Sport – sog‘lom hayot garovi

Obuna bo‘lish
Mamlakatda sport infratuzilmasi izchil rivojlantirilib, yoshlarning qiziqishlari qo‘llab-quvvatlanmoqda.
So‘nggi besh yilda 118 ta yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi va 110 tasi rekonstruksiya qilindi. Barcha mahallaladagi yoshlarni sportga jalb etish bo‘yicha ilk bor “besh bosqichli” musobaqalar boshlandi.
Endi har bir mahallada aprel-iyun va sentabr-dekabr oylarida musobaqalar tashkil etilib, yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar elektron ro‘yxatga kiritiladi hamda hududdagi sport maktabida malakali murabbiylar bilan bepul shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ladi. Ular jismoniy tayyorgarlik darajasi va razradiga qarab, keyingi bosqichga o‘tkaziladi.
Sport maktablari muayan olimpiya sport turlari bo‘yicha bazaga aylantiriladi. Murabbiylarning ish haqi 35 foizga oshiriladi. Yaxshi natija ko‘rsatgan mahallalar rag‘batlantiriladi. Yil yakunigacha 508 ta mahallada ko‘p funksiyali sport maydonchalari quriladi.
Batafsil Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0