https://oz.sputniknews.uz/20220524/firibgarlar-koproq-qaysi-usullar-bilan-odamlarni-chuv-tushirishmoqda-24780146.html
Firibgarlar ko‘proq qaysi usullar bilan odamlarni chuv tushirishmoqda
Firibgarlar ko‘proq qaysi usullar bilan odamlarni chuv tushirishmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda eng ommalashgan firibgarlik usullari bu meros haqidagi va’da, sovrinli yutuq haqidagi xabarlar.
2022-05-24T19:55+0500
2022-05-24T19:55+0500
2022-05-24T19:55+0500
jamiyat
firibgar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22520584_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_90ecbd211798ed797f8b2bb67805b3c1.jpg
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Markaziy bank "Moliyaviy bilim" loyihasi doirasida hozirgi kunda keng tarqalgan firibgarlik turlari haqida videorolik tayyorladi.Unda O‘zbekistonda keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemalari haqida ma’lumot berilgan.Katta merosEng ommalashgan firibgarlik usullaridan biri — bu meros haqidagi va’da. Elektron pochta yoki messenjerlar orqali sizga qaysidir xorijlik uzoq qarindoshingiz yoki familiyangiz o‘xshash inson tasodif tufayli sizga katta meros qoldirgani haqida xabar keladi.Ushbu merosni qo‘lga kiritishdagi dastlabki xarajatlar sizning bo‘yningizda bo‘ladi. Ushbu mablag‘ni to‘lab bo‘lganingizda esa aldanganingizni bilasiz.Sovrinli yutuqBir qancha saytlarga kirganingizda sizga sovrinli yorliqlar taklif etiladi. Ularda qatnashish orqali siz qimmatbaho texnika vositalarini yutib olganingiz haqida xabar keladi.Ushbu yutuqlarni o‘z yurtingizga yetkazib berilishi uchun esa sizdan mablag‘ yoki turli savollar orqali shaxsiy hisob raqamingiz haqida ma’lumot kiritishingiz talab etiladi. Shu orqali hisobingizdagi mablag‘ firibgarlar tomonidan yechib olinadi.Telegram guruhlariOxirgi vaqtlarda avj olayotgan firibgarlik turlaridan yana biri — telegram guruhlarga odam qo‘shish orqali qanchadir mablag‘ bilan taqdirlanishdir.Bu orqali firibgarlar o‘z guruh yoki kanallarida sun’iy ravishda foydalanuvchilarni ko‘paytirishga yoki telefon nomer va plastik karta ma’lumotlarini bilib olib, hisobdan pul yechib olishga urinadi.Shu tufayli turli aksiya va konkurslarga ishonib shaxsiy hisob ma’lumotlarini begonalarga oshkor etmaslik tavsiya etiladi. Aks holda firibgarlik qurboniga aylanib qolish hech gap emas.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22520584_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_f994692374f69593f791eb46a1c2d655.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
firibgarlar usullar meros haqidagi va’da ovrinli yutuq haqidagi xabar
firibgarlar usullar meros haqidagi va’da ovrinli yutuq haqidagi xabar
Firibgarlar ko‘proq qaysi usullar bilan odamlarni chuv tushirishmoqda
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda eng ommalashgan firibgarlik usullari bu meros haqidagi va’da, sovrinli yutuq haqidagi xabarlar.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Markaziy bank "Moliyaviy bilim" loyihasi doirasida hozirgi kunda keng tarqalgan firibgarlik turlari haqida videorolik
tayyorladi.
Unda O‘zbekistonda keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemalari haqida
ma’lumot berilgan.Eng ommalashgan firibgarlik usullaridan biri — bu meros haqidagi va’da. Elektron pochta yoki messenjerlar orqali sizga qaysidir xorijlik uzoq qarindoshingiz yoki familiyangiz o‘xshash inson tasodif tufayli sizga katta meros qoldirgani haqida xabar keladi.
Ushbu merosni qo‘lga kiritishdagi dastlabki xarajatlar sizning bo‘yningizda bo‘ladi. Ushbu mablag‘ni to‘lab bo‘lganingizda esa aldanganingizni bilasiz.
Bir qancha saytlarga kirganingizda sizga sovrinli yorliqlar taklif etiladi. Ularda qatnashish orqali siz qimmatbaho texnika vositalarini yutib olganingiz haqida xabar keladi.
Ushbu yutuqlarni o‘z yurtingizga yetkazib berilishi uchun esa sizdan mablag‘ yoki turli savollar orqali shaxsiy hisob raqamingiz haqida ma’lumot kiritishingiz talab etiladi. Shu orqali hisobingizdagi mablag‘ firibgarlar tomonidan yechib olinadi.
Oxirgi vaqtlarda avj olayotgan firibgarlik turlaridan yana biri — telegram guruhlarga odam qo‘shish orqali qanchadir mablag‘ bilan taqdirlanishdir.
Bu orqali firibgarlar o‘z guruh yoki kanallarida sun’iy ravishda foydalanuvchilarni ko‘paytirishga yoki telefon nomer va plastik karta ma’lumotlarini bilib olib, hisobdan pul yechib olishga urinadi.
Shu tufayli turli aksiya va konkurslarga ishonib shaxsiy hisob ma’lumotlarini begonalarga oshkor etmaslik tavsiya etiladi. Aks holda firibgarlik qurboniga aylanib qolish hech gap emas.