https://oz.sputniknews.uz/20220526/maxsus-daftarlarga-kiritilgan-fuqarolar-dehqonchilikni-yolga-qoyishdi-24814722.html
Maxsus daftarlarga kiritilgan fuqarolar dehqonchilikni yo‘lga qo‘yishdi
Maxsus daftarlarga kiritilgan fuqarolar dehqonchilikni yo‘lga qo‘yishdi
Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari va maxsus daftarga kiritilgan fuqarolar 16 062 gektar yer maydonida kartoshka va boshqa sabzavot, poliz, moyli, dukkakli ekinlarni yetishtiradi. 26.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-26T13:59+0500
2022-05-26T13:59+0500
2022-05-26T13:59+0500
jamiyat
qishloq xo‘jaligi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0f/18352805_0:143:2733:1680_1920x0_80_0_0_09e9810f8b90826ebd4811b03efebc46.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” kabi maxsus daftarlarga kiritilgan va xorijdan qaytgan mehnat migrantlari dehqonchilik faoliyatini boshladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi. 24-may holatiga maxsus daftarlarga kiritilgan 65 893 nafar fuqaro elektron savdolar orqali ijara uchun qo‘yilgan 14 038 gektar yerni yutib olishdi.1 mart sanasidan keyin xorijdan qaytgan mehnat migrantlari esa 13 637 ta lot bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Ularga dehqon xo‘jaligi maqsadlari uchun 2 024 gektar yer ijaraga berildi.Endilikda ushbu yer maydonlarida kartoshka va boshqa sabzavot, poliz, moyli, dukkakli ekinlar yetishtiriladi.“Tegishli qarorlarga asosan, qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda ro‘yxatda turgan barcha ehtiyojmand oilalar, mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berildi. Ular uchun qo‘llaniladigan koeffitsiyentlarni 1,3 ballgacha ko‘paytirish va shu bilan tanlovlarda ishtirok etayotgan boshqa talabgorlarga nisbatan 30 foiz ustunlik berish yo‘lga qo‘yildi”, - deyiladi xabarda.Aholining mazkur qatlamlariga nisbatan qo‘shimcha imkoniyat beruvchi 1,1 ballga teng koeffitsiyent qo‘llaniladi va tanlovda ishtirok etishda zakalat to‘lovidan ozod etiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0f/18352805_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_d6e3c33aa95e278c3b43f561fe0fe63f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qishloq xo‘jaligi vazirligi
jamiyat, qishloq xo‘jaligi vazirligi
Maxsus daftarlarga kiritilgan fuqarolar dehqonchilikni yo‘lga qo‘yishdi
Mehnat migrantlari va maxsus daftarga kiritilgan fuqarolar 16 062 gektar yer maydonida kartoshka va boshqa sabzavot, poliz, moyli, dukkakli ekinlarni yetishtiradi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” kabi maxsus daftarlarga kiritilgan va xorijdan qaytgan mehnat migrantlari dehqonchilik faoliyatini boshladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi
xabar berdi. 24 may holatiga maxsus daftarlarga kiritilgan 65 893 nafar fuqaro elektron savdolar orqali ijara uchun qo‘yilgan 14 038 gektar yerni yutib olishdi.
1 mart sanasidan keyin xorijdan qaytgan mehnat migrantlari esa 13 637 ta lot bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Ularga dehqon xo‘jaligi maqsadlari uchun 2 024 gektar yer ijaraga berildi.
Endilikda ushbu yer maydonlarida kartoshka va boshqa sabzavot, poliz, moyli, dukkakli ekinlar yetishtiriladi.
“Tegishli qarorlarga asosan, qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda ro‘yxatda turgan barcha ehtiyojmand oilalar, mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berildi. Ular uchun qo‘llaniladigan koeffitsiyentlarni 1,3 ballgacha ko‘paytirish va shu bilan tanlovlarda ishtirok etayotgan boshqa talabgorlarga nisbatan 30 foiz ustunlik berish yo‘lga qo‘yildi”, - deyiladi xabarda.
Aholining mazkur qatlamlariga nisbatan qo‘shimcha imkoniyat beruvchi 1,1 ballga teng koeffitsiyent qo‘llaniladi va tanlovda ishtirok etishda zakalat to‘lovidan ozod etiladi.