O‘zbekiston etnosport turlarini ommalashtiradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKanatoxodes v parke "Navruz"
Kanatoxodes v parke Navruz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2022
Obuna bo‘lish
Xivada Xalqaro etnosport festivali, Toshkentda esa “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivali o‘tkaziladi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. 2023-yildan Xivada har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali tashkil qilinadi. Bu prezident imzolagan etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirishga oid qarorda nazarda tutilgan.
Hujjat milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlarini (etnosport) targ‘ib qilish va ommalashtirish, bolalar va o‘smirlarni ularga keng jalb qilish, xalqaro aloqalarni kuchaytirish maqsadida qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2023-yildan boshlab etnosportni rivojlantirishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Toshkentda har yili bir marotaba etnosport turlari bo‘yicha “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivali o‘tkaziladi;
yangi o‘quv yilidan Respublika estrada sirk kollejida polvonlik va dorbozlik san’ati yo‘nalishida o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlash boshlanadi;
har ikki yilda bir marotaba polvonlar va dorbozlar ishtirokida “Polvonlar sulolasi” ko‘rik-tanlovini o‘tkaziladi;
O‘zbekistonda YuNESKO tomonidan nomoddiy madaniy meros maqomi berilishi mumkin bo‘lgan etnosport turlari ro‘yxati shakllantiriladi;
mahallalarda etnosport turlari bo‘yicha xalq o‘yinlari va musobaqalar o‘tkaziladi.
Shuningek, “ustoz-shogird” an’anasi asosida davom etib kelayotgan polvonlik va dorbozlik san’atini yanada kengroq ommalashtirish maqsadida polvonlik va dorbozlik san’ati to‘garaklarini tashkil etiladi.
2023 yil 1-yanvarga qadar har bir hududda ot sporti turlariga tegishli bo‘lgan anjomlarning savdosini yo‘lga qo‘yish maqsadida do‘konlarfaoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun, “etnosport” sport tadbirlarining zamonaviy fol’klor shakli bo‘lib, an’anaviy o‘yinlarning haqiqiyligini saqlab qolish va ularni ishtirokchilar va tomoshabinlar idroki uchun dolzarblashtirish imkonini beradi.
Etnosport nazariyasi 2011-yilda rossiyalik olim Aleksey Kilasov tomonidan ishlab chiqilgan va u Butunjahon etnosport asoschisi bo‘lgan.
Hozirda jahon etnosporti (jamiyati) barcha qit’alardagi 48 davlatdan olimlar, an’anaviy o‘yin va etnosport tadbirlari tashkilotchilarini birlashtiradi. O‘zbekistondan Ravshanxon Djurayev maslahat kengashi a’zosi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0