Rossiya musulmonlarini Afg‘onistonga gumanitar missiya bilan boradi

Obuna bo‘lish
Rossiya musulmonlari diniy idorasi Afg‘oniston xalqiga keng ko‘lamli insonparvarlik yordamini tashkil etadi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Rossiya musulmonlari diniy idorasi (DUM RF) yoz oylarida Afg‘oniston xalqiga keng ko‘lamli insonparvarlik yordamini tashkil qiladi. Bu haqda idora raisi o‘rinbosari Ildar Alyautdinovga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Afg‘onistonning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili Jamol Nosir Garval bilan birgalikda shartlar kelishib olingan. Rossiya musulmonlari delegatsiyasining Kobulga, shuningdek, boshqa shahar va viloyatlarga tashrifi shu yilning yozida bo‘lib o‘tadi.
Rossiya musulmonlari afg‘onlarga yordam tariqasida dori-darmon va issiq kiyimlar yetkazib beradi.
“Afg‘onistonga tashrifda “Zakot” xayriya jamg‘armasi ishtirok etadi. Jamg‘arma kambag‘allarga yordam yig‘ish, yetkazib berish va taqsimlashni ta’minlaydi”, dedi Rossiya Federatsiyasi DUM raisi o‘rinbosari.
Shuningdek, u rossiyalik musulmonlar millati va dinidan qat’i nazar barchaga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishini ta’kidladi.
“Agar kimdir yordamga muhtoj bo‘lsa, biz unga yordam berishga intilamiz. Suriya, Livan, Afrika va Osiyo mamlakatlarida ham shunday bo‘lgan”, deydi diniy qo‘mita vakili.
Ta’kidlanishicha, rossiyaliklar yordam kerak bo‘lgan, och qolgan ayollar, bolalar va qariyalarga parvo qilmasdan o‘tib keta olmaydi.
“Bu holatda yordam olayotganlar bizni ruslardek ko‘radi va biz o‘z harakatimizni o‘z davlatimiz bayrog‘i ostida amalga oshiramiz”, deya xulosa qildi Ildar Alyautdinov.
Rossiya Musulmonlar diniy idorasi (Duxovnoe upravlenie musulman RF) - 1994-yilda tashkil qilingan bo‘lib, Rossiyadagi barcha musulmon jamoalarini birlashtiradi. DUM RF tarkibida Rossiyaning 40ga yaqin viloyatlaridan 400ga yaqin musulmon jamoalari kiradi. DUM tarkibida shuningdek bir qator islomiy oliy va o‘rta ta’lim muassasalari, nashrlar va xayriya fondlari ham kiradi.
Yangiliklar lentasi
0