https://oz.sputniknews.uz/20220524/kosmik-monitoring-va-geoaxborot-texnologiyalari-markazi-tashkil-etiladi-24762917.html
Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi
Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi markaz kosmik monitoring ishlarini amalga oshiradi va davlat boshqaruv organlarini kosmik suratlar bilan ta’minlab boradi. 24.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-24T11:35+0500
2022-05-24T11:35+0500
2022-05-24T11:36+0500
jamiyat
kosmos
o‘zbekkosmos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/03/16117076_0:62:2001:1187_1920x0_80_0_0_665265a04c98459518bcd5027720f5d6.jpg
TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekistonda "O‘zbekkosmos" agentligi tizimida Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi. Bu haqda “O‘zbekkosmos” xabar berdi. Ushbu markaz kosmik monitoring ishlarini amalga oshirish va davlat boshqaruv organlarini kosmik suratlar bilan ta’minlash, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, mudofaa va xavfsizlik sohalarida kosmik faoliyat natijalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida ishga tushiriladi.Markaz quyidagi faoliyatni olib boradi:Qolaversa, markaz xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini taqdim etish va kosmik sohaga oid boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/03/16117076_166:0:1833:1250_1920x0_80_0_0_43fc1ba83930bca65e60a610d5df678d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, kosmos, o‘zbekkosmos
jamiyat, kosmos, o‘zbekkosmos
Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi
11:35 24.05.2022 (yangilandi: 11:36 24.05.2022) Yangi markaz kosmik monitoring ishlarini amalga oshiradi va davlat boshqaruv organlarini kosmik suratlar bilan ta’minlab boradi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekistonda "O‘zbekkosmos" agentligi tizimida Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi. Bu haqda “O‘zbekkosmos”
xabar berdi. Ushbu markaz kosmik monitoring ishlarini amalga oshirish va davlat boshqaruv organlarini kosmik suratlar bilan ta’minlash, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, mudofaa va xavfsizlik sohalarida kosmik faoliyat natijalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida ishga tushiriladi.
Markaz quyidagi faoliyatni olib boradi:
sun’iy yo‘ldosh apparatlari orqali Yerni masofadan zondlash, uning ma’lumotlarini qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish;
kosmik sohaga oid xizmatlarni ko‘rsatish;
kosmik sohaga ilmiy va innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida mazkur sohadagi ilmiy va innovatsion ishlarni amalga oshirish;
kosmik va geoaxborot texnologiyalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida iqtisodiyot tarmoqlari, mudofaa va xavfsizlik sohalari hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.
Qolaversa, markaz xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini taqdim etish va kosmik sohaga oid boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi.