https://oz.sputniknews.uz/20220523/toshkentda-muzey-uylariga-sayohat-boshlandi--foto-24743161.html
Toshkentda “Muzey uylariga sayohat” boshlandi – foto
Toshkentda “Muzey uylariga sayohat” boshlandi – foto
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda uy-muzeylarini ommalashtirish aksiyasi boshlandi. 18-may – Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi 23-may kuni boshlandi. 23.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-23T15:01+0500
2022-05-23T15:01+0500
2022-05-23T15:01+0500
madaniyat
muzey
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/17/24740512_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_85b3f3154161283f8b71964d21ef884d.jpg
TOShKENT, 23-may — Sputnik. 23-27 may kunlari O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida “Muzey uylariga sayohat” fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik muxbiriga muassasa matbuot xizmati xabar berdi.18 may – Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlangan mazkur fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi 23-may kuni boshlandi.Fotoko‘rgazmadan maqsad Toshkent shahridagi mavjud uy-muzeylarni targ‘ib qilish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, yangi turistik yo‘nalishlarni tashkil etishdan iborat.Shuningdek, muzeylar haftaligi doirasida Toshkent shahar uy-muzeylari xodimlarining ekskursiyalari, sayyohlik kompaniyalari bilan memorandumlar imzolash va “Muzey kechasi” tadbirini o‘tkazish bo‘yicha mahorat darslari ham rejalashtirilgan.24, 25, 26-may kunlari soat 15:00 dan 17:00 gacha ekskursiya mahorat darslari jadvali:Loyiha 27-may kuni soat 22:00 da “Muzey kechasi” madaniy tadbiridan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi.O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi matbuot xizmatiga ko‘ra, fotoko‘rgazmaga kirish bepul.Shu bilan birga, boshqa zallardagi ekspozitsiyalarni ko‘rish, shuningdek nominal muzey uylariga ekskursiya safarlarida va “Muzey kechasi” yakuniy tadbirida ishtirok etish uchun quyidagi to‘lov amalga oshiriladi:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/17/24740512_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_28e6e848ff61a5ac27ecc71ec88d1769.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, muzey, toshkent
madaniyat, muzey, toshkent
Toshkentda “Muzey uylariga sayohat” boshlandi – foto
Toshkentda uy-muzeylarini ommalashtirish aksiyasi boshlandi. 18-may – Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi 23-may kuni boshlandi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. 23-27 may kunlari O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida “Muzey uylariga sayohat” fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda
Sputnik muxbiriga muassasa matbuot xizmati xabar berdi.
18 may – Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlangan mazkur fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi 23-may kuni boshlandi.
Fotoko‘rgazmadan maqsad Toshkent shahridagi mavjud uy-muzeylarni targ‘ib qilish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, yangi turistik yo‘nalishlarni tashkil etishdan iborat.
Shuningdek, muzeylar haftaligi doirasida Toshkent shahar uy-muzeylari xodimlarining ekskursiyalari, sayyohlik kompaniyalari bilan memorandumlar imzolash va “Muzey kechasi” tadbirini o‘tkazish bo‘yicha mahorat darslari ham rejalashtirilgan.
24, 25, 26-may kunlari soat 15:00 dan 17:00 gacha ekskursiya mahorat darslari jadvali:
24 may - Oybek, Yunus Rajabiy, Tamaraxonim va Sergey Borodin uy-muzeylariga;
25 may - Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriy va Sergey Yesenin uy-muzeylariga;
26 may - Muxtor Ashrafiy, G‘afur G‘ulom va O‘rol Tansiqboyev uy-muzeylariga ekskursiya uyushtiriladi va mahorat darslar bo‘lib o‘tadi.
Loyiha 27-may kuni soat 22:00 da “Muzey kechasi” madaniy tadbiridan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi.
O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi matbuot xizmatiga ko‘ra, fotoko‘rgazmaga kirish bepul.
Shu bilan birga, boshqa zallardagi ekspozitsiyalarni ko‘rish, shuningdek nominal muzey uylariga ekskursiya safarlarida va “Muzey kechasi” yakuniy tadbirida ishtirok etish uchun quyidagi to‘lov amalga oshiriladi:
pensionerlar - 3 ming so‘m;
talabalarga - 4 ming so‘m;
yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar - 2 ming so‘m;
boshqa tashrif buyuruvchilar, shu jumladan xorijliklar – 25 ming so‘m.