Shavkat Mirziyoyev resurslarni tejash muhimligini ta’kidladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2022
Obuna bo‘lish
Prezident resurslarni hozirdan tejash, muqobil energiyadan foydalanishni rag‘batlantirish muhimligini ta’kidladi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev neft-gaz xomashosini qazib olish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda prezident tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va resurslarni tejash zarurligiga e’tibor qaratdi.
"Tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini to‘liq ishga tushirib, yo‘qotishlarni bartaraf etish choralari belgilandi. Resurslarni hozirdan tejash, muqobil energiyadan foydalanishni rag‘batlantirish muhimligi ta’kidlandi", - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, prezident xalqaro konsultantlarni jalb qilib, strategik yondashuvlarni belgilab olish, neft-gaz sohasida hisob-kitob mexanizmlari shaffofligini ta’minlash vazifalarini qo‘ydi.
Korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish orqali xarajatlarni qisqartirish, boshqaruv tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0