G‘arb siyosati "oqsoqollari" bahsi: realist Kissinjer globalist Sorosga qarshi
16:21 26.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023)
© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s eks-gossekretarem SShA G. Kissindjerom
© Sputnik / Aleksey Drujinin
/ Obuna bo‘lish
Davos forumida G‘arb siyosatining tanilgan "oqsoqollari" Genri Kissinjer va Jorj Soros Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi yakunlariga turlicha qarash bilan chiqishdi. Globalist Sors va realist Kissinjer - kim haq?
O‘zining 99 yoshini nishonlayotgan Genri Kissinjer va 91 yoshli Jorj Soros uzoq vaqtdan beri Eski Ahd (Tavrot) zamoni payg‘ambarlarining zamonaviy ko‘rinishiga aylantirilgan, ammo G‘arb dunyosi ulardan o‘z yaralariga davo topishni kutmaydi, balki anglo-sakslar amalga oshira olmayotgan global loyiha uchun biror foydali retsept, hech bo‘lmasa kasallikning aniq tashxisini kutmoqda. Bugungi kunda G‘arb Rossiya bilan “kasal” bo‘lganligi sababli, ular bu kasallikni qanday davolanish, uni qanday to‘xtatish mumkinligini tushunishni istaydi.
Davos forumda ikkala “qariya” ham Rossiya haqida gapirib, Atlantika elitasining bugungi dolzarb kun tartibiga asosiy ikki xil yondashuvini belgilab berdi. Yondashuvlarning maqsadi yagona bo‘lsag‘da, ularni amalga oshirish tubdan farq qiladi, lekin bu haqda maqola oxirida.
Sorosning pozitsiyasi mutlaqo aniq:
"Ukrainaga bostirib kirish - Uchinchi jahon urushining boshlanishi bo‘lishi mumkin va bizning sivilizatsiyamiz undan omon qolmasligi mumkin. Uni saqlab qolishning eng yaxshi va ehtimol yagona yo‘li - Putinni imkon qadar tezroq mag‘lub etishdir".
Ya’ni, Putin Rossiyasi Gitler Germaniyasi kabi G‘arb sivilizatsiyasi uchun tahdid va uni mag‘lub etish kerak. Va har qanday holatda ham: Soros "urushni imkon qadar tezroq tugatish uchun barcha resurslarimizni safarbar qilishimiz kerak" deganda, u tinchlik muzokaralarini emas, balki Rossiyaning mag‘lubiyatini nazarda tutadi:
"Ammo o‘t ochishni to‘xtatib bo‘lmaydi, chunki unga (Putinga – tahr.) ishonish mumkin emas".
Soros anglo-sakson elitasining radikal qismining so‘zlarini shunchaki takrorlamoqda (Varshava bo‘lsa uning ortidan “rus dunyosini yo‘q qilishga” chorlamoqda) va hozircha ular o‘zlarining bu yondashuvini Yevropa elitalarining aksariyatiga uqtirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Lekin Yevropa elitasi anglo-sakslarning Rossiyaga qarshi o‘yinida garovga olinganliklarini yaxshi tushunishadi va ular hamma narsani uning mag‘lubiyatiga tikmoqchi emaslar. Bu ularning pozitsiyasi.
Anglo-sakslar orasidagi realistlarning qarashlari Genri Kissinjer tomonidan ifodalandi.
“Rossiya 400-yil davomida Yevropaning ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Ba’zan ba’zan kuzatuvchi sifatida, ba’zi hollarda esa kafil yoki Yevropada muvozanatni tiklash vositasi sifatida. Hozirgi siyosatda, Rossiyani Xitoy bilan doimiy ittifoqqa majburlamaslik uchun, uning Yevropadagi ushbu rolni tiklash muhim”.
Shu bois, Kissinjer o‘zining 2014-yilda Qrim va Donbassdan keyin shakllantirilgan taklifiga qaytish kerakligini ta’kidladi.
“Vaziyatdan ideal chiqish yo‘li - Ukrainani neytral davlat, Rossiya va Yevropa o‘rtasida ko‘prik, bo‘luvchi chiziq sifatida qoldirish bo‘ladi". Uning ta’kidlashicha, "hozirda bunday imkoniyat mavjud emas, lekin uni hali ham yakuniy maqsad sifatida ko‘rish mumkin":
“Tinchlik muzokaralari tomon harakatni yaqin ikki oy ichida boshlash kerak. Ushbu vaqt ichida urushga yakun yasalmasa, bu Rossiya, Gruziya va Ukrainaning Yevropa bilan munosabatlarda yanada og‘irroq oqibatlarga olib keladi. Bo‘lish chizig‘i – oldingi status kvoni qaytarishi kerak. Bu ideal natija bo‘ladi.
Menimcha (G‘arbning –tahr.) Polshadan tashqari hududa urushga kirishishi – bu, NATO tomonidan hamjihatlik bilan qabul qilingan, Ukraina erkinligi uchun kurash emas, Rossiyaning o‘ziga qarshi urushga aylanib ketadi.
Ushbu so‘zlarda eng muhimi Kissinjer Rossiyaning mag‘lubiyatidan manfaatdor emasligi yoki muzokaralar olib borishga chaqirayotgani emas, balki u nima sababdan ushbu yo‘ldan ketayotgani. Agar Soros uchun asosiy maqsad - globallashuv kelajagi, ochiq jamiyat (G‘arb) va yopiq jamiyat (Rossiya va Xitoy) o‘rtasidagi kurash bo‘lsa, Kissinjer uchun eng muhimi - umumjahon tizimi G‘arbning asosiy yetakchilik rolini saqlab qolish bo‘lmoqda. Maqsad oddiyroq, ammo - realroq. Shu bois, Soros “yorqin kelajak”ga da’vat etsa (va uning nomidan Rossiyaga qarshi kurashda qurbonlik qilishga chaqirayotgan bo‘lsa), Kissinjer o‘tmishni nazarda tutib, uning Yevropa siyosatidagi 400-yillik rolini va Yevropa kuchlar muvozanatini eslaydi. Va Moskvani Pekin bilan do‘stlashtirish - bu G‘arbning o‘zi uchun zararli bo‘lishiga e’tibor qaratmoqda.
Ya’ni, agar Soros uchun Putin va Si allaqachon ittifoqchilarga aylanlan va aniq G‘arbning dushmani bo‘lsa: "Bugungi kunda Xitoy va Rossiya ochiq jamiyat uchun eng katta xavf tug‘dirmoqda", deydi u.
Kissinjer uchun hali hammasi aniq emas: u Moskva va Pekin munosabatlari allaqachon G‘arb strategiyasidan xoli bo‘lganiga ishongisi kelmaydi. U hali ham Rossiya va Xitoyni bir-biriga qarshi muvozanat sifatida foydalanish mumkinligiga ishonadi. Bu albatta yarim asr oldin “Moskva – Vashington – Pekin” uchburchagini Amerika foydasi uchun ishlata bilgan strateg uchun tushunsa bo‘ladigan o‘jarlik.
Kissinjer nuqtayi nazarini Sorosnikiga qaraganda amalga oshirish oson ko‘rinadi, chunki G‘arbda Rossiyani mag‘lub etishga qodir kuch yo‘q. Ikkinchidan hozir Rossiyani Xitoydan ajratib bo‘lmaydi - bu Moskva va Pekinning ongli strategik tanlovi va u ikkala tomonning G‘arb loyihasiga qarshi chiqish zarurati bilan bog‘liq. Lekin Yevropa va Rossiya o‘rtasida munosabatlar to‘liq uzilishning oldini olishning imkoni bor.
Atlantika realistlari uchun muhim bo‘lgan yana bir narsa – yangi, g‘arb yetakchiligidan keyingi dunyoda, u gegemon sifatida emas balkim kuchli ishtirokchi sifatida saqlanib qoladi. Bundan tashqari, dunyo ham yana bir muncha vaqt davomida eski anglo-sakson qoidalari tizimida yashashi ta’minlanadi.
Bu Kissinjerning oddiy rejasi va bundan tashqari, u Xitoy va Qo‘shma Shtatlar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilik sodir bo‘lmasligiga ishonmoqda.
Lekin reallikdan uzoq bo‘lgan Atlantika radikallari G‘arb hali ham Rossiya va Xitoyni ushlab turish va globallashuvning g‘alabali yurishi yetarli kuchga ega ekanligiga ishonadi. Ular uchun Kissinjerning pozitsiyasi mutlaqo nomaqbul va mag‘lubitlidir. Kiyevda sobiq davlat kotibining "Davos vahimachisi" deb nom berishga ham ulgurishdi. Atlantika elitasining katta qismi ham xuddi shunday deb hisoblaydi.
Bu esa bugun ular naqadar chuqur mafkuraviy inqirozni boshlarida kechirayotganining, voqelikni tan olishni istamayotganliklarining yana bir dalildir. Shu sababli ham ular o‘z oldiga amalga oshirib bo‘lmaydigan maqsadlar qo‘ymoqda va o‘z ahvolini tobora yomonlashtirmoqdalar. Moskvaning mag‘lubiyatiga pul tikish - G‘arbning eng katta xatosidir.
Shu bilan birga, Kissinjerning rejasini anglo-sakslar uchun muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi, chunki u ham Soros kabi Rossiyani munosib baholay olmayapti va bizning maqsadlarimizni tushunmaydi.
“Neytral Ukraina” uchun endi kech bo‘ldi
Endi Rossiya va G‘arb orasidagi muzokaralarda “neytral Ukraina” murosa mavzusi bo‘la olmaydi. Bu nafaqat 2022-yil 24-fevraldan oldin, balki 2014-yil fevralidan oldin bo‘lishi mumkin edi. Buni Yanukovichning quvilishi va va Yevromaydan g‘alabasigacha muhokama qilish kerak edi. Adolat uchun aytish jioizki Kissinjer buni 10-15 yil oldin ham taklif qilgan edi, ammo o‘shanda G‘arb Ukrainani allaqachon o‘ziniki deb hisoblagan edi.
Endi bo‘lsa, hech qanday betaraflik haqida gap bo‘lishi mumkin emas, chunki Rossiya o‘zining tarixiy birligini qaytarishga kirishdi va Ukraina (ya’ni, Malorossiya va Novorossiya) muammosi xalqimizning ichki ishiga aylanmoqda.
G‘arb bor kuchi bilan bizga xalal berishi, ushbu jarayonni kechiktirishga urinishi mumkin, ammo ertami-kechmi u muqarrar haqiqatni - Yevropa va Rossiya chegaralarini qayta ko‘rib chiqishga bo‘lgan navbatdagi urinish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanganini tan olishga majbur bo‘ladi. Oldingi barcha urinishlar kabi.