Hamid Olimjon maydonidagi binolar auksionga qo‘yildi

© Foto: E-auksion.uzHamid Olimjon maydonidagi ikki qavatli binolar
Hamid Olimjon maydonidagi ikki qavatli binolar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2022
Obuna bo‘lish
Savdo va xizmat ko‘rsatish majmusining boshlang‘ich narxi 24,5 mlrd so‘mga teng.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Hamid Olimjon maydonidagi 13-uy (sharqiy taraf) savdo va xizmat ko‘rsatish majmusi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan savdoga chiqarildi.
Lotning boshlang‘ich narxi 24,5 mlrd so‘mga teng. Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,06 gektar. Binolarning umumiy maydoni 1630 kv.m teng. Elektr va suv bor, lekin gaz yo‘q.
Lot prezident tomonidan qabul qilingan PQ-168-sonli qaroriga muvofiq sotuvga qo‘yildi. Mazkur hujjatda agentlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan binoning sharqiy qismini savdo orqali sotish belgilangan.
Auksion 27-iyun soat 10:00da boshlanadi. Arizalarni qabul qilish shu kunning o‘zida soat 9:00 gacha yakunlanadi.
Yangiliklar lentasi
0