https://oz.sputniknews.uz/20220524/qariyb-ikki-yarim-yilda-necha-kishi-is-gazidan-vafot-etgani-aytildi-24776044.html
Qariyb ikki yarim yilda necha kishi is gazidan vafot etgani aytildi
Qariyb ikki yarim yilda necha kishi is gazidan vafot etgani aytildi
Sputnik O‘zbekiston
2020 yildan boshlab 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 428 ta holat sodir bo‘lgan. 24.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-24T17:23+0500
2022-05-24T17:23+0500
2022-05-24T19:14+0500
jamiyat
is gazidan zaharlanish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1137/98/11379804_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_20f93f4226560e68fc0404e03b3c6dba.jpg
TOShKENT, 24-may — Sputnik. 2020-yildan hozirga qadar O‘zbekistonda isgazidan zaharlanish bilan bog‘liq 428 ta holat sodir bo‘lgan. Natijada 366 nafar fuqaro vafot etgan va 307 nafar shaxs turli darajada jarohatlangan. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.Senatorlar, ekspertlar va tegishli vazirlik va idora vakillari yig‘ilishda Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi, xususan, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni muhokamaqilishdi. O‘rganishlar davomida mazkur tarmoqda qator tizimli muammo hamda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.Prokuratura organlari 105 ta tekshirish o‘tkazishgan. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga 30 dan ortiq taqdimnoma, 25 tadan ziyod ogohlantiruvlar kiritilib, 25 nafar shaxs intizomiy va 4 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar yetarli darajada o‘z samarasini bermagan. Uchrashuv ishtirokchilari iste’molchilarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda muqobil turdagi yoqilg‘idan foydalanishda xavfsizlik madaniyatining shakllanmaganligini ko‘rsatib o‘tishdi.Qayd etilishicha, gazda ishlovchi qurilmalarning dudburon va shamollatish kanallari soz holatda emasligi, sifatli tozalanmaganligi va belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkazilmayotganligi is gazidan zaharlanish holatlari hamon ko‘pligicha qolishiga asosiy sabablaridan biri bo‘lmoqda.Shuningdek, milliy qonunchilikda is gazi chiqishi, uni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish, aholini muhofaza qilishni o‘zida ifoda etuvchi yaxlit normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligi aytib o‘tildi.Amaldagi qonunchilikda is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olishga mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat organi aniq belgilanmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20211130/is-gazidan-zaharlanmaslik-uchun-nima-nima-qilish-kerak-21580926.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1137/98/11379804_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_af874c31bd1c0ab2a0f1aa5d339423c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, is gazidan zaharlanish
jamiyat, is gazidan zaharlanish
Qariyb ikki yarim yilda necha kishi is gazidan vafot etgani aytildi
17:23 24.05.2022 (yangilandi: 19:14 24.05.2022) 2020 yildan boshlab 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 428 ta holat sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. 2020 yildan hozirga qadar O‘zbekistonda isgazidan zaharlanish bilan bog‘liq 428 ta holat sodir bo‘lgan. Natijada 366 nafar fuqaro vafot etgan va 307 nafar shaxs turli darajada jarohatlangan. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida
ma’lum qilindi. Senatorlar, ekspertlar va tegishli vazirlik va idora vakillari yig‘ilishda Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi, xususan, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni muhokamaqilishdi. O‘rganishlar davomida mazkur tarmoqda qator tizimli muammo hamda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.
2020 va 2021-yillarda hamda 2022-yilning o‘tgan davrida is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida mamlakatda 8 milliondan ortiq xonadonlarda isitish tizimlari, dudburonlar ko‘rikdan o‘tkazilgan va boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Prokuratura organlari 105 ta tekshirish o‘tkazishgan. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga 30 dan ortiq taqdimnoma, 25 tadan ziyod ogohlantiruvlar kiritilib, 25 nafar shaxs intizomiy va 4 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar yetarli darajada o‘z samarasini bermagan. Uchrashuv ishtirokchilari iste’molchilarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda muqobil turdagi yoqilg‘idan foydalanishda xavfsizlik madaniyatining shakllanmaganligini ko‘rsatib o‘tishdi.
Qayd etilishicha, gazda ishlovchi qurilmalarning dudburon va shamollatish kanallari soz holatda emasligi, sifatli tozalanmaganligi va belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkazilmayotganligi is gazidan zaharlanish holatlari hamon ko‘pligicha qolishiga asosiy sabablaridan biri bo‘lmoqda.
Shuningdek, milliy qonunchilikda is gazi chiqishi, uni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish, aholini muhofaza qilishni o‘zida ifoda etuvchi yaxlit normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligi aytib o‘tildi.Amaldagi qonunchilikda is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olishga mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat organi aniq belgilanmagan.