Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi poyezdlarning 1 ta reysi to‘xtatiladi

© Foto: AO O‘ztemiryo‘lyo‘lovchiPassajirskiy poyezd po marshrutu "Kungrad – Namangan – Andijan – Kungrad"
Passajirskiy poyezd po marshrutu Kungrad – Namangan – Andijan – Kungrad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2022
Obuna bo‘lish
Poyezdlarga oldindan xarid qilingan chiptalar yo‘lovchilarga to‘liq qaytariladi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Shanba va yakshanba kunlari “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan poyezdlarning 1 ta reysi to‘xtatiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Aqcha-Obliq temir yo‘l stansiyalari oralig‘i 101-kilometr 9-piketidagi ko‘prikda ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu bois:
27 may - “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo‘nalishidagi 64/63-sonli;
28 may - “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo‘nalishidagi 60/59 hamda 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdlarining;
Shuningdek, 28-may - 6408-sonli “Toshkent-Angren” hamda 29-may kuni 6409-sonli “Angren- Toshkent” shaharlararo yo‘lovchi poyezdlarining 1 ta reysi bekor qilinadi.
Bundan tashqari, 27-may kuni “Buxoro-Andijon” yo‘nalishida harakatlanadigan 391-sonli yo‘lovchi pozdi “Buxoro -Toshkent”, 28-may kuni esa “Andijon -Termez” yo‘nalishida qatnovchi 397-sonli yo‘lovchi poyezdi, “Toshkent-Termez” yo‘nalishida amaldagi jadval bo‘yicha harakatini amalga oshiradi.
Bu poyezdlarga oldindan xarid qilingan chiptalar yo‘lovchilarga to‘liq qaytariladi.
Yangiliklar lentasi
0