https://oz.sputniknews.uz/20220526/ozbekistonlik-dzyudochilar-katta-dubulga-turnirida-qatnashadi--24817927.html
O‘zbekistonlik dzudochilar “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashadi
O‘zbekistonlik dzudochilar “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashadi
Sputnik O‘zbekiston
Qisqa tanaffusdan so‘ng dzudo yana qaytmoqda. 3-5 iyun kunlari Gruziya poytaxtida “Katta dubulg‘a” turniriga start beriladi. 26.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-26T15:40+0500
2022-05-26T15:40+0500
2022-05-26T15:40+0500
sport
dzudo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/06/21663590_0:99:1880:1157_1920x0_80_0_0_d54878428aafb21d3c3c9214c43f0c74.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Gruziya poytaxti Tbilisida bo‘lib o‘tadigan “Katta dubulg‘a” turnirida O‘zbekistondan qatnashadigan dzudochilar tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.Turnir 3-5 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 38 davlatidan 300 nafarga yaqin sara polvonlar ishtirok etadi.“Hozirda Ilias Iliadis boshchiligidagi O‘zbekiston jamoasi Samarqandda bo‘lajak so‘nggi tayyorgarlikni olib bormoqda”, - deyiladi xabarda.Murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra, Tbilisi musobaqasida deyarli zaxira vakillaridan iborat erkaklar terma jamoasi qatnashadi.Bu orqali ularga jahon reytingi uchun qimmatli ochkolarini jamg‘arib olish imkoniyati taqdim qilinmoqda.To‘liq tarkib quyidagicha:-60 kg: Dilshodbek Baratov-60 kg: Mirzohid Mahammadjonov-66 kg: Muhriddin Tilovov-66 kg: Bobur Vadjiyev-73 kg: Obidxon No‘’monov-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev-81 kg: Ulug‘bek O‘roqov-90 kg: Bahodir Panjiyev-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov-100 kg: Otabek To‘raboyev+100 kg: Alisher Yusupov+100 kg: Shohruh BaxtiyorovMa’lumot uchun, ushbu turnir o‘tgan yili ilk bor Tbilisida o‘tkazilgan va koronavirus pandemiyasi tufayli unda tomoshabinlar ishtirok etmagandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/06/21663590_104:0:1777:1255_1920x0_80_0_0_32b2a7a30cdc8e7440871b1c4f6e43c7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, dzudo
O‘zbekistonlik dzudochilar “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashadi
Qisqa tanaffusdan so‘ng dzudo yana qaytmoqda. 3-5 iyun kunlari Gruziya poytaxtida “Katta dubulg‘a” turniriga start beriladi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Gruziya poytaxti Tbilisida bo‘lib o‘tadigan “Katta dubulg‘a” turnirida O‘zbekistondan qatnashadigan dzudochilar tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi
xabar berdi. Turnir 3-5 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 38 davlatidan 300 nafarga yaqin sara polvonlar ishtirok etadi.
“Hozirda Ilias Iliadis boshchiligidagi O‘zbekiston jamoasi Samarqandda bo‘lajak so‘nggi tayyorgarlikni olib bormoqda”, - deyiladi xabarda.
Murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra, Tbilisi musobaqasida deyarli zaxira vakillaridan iborat erkaklar terma jamoasi qatnashadi.
Bu orqali ularga jahon reytingi uchun qimmatli ochkolarini jamg‘arib olish imkoniyati taqdim qilinmoqda.
To‘liq tarkib quyidagicha:
-60 kg: Dilshodbek Baratov
-60 kg: Mirzohid Mahammadjonov
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-73 kg: Obidxon No‘’monov
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov
-100 kg: Otabek To‘raboyev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
Ma’lumot uchun, ushbu turnir o‘tgan yili ilk bor Tbilisida o‘tkazilgan va koronavirus pandemiyasi tufayli unda tomoshabinlar ishtirok etmagandi.