https://oz.sputniknews.uz/20220525/aziz-bolalarim---prezident-maktab-bitiruvchilarini-tabrikladi-24785588.html
Aziz bolalarim! - prezident maktab bitiruvchilarini tabrikladi
Aziz bolalarim! - prezident maktab bitiruvchilarini tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyov maktab bitirayotgan yoshlarga kelajakda ulkan maqsadlarga erishishda omadlar tiladi. 25.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-25T09:41+0500
2022-05-25T09:41+0500
2022-05-25T09:45+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
maktab
tabrik
o‘quvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/19/24785788_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_f498ba5b057870ccdc692db196484060.jpg
TOShKENT, 25-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini yangi hayot yo‘liga qadam qo‘yayotgani bilan tabrikladi. Mamlakatimizdagi barcha umumta’lim dargohlarida “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangrab, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashuv tadbirlari o‘tkazilayotgan ushbu quvonchli va g‘oyat hayajonli damlarda hammangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman.Umid va ishonch ramzi bo‘lgan yetuklik shahodatnomalari barchangizga muborak bo‘lsin!", - deyilgan prezident tabrik so‘zida. Shuningdek, prezident 78 ta oliy ta’lim muassasasida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, oliy ma’lumot olish hamda masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi mavjudligiga ham e’tibor qaratdi. Shavkat Mirziyov maktab bitirayotgan yoshlarga kelajakda ulkan maqsadlarga erishishda omadlar tiladi. Barchangizga ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman.Doimo sog‘-omon bo‘ling! Intilib, izlanib yashashdan aslo to‘xtamang! Baxt va omad hamisha hamrohingiz bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim!", - deb tabrik so‘zini yakunladi prezident.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/19/24785788_55:0:1192:853_1920x0_80_0_0_d55823990b94ffc90e8593200e2e0688.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, maktab, tabrik, o‘quvchilar
jamiyat, shavkat mirziyoyev, maktab, tabrik, o‘quvchilar
Aziz bolalarim! - prezident maktab bitiruvchilarini tabrikladi
09:41 25.05.2022 (yangilandi: 09:45 25.05.2022) Shavkat Mirziyov maktab bitirayotgan yoshlarga kelajakda ulkan maqsadlarga erishishda omadlar tiladi.
TOShKENT, 25-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini yangi hayot yo‘liga qadam qo‘yayotgani bilan tabrikladi.
"Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada go‘zal va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Mamlakatimizdagi barcha umumta’lim dargohlarida “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangrab, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashuv tadbirlari o‘tkazilayotgan ushbu quvonchli va g‘oyat hayajonli damlarda hammangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman.
Umid va ishonch ramzi bo‘lgan yetuklik shahodatnomalari barchangizga muborak bo‘lsin!", - deyilgan prezident tabrik so‘zida.
Shavkat Mirziyoyev bu yil O‘zbekiston hududidagi 10 mingta maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchilar bitirayotganini va ularni 162ta oliy o‘quv yurtlari va ko‘plab kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar kutayotganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, prezident 78 ta oliy ta’lim muassasasida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, oliy ma’lumot olish hamda masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi mavjudligiga ham e’tibor qaratdi.
"Bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2016-yildagi 9 foizdan bu yil 38 foizga yetkazildi", - dedi prezident.
Shavkat Mirziyov maktab bitirayotgan yoshlarga kelajakda ulkan maqsadlarga erishishda omadlar tiladi.
"Hech qachon unutmang, kelajakda sizni yanada ulkan va mas’uliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga albatta erishasiz.
Barchangizga ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman.
Doimo sog‘-omon bo‘ling! Intilib, izlanib yashashdan aslo to‘xtamang! Baxt va omad hamisha hamrohingiz bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim!", - deb tabrik so‘zini yakunladi prezident.