auditoriyasiga Rossiya bilan muzokaralar istagini tushuntiradi? Axir Demokratik partiya amerikaliklarga mutlaqo zararli militaristik jazavani sochib bo‘lgan ediku. New York Times ning patsifistik maqolalar izohlarida faqatgina “Bayden sotqinlik qildi!” degan nolalar yozilgan.
“Qanday qilib biz Ukrainaga sotqinlik qilishimiz mumkin?”- norozi bo‘lmoqda o‘quvchilar. Axir bu NATO va AQSh ning o‘z imidjiga katta zarbaku? Bizning yevropalik malaylarimiz, ya’ni NATO bo‘yicha sheriklarimizchi? Ular biz haqimizda nima deb o‘ylashadi?
Vaziyatning qiziq tomoni shundaki, Bayden ma’muriyati Rossiya bilan qarama-qarshishikni kamaytirib Demokratik partiyani bo‘lajak saylovlarda omon saqlab qolmoqchi. Demokratiyaning ashaddiy tarafdorlari esa buni sotqinlik deb o‘ylashmoqda va agar demokratlar Kiyevga xiyonat qilishsa, saylovlarda ularga qarshi ovoz berish bilan tahdid qilishmoqda.
Sharqiy–evropalik qarchig‘aylarning ham anchagina kayfiyati tushgan- boshqachasiga qanday yo‘l tutish kerak? Ko‘z o‘ngimizda ular mavjudligining mazmuni, ya’ni Rossiyaga dushmanlikning bor mohiyati va ahamiyati yo‘qolyapti. Ular xuddi bir odamdek Kissendjerning yarashish taklifini qoralashmoqda va Vashingtondan Ukrainani qurollantirishni davom ettirishni talab qilishmoqda. Va Ukraina qo‘li bilan Rossiyaga qarshi urushni davom ettirishmoqchi.
Ammo, Ukraina esa bizning ko‘z o‘ngimizda, afsuski, tugab borapti. Qrimdan keyin Donesk va Lugansk respublikalari ajraldi, Azov qirg‘oq bo‘yi boy berildi, Qora dengizning Odessa va Nikolayev qirg‘og‘i hududlarining esa taqdiri noma’lum. Pan Dudaning o‘z bataloni bilan bostirib qirmoqchi bo‘lgan g‘arbiy hududlarning ham taqdiri noma’lum. Darvoqe u yerda ko‘pchilik allaqachon “polyak kartalari”ni olgan va o‘zlarini YeI “sivilizatsiya hamjamiyatining” Sharqiy Kres tarkibining bir bo‘lagi sifatida hisoblamoqda.
Reja bo‘yicha jang qilishi kerak bo‘lgan ukrainlar ham tugayapti. Ularga frontga chiqish va qop-qop va’da beradigan, biroq xohlagan vaqti Londonga uchib ketadigan prezident uchun o‘zini qurbon qilishdan ma’no bormi?
G‘arbdagi sheriklar esa zerikib qoldi. Endi Ukraina ular uchun qiziq emas. Zelenskiyning o‘zi Davosdagi G‘arb oligarxlariga mamlakat hududlarini tiklash uchun sarmoya kiritishni taklif qilib bu mavzuni butkul yopdi. Qanchaga deng- yarim trillion dollarga! Eh, rus odamining qalbi keng. Eh, kechirasiz, bizda buncha pul yo‘q. Qanchalar shu jonga tegdiya! Jonni Deppni Ember bilan sudi nima bo‘layotgandi?
...Hozircha, Moskvaga ko‘rib chiqish uchun taklif qilinayotgan tinchlik shartnomalari loyihalari ma’nisizdek. O‘sha Kissendjer Rossiya va Ukrainaga status-kvoga- 24-fevral bo‘yicha chegaralarga qaytishni taklif qilyapti. Italiya rahbariyati Ukrainaga umuman Donbass va Qrimni ham avtonomiya maqomida topshirishni tavsiya qilmoqda. Bu endi, Dmitriy Medvedev aytganidek, “Rossiyaga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri surbetlik”.
Axir “nima bo‘lsa ham urush bo‘lmasin” trendi bilan baribir biz murosaga kelishimiz mumkinku. Va shu yerda ham ikkilantiruvchi vaziyat yuzaga keladi. Ukrainaning hududiy jihatdan ziyon ko‘rishi uning vatanparvarlarini juda qattiq junbushga keltiradi. Unda bu vaqtga kelib Ukrainadan nima qoladi? Moskva tomonidan beriladigan har qanday yengillik esa rossiyalik vatanparvarlarni norozi qiladi. Bunda qanday yo‘l tutish kerak?
Umuman olganda, bularning bari juda uzun tarix. Rossiya bilan mojaro qilish halokatli ekanligini Ukrainaning g‘arblik xo‘jayinlari endi anglab borapti. Nima ham derdik, davom etishga to‘g‘ri keladi. Medvedev ta’biri bilan yumshoqroq aytganda, ularga aslo e’tibor bermasdan, maxsus operatsiyaning maqsadlariga erishishda davom etamiz.