Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukrainada natsizmni 100% yo‘q qilishni maqsad qilgan - Patrushev

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie vo vserossiyskom soveshanii predsedateley sudov
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie vo vserossiyskom soveshanii predsedateley sudov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2022
Obuna bo‘lish
Natsizm 100 foizga yo‘q qilinmasa u bir necha yildan so‘ng yana ham xunuk ko‘rinishda boshini qayta ko‘taradi - Patrushev.
TOShKENT, 24-may - Sputnik. Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiyani tezroq tugatishga emas, natsizmni 100 foiz yo‘q qilishga harakat qilayapti, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev AiF nashriga bergan intervyusida.
Kotib muxbirning ayrim fuqarolarning Ukrainadagi maxsus operatsiya muddatlari uzayib ketayotganidan xavotirga tushayotgani haqidagi savollarga qo‘yidagicha javob berdi:
"Biz belgilangan muddatda operatsiyani tugatishga intilmayapmiz. Natsizmni yo 100 foizga yo‘q qilish kerak, yoki u bir necha yildan so‘ng yana ham xunuk ko‘rinishda boshini qayta ko‘taradi", dedi Patrushev.
"Tarixni esga olsangiz hammasini darhol tushunasiz, dedi Patrushev. - Postdam anjumanida SSSR, AQSh va Angliya nemis militarizmi va natsizmini butunlay yo‘q qilish to‘g‘risida shartnoma imzolagan edi. Denatsifikatsiya - natsist jinoyatchilarni jazolash bilan bir qatorda, irqi, millati, tili, dini, siyosiy e’tiqodiga ko‘ra kamsitishni qonuniylashtirgan Uchinchi Reyx qonunlari bekor qilish, millatchi va militaristik ta’limotlarni maktab dasturidan olib tashlash va boshqa qator jiddiy choralarni nazarda tutgan edi".
“Mamlakatimiz 1945-yilda shunday maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan edi. Biz hozir ham , Ukrainani neonatsizmdan tozalar ekanmiz ana shunday maqsadlarni qo‘ymoqdamiz”, - deydi bosh kotib. Angliya va AQSh esa, o‘sha vaqtda SSSR tomonida bo‘lgan bo‘lsa, bugun - butunlay boshqa pozitsiyada. Ular natsizmni qo‘llab-quvvatlab, dunyoning aksariyat mamlakatlariga qarshi tajovuzkorlik bilan harakat qilishmoqda".
G‘arbdagilar Ukrainada millatchilar borligiga ishonmayotgani haqidagi xabarlarga Patrushev quyidagicha javob berdi:
“Ehtimol, g‘arbliklar o‘z ko‘chalarida shafqatsiz ukrainalik bezorilar paydo bo‘lmagunicha o‘zlarining pushtirang ko‘zoynagini yechmaydi”, — dedi u. Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibining fikricha, bu nafaqat Yevropada sodir bo‘lishi mumkin.
Xavfsizlik Kengashi kotibi, yaqinda Amerikaning Buffalo shahrida sodir bo‘lgan ommaviy qotillikni esga oldi. "Men amerikaliklardan so‘ramoqchiman, supermarketda odamlarni otgan neonatsist va Donbassning tinch aholisini yillar davomida kamsitib, kelgan "Azov" jangarilari o‘rtasidagi qanday farq bor?", - dedi Patrushev.
Yangiliklar lentasi
0