https://oz.sputniknews.uz/20220524/alisher-sadullaev-yangi-lavozimga-saylandi-24772380.html
Alisher Sa’dullayev yangi lavozimga saylandi
Alisher Sa’dullayev yangi lavozimga saylandi
Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar ishlari agentligi direktori Shaxmat federatsiyasiga rais bo‘ldi. 24.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-24T15:25+0500
2022-05-24T15:25+0500
2022-05-24T15:25+0500
sport
shaxmat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/982/31/9823178_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_1088409c7b3567febd5631900491baa1.jpg
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining raisi etib saylandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.Federatsiya raisligidan tashqari Alisher Sa’dullayev ayni vaqtda Yoshlar ishlari agentligi direktori hamda Oliy Majlis Senati a’zosi hisoblanadi.Alisher Sa’dullayev 1994-yil 11-iyulda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini (MDIST) bitirgan. 2017-yil iyul oyigacha Result o‘quv markazini boshqarib kelgan. 2017-yil iyul oyidan 2018-yil oktabr oyigacha Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga 2021-yilning yanvar oyida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov rais etib saylangan edi. Ma’lumot uchun, prezidet Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan. Unga ko‘ra O‘zbekistondagi barcha maktablarda “Shaxmat sinflari” ochilishi, 150 ta ixtisoslashtirilgan shaxmat maktabi tashkil etilishi belgilangan. 2025-yilga qadar shaxmat bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini 3 foizga yetkazish nazarda tutilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/982/31/9823178_300:0:1200:675_1920x0_80_0_0_2d3c292415a3379ccd4d064174e08277.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, shaxmat
Alisher Sa’dullayev yangi lavozimga saylandi
Yoshlar ishlari agentligi direktori Shaxmat federatsiyasiga rais bo‘ldi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining raisi etib saylandi. Bu haqda O‘zA
xabar berdi.
Federatsiya raisligidan tashqari Alisher Sa’dullayev ayni vaqtda Yoshlar ishlari agentligi direktori hamda Oliy Majlis Senati a’zosi hisoblanadi.
Alisher Sa’dullayev 1994-yil 11-iyulda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini (MDIST) bitirgan. 2017-yil iyul oyigacha Result o‘quv markazini boshqarib kelgan. 2017-yil iyul oyidan 2018-yil oktabr oyigacha Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga 2021-yilning yanvar oyida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov rais etib
saylangan edi.
Ma’lumot uchun, prezidet Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan. Unga ko‘ra O‘zbekistondagi barcha maktablarda “Shaxmat sinflari” ochilishi, 150 ta ixtisoslashtirilgan shaxmat maktabi tashkil etilishi belgilangan. 2025-yilga qadar shaxmat bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini 3 foizga yetkazish
nazarda tutilgan.