Mirziyoyev Putin bilan qo‘ng‘iroqlashdi: yetakchilar qanday masalalarni muhokama qilishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2022
Obuna bo‘lish
Yetakchilar O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishni ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
O‘tgan yil noyabr oyida Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yil boshidan faol muloqotlar va o‘zaro tashriflar sur’ati oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mart oyi oxirida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda aprel oyida O‘zbekiston poytaxtida yangi mintaqaviy formatda tashkil etilgan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida ikki tomonlama tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Ta’kidlanishicha, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha ustuvor loyihalar davom ettirilmoqda. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshgan.
Gumanitar hamkorlikka doir, shu jumladan ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va sport sohalarida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini chuqurlashtirish va hududlararo aloqalarning katta salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.
Shuningdek, prezidentlar mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashishgan.
Yangiliklar lentasi
0