https://oz.sputniknews.uz/20220524/abdulaziz-kamilov-saudiya-tiv-rahbari-bilan-muloqot-qildi-24775792.html
Abdulaziz Kamilov Saudiya TIV rahbari bilan muloqot qildi
Abdulaziz Kamilov Saudiya TIV rahbari bilan muloqot qildi
Sputnik O‘zbekiston
Saudiya tomoni Kamilovni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili deb qayd etgan. Suhbat chog‘ida so‘nggi mintaqaviy hamda xalqaro o‘zgarishlar muhokama qilingan. 24.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-24T18:20+0500
2022-05-24T18:20+0500
2022-05-24T18:20+0500
siyosat
o‘zbekiston tiv
abdulaziz kamilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/09/22623540_0:113:1280:833_1920x0_80_0_0_e9de7d2761b7529397275ca228678f0e.jpg
TOShKENT, 24-may — Sputnik. 22-may kuni O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farxon ibn Abdulla bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “Saudi Press Agency” xabar berdi. Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va ularni mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqilgan, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro maydondagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilingan.Eslatib o‘tamiz, mart oyida Abdulaziz Kamilov salomatligi bilan bog‘liq muammo tufayli xorijda davolanayotgani aytilgan edi.Aprel oyi oxirlarida O‘zbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish esa Vladimir Norov zimmasiga yuklatilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/09/22623540_0:155:1280:1115_1920x0_80_0_0_6ecbf3e9c346487afedac6f93a61eb19.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston tiv, abdulaziz kamilov
siyosat, o‘zbekiston tiv, abdulaziz kamilov
Abdulaziz Kamilov Saudiya TIV rahbari bilan muloqot qildi
Saudiya tomoni Kamilovni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili deb qayd etgan. Suhbat chog‘ida so‘nggi mintaqaviy hamda xalqaro o‘zgarishlar muhokama qilingan.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. 22-may kuni O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farxon ibn Abdulla bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “Saudi Press Agency”
xabar berdi.
“Bugun Tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farxon ibn Abdullaga O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili janob Abdulaziz Kamilov tomonidan qo‘ng‘iroq qilindi”, deyiladi xabarda.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va ularni mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqilgan, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro maydondagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Abdulaziz Kamilov salomatligi bilan bog‘liq muammo tufayli xorijda davolanayotgani aytilgan edi.
Aprel oyi oxirlarida O‘zbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish esa Vladimir Norov zimmasiga yuklatilgan edi.