https://oz.sputniknews.uz/20220526/shomurodov-ozbekistonlik-sportchilar-uchun-evropa-futboliga-yol-ochdi--ekspert-24818312.html
Shomurodov o‘zbekistonlik sportchilar uchun Yevropa futboliga yo‘l ochdi – ekspert
Shomurodov o‘zbekistonlik sportchilar uchun Yevropa futboliga yo‘l ochdi – ekspert
Sputnik O‘zbekiston
Eldor Shomurodov “Roma” bilan Konferensiyalar Ligasi kubogini qo‘lga kiritdi va Yevrokuboklar finalida maydonga tushgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi. 26.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-26T16:10+0500
2022-05-26T16:10+0500
2022-05-26T16:30+0500
sport
eldor shomurodov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1a/24810305_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_b2c96928cfde021cb8ecb54379834a1b.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Ilk bor tashkil etilgan Yevropa Konferensiyalar Ligasi finalida Italiyaning "Roma" va Niderlandiyaning "Feyenoord" klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi.Rimliklar safida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov uchrashuvning 89-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Yakunda “Roma” 1:0 hisobida raqibidan ustun keldi va Konferensiyalar Ligasining ilk g‘olibi sifatida tarixga kirdi.Eldor Shomurodov esa Yevrokuboklar finalida maydonga tushgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi. Shuningdek, 26 yoshli futbolchi faoliyatidagi dastlabki katta sovringa ega chiqdi.Taniqli sport sharhlovchisi Otabek Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, Shomurodov o‘zining Italiyaning “Jenoa” va “Roma” klublarida muvaffaqiyatlari bilan o‘zbekistonlik sportchilar uchun Yevropa futboliga yo‘l ochgan.Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Shomurodov o‘zining tirishqoqligi va mehnatsevarligi bilan shunday muvaffaqiyatlarga erishgan. U astoydil o‘z ustida ishlaydi va hamisha o‘z jamoasiga nafi tegadi.“Eldorning rad etib bo‘lmaydigan bir xislati bor – u mehnatkash va hamisha o‘z jamoasiga nafi tegadi, mutlaqo hamisha”, - dedi Jo‘rayev.Sharhlovchi Eldor o‘yin paytida bir joy turmasligi, doimo harakatlanishi, raqib himoyachilaridan to‘pni olib qo‘yishga intilishiga e’tibor qaratdi.“Eldor Shomurodov sen astoydil ter to‘kishing, o‘zingga ishonishing va shu bilan bilan biror bir muvozanatni ushlab turishing kerak bo‘lgan namuna. Yevropada ko‘pchilik xudbin – bu yaxshi ma’noda. Ular oldilariga ulkan maqsadlar qo‘yishgan, ular o‘ziga xos. Ular statistikani oshirish uchun darhol darvoza sari zarba berishadi. Eldorda bu narsa yo‘q. Yuzma-yuzma to‘qnashish paytida u to‘pni sherigiga uzatadi, ya’ni haqiqiy o‘zbek sifatida bo‘lishadi”, - deydi Jo‘rayev.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1a/24810305_131:0:2862:2048_1920x0_80_0_0_f1713a3aea2f6a989d60842194d59386.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, eldor shomurodov
Shomurodov o‘zbekistonlik sportchilar uchun Yevropa futboliga yo‘l ochdi – ekspert
16:10 26.05.2022 (yangilandi: 16:30 26.05.2022) Eldor Shomurodov “Roma” bilan Konferensiyalar Ligasi kubogini qo‘lga kiritdi va Yevrokuboklar finalida maydonga tushgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Ilk bor tashkil etilgan Yevropa Konferensiyalar Ligasi finalida Italiyaning "Roma" va Niderlandiyaning "Feyenoord" klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi.
Rimliklar safida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov uchrashuvning 89-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Yakunda “Roma” 1:0 hisobida raqibidan ustun keldi va Konferensiyalar Ligasining ilk g‘olibi sifatida tarixga kirdi.
Eldor Shomurodov esa Yevrokuboklar finalida maydonga tushgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi. Shuningdek, 26 yoshli futbolchi faoliyatidagi dastlabki katta sovringa ega chiqdi.
Taniqli sport sharhlovchisi Otabek Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, Shomurodov o‘zining Italiyaning “Jenoa” va “Roma” klublarida muvaffaqiyatlari bilan o‘zbekistonlik sportchilar uchun Yevropa futboliga yo‘l ochgan.
“Eldor shunchaki birinchi emas, u bizning o‘yinchilar uchun Yevropaga, Yevropa futboliga yo‘l ochdi, ularni (o‘zbekistonlik futbolchilarni – tahr.) kuzata boshlashdi”, - dedi Jo‘rayev Sputnik bilan suhbatda.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Shomurodov o‘zining tirishqoqligi va mehnatsevarligi bilan shunday muvaffaqiyatlarga erishgan. U astoydil o‘z ustida ishlaydi va hamisha o‘z jamoasiga nafi tegadi.
“Eldorning rad etib bo‘lmaydigan bir xislati bor – u mehnatkash va hamisha o‘z jamoasiga nafi tegadi, mutlaqo hamisha”, - dedi Jo‘rayev.
Sharhlovchi Eldor o‘yin paytida bir joy turmasligi, doimo harakatlanishi, raqib himoyachilaridan to‘pni olib qo‘yishga intilishiga e’tibor qaratdi.
“Eldor Shomurodov sen astoydil ter to‘kishing, o‘zingga ishonishing va shu bilan bilan biror bir muvozanatni ushlab turishing kerak bo‘lgan namuna. Yevropada ko‘pchilik xudbin – bu yaxshi ma’noda. Ular oldilariga ulkan maqsadlar qo‘yishgan, ular o‘ziga xos. Ular statistikani oshirish uchun darhol darvoza sari zarba berishadi. Eldorda bu narsa yo‘q. Yuzma-yuzma to‘qnashish paytida u to‘pni sherigiga uzatadi, ya’ni haqiqiy o‘zbek sifatida bo‘lishadi”, - deydi Jo‘rayev.