https://oz.sputniknews.uz/20220525/sirdaryo-rossiyadagi-etakchi-un-ishlab-chiqaruvchi-korxona-bilan-hamkorlikni-yolga-qoymoqchi-24789192.html
Sirdaryo Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchi korxona bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi
Sirdaryo Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchi korxona bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Tashrif davomida Oltoy o‘lkasidagi “Aleyskzernoprodukt” yirik agrosanoat majmuasi faoliyati o‘rganildi. 25.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-25T11:57+0500
2022-05-25T11:57+0500
2023-04-05T18:37+0500
iqtisod
sirdaryo
oltoy o‘lkasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/19/24788953_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_66721da65797a462d8f5084f74add937.png
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev rahbarligidagi delegatsiya Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi faoliyatini o‘rgandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.Tashrif davomida Oltoy o‘lkasidagi “Aleyskzernoprodukt” yirik agrosanoat majmuasi faoliyati ko‘rib chiqildi.Viloyat vakillariga korxonaning eksport salohiyatini kengaytirish, maxsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishda foydalanilayotgan samarali mexanizmlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.Korxona direktori A.Starovoytova o‘z so‘zida korxona qanday qilib Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchilardan biriga aylangani haqida gapirib o‘tdi.Ta’kidlanishicha, bunday natijaga zamonaviy texnologiyalar, yuqori sifat, mahsulotlarning keng assortimenti, eng yaxshi narxlar va jamoaning professionalligi sabab bo‘lgan.Uchrashuvda kelgusida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhokama etildi.Sirdaryo va Novosibirsk hamkorlikni kengaytiradiMa’lumot uchun, mazkur majmua 1932-yilda tashkil etilgan. Korxona donni qayta ishlashdan to mahsulot ishlab chiqarish va qadoqlashgacha bo‘lgan to‘liq texnologik siklga ega.Bu yerda kun davomida “Aleyka” brendi ostida 750 tonna un, 1000 tonna yem, 40 tonna yeg‘, 48 tonna makaron maxsulotlari, 45 tonna yorma mahsulotlar (grechka, perlovka, suli yormasi), 130 tonna vitamin, minerallar va boshqa ozuqaviy qo‘shimchalar, shuningdek, yiliga 12 million dona qop ishlab chiqariladi.
sirdaryo
oltoy o‘lkasi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/19/24788953_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_224a3f1b6d8a1987962e802ecaa65902.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, sirdaryo, oltoy o‘lkasi, rossiya
iqtisod, sirdaryo, oltoy o‘lkasi, rossiya
Sirdaryo Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchi korxona bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi
11:57 25.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Tashrif davomida Oltoy o‘lkasidagi “Aleyskzernoprodukt” yirik agrosanoat majmuasi faoliyati o‘rganildi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev rahbarligidagi delegatsiya Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi faoliyatini o‘rgandi. Bu haqda viloyat hokimligi
xabar berdi. Tashrif davomida Oltoy o‘lkasidagi “Aleyskzernoprodukt” yirik agrosanoat majmuasi faoliyati ko‘rib chiqildi.
Viloyat vakillariga korxonaning eksport salohiyatini kengaytirish, maxsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishda foydalanilayotgan samarali mexanizmlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Korxona direktori A.Starovoytova o‘z so‘zida korxona qanday qilib Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchilardan biriga aylangani haqida gapirib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, bunday natijaga zamonaviy texnologiyalar, yuqori sifat, mahsulotlarning keng assortimenti, eng yaxshi narxlar va jamoaning professionalligi sabab bo‘lgan.
Uchrashuvda kelgusida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhokama etildi.
Ma’lumot uchun, mazkur majmua 1932-yilda tashkil etilgan. Korxona donni qayta ishlashdan to mahsulot ishlab chiqarish va qadoqlashgacha bo‘lgan to‘liq texnologik siklga ega.
Bu yerda kun davomida “Aleyka” brendi ostida 750 tonna un, 1000 tonna yem, 40 tonna yeg‘, 48 tonna makaron maxsulotlari, 45 tonna yorma mahsulotlar (grechka, perlovka, suli yormasi), 130 tonna vitamin, minerallar va boshqa ozuqaviy qo‘shimchalar, shuningdek, yiliga 12 million dona qop ishlab chiqariladi.