https://oz.sputniknews.uz/20220523/rossiyadan-butun-dunyoni-bepul-boqishni-talab-qilishmoqda-24751660.html
Rossiyadan butun dunyoni bepul boqishni talab qilishmoqda
Rossiyadan butun dunyoni bepul boqishni talab qilishmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Bir qancha vaqt oldin kollektiv G‘arb bizni oziq-ovqat inqirozida ayblashinini yozgan edik. Faqat uning muddatida ozgina adashibmiz. 23.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-23T21:53+0500
2022-05-23T21:53+0500
2023-04-05T18:37+0500
kolumnistlar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23764563_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_88e0a20d0da7f178feb181236eef8c2d.jpg
Sheriklar yozga qadar sabr qila olmadi. Hozirning o‘zida britaniyalik, germaniyalik va amerikalik mas’ul shaxslar butun dunyoni bo‘lajak ochlik bilan qo‘rqitmoqda va bunda barcha javobgarlikni Rossiyaga tashlab qo‘yishmoqda deb yozadi RIA Novosti kolumnisti. “Putin ochlik bilan tahdid o‘tkazib shantaj qilmoqda”-, deb xulosa qiladi Amerikaning Newsmax nashri.Rossiyani aynan nimada ayblashmoqda? Birinchidan, maxsus harbiy operatsiya. Bu Ukrainada don ekish kampaniyasini xavf ostiga qo‘yadi. Ikkinchidan, Azov va Qora dengiz portlarini to‘sib qo‘yilishi, buning natijasida kemalar Ukraina donini olib chiqa olmasligi.Biroq portlarni aslida ukrainaliklarning o‘zi to‘sib qo‘ygan. Ukraina Qurolli Kuchlari erisha oladigan suv zonasining barcha qismlarini minalashdi, hatto Odessaning shahar plyaji ham saqlanib qolmadi. Bo‘rondan keyin bu minalar parchalanib, ochiq dengizga suzib ketdi. Hozir Qora dengiz oqimlari ularni suzdirib ketmoqda balki. Bombalar qayerga borib qolishi noma’lum. Bunday sharoitda qandaydir tijorat reyslarini tashkil etishga urinish o‘limga o‘xshaydi. Ukraina minasi deb kema portlashidan Xudo saqlasin! Yana Rossiya hamma narsaga aybdor bo‘ladiku.Maxsus operatsiyaga kelsak, barcha maqsadlarga erishilgandan so‘ng, albatta, uning yakunlanishini xohlaymiz, shubhasiz. Ammo hozir - g‘arblik sheriklar Ukrainaga kechayu kunduz qurol-yarog‘ tarqatib, u yerga harbiy maslahatchilarni yuborib, Ukraina armiyasini o‘qitib, shafqatsizlarcha frontga haydab chiqarayotganda buni qanday amalga oshirish mumkin? AQSh hozirgina Kiyevga urush uchun yana qirq milliard dollar ajratdi. Va buning evaziga Vladimir Zelenskiy bir million ukrainalikni safarbar qilishga va’da berdi. Qaysidir ma’noda bu krepostnoylik vaqtlarini eslatadi. Ukrainaliklar sotiladi, ulgurji, arzon, savdolashish mumkin.AQShning Ukrainaga munosabatini Vashingtonning o‘tgan hafta davomida Ukraina omborlarida qolib ketgan yigirma million tonna g‘allani olib chiqish “yo‘llarini qidirayotgani”dan yaqqol ko‘rinib turibdi. Ukrainaliklarning o‘zlarichi, ular nima yeydi? Ehtimol, Rossiyadan keladigan gumanitar yordam bo‘lsa kerak. Biz ularga yordam beramiz, albatta.Bu kontekstda g‘arblik hamkorlar Moskvadan nima talab qilyapti? Ularni o‘g‘it va barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashni. Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda Rossiya bug‘doy va kungaboqar yog‘i yetkazib berish bo‘yicha dunyoda yetakchi, shakarning asosiy yetkazib beruvchisi, shuningdek, arpa, bug‘doy, makkajo‘xori va dukkakli ekinlarni eksport qiladi.Aynan mana shu mahsulotlarni eksport qilish uchun mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 31-avgustiga qadar cheklovlar belgilangandi. Bu cheklovlar G‘arbga umuman yoqmayapti. Xuddi do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar ro‘yxati kabi. Ro‘yxatga AQSh, Britaniya ham o‘z satellitlari bilan, shuningdek butun Yevropa Ittifoqi kiradi.Vashington mart oyining o‘zidayoq Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarni “jahannamiy sanksiyalari”dan olib tashladi. Ammo ular hali ham yo‘q. Kamomad shu darajadaki, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken: “Rossiya tajovuzini tanqid qilayotgan mamlakatlarga o‘g‘it va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini to‘xtatish bilan tahdid qilishni bas qilishi kerak”, - deb jazava qilayotir.Biroq, ijozat bering. Bu mamlakatlar shunchaki tanqid qilayotgani yo‘q. Bu mamlakatlar- AQSh va uning malaylari- bizdan uch yuz milliard dollar o‘g‘irlagan, o‘z investor va tadbirkorlariga shantaj qilib Rossiyadagi kompaniyalarini yopishga majbur qilishdi, qo‘rqinchli va ayanchli rusofob jazavasini tarqatishdi, Moskva bilan har qanday hamkorlik uchun dunyoning barcha mamlakatlariga sanksiyalar bilan tahdid qilishmoqda.Endi esa ular yeyishni xohlashadi. Boz ustiga, juda ko‘proq yeyishni xohlashmoqda. G‘arblik sheriklarning muammoni tan olgisi kelmayapti. Ular faqat Osiyo va Afrika mamlakatlarida bo‘lajak ochlikni gapirishmoqda. Ammo ular holatining dahshati shundaki, oziq-ovqat uchun kuzda narx ko‘tarilishidan AQSh va Yevropadagi millionlab bechora odamlar och o‘tirishga mahkum. Va bunda g‘arblik rahbariyat o‘zini qanday oqlaydi? Hammasini ruslarga to‘nkab qo‘yishda davom etadimi?Va bugungi kunda London va Vashingtonda mashhur bo‘lgan Afrikadagi ocharchilik muammosi Afrika mamlakatlari agrosanoatining Amerika korporatsiyalarini egallab, mustamlaka qila boshlagandan so‘ng kuchaydi. Aynan ular mahalliy fermerlarga har yili o‘ta qimmat narxlarda sotib olinishi kerak bo‘lgan g‘alla va o‘g‘itlarni yuklab qo‘yishdi. Qora qit’aning agrosanoatini vayron qilib, endi ular afrikaliklarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgandek, Rossiyadan ta’minot talab qilishmoqda.Biroq, AQSh va Kanada ham birgalikda dunyo bug‘doyining to‘rtdan bir qismini ishlab chiqaradi. Sun’iy yaratilgan tanqislik bilan narxlarni ko‘tarish va keyin eng qashshoq mamlakatlardan foyda olish yaxshi emas. Nega ular bug‘doyni oziq-ovqat inqirozidan eng ko‘p jabr ko‘radigan davlatlarga tekinga tarqatmaydilar?Kuzga hali vaqt bor. Rossiya mahsulotlari esa jahon bozorida juda yetishmayapti. Amerikalik hamkorlar fikricha, bu Moskva “oziq-ovqatni qurolga aylantirgan” deganidir. Undan oldin neft va gazni qurolga aylantirganimiz ham yodimda. Keyin ko‘mir va o‘tinni ham. Bizda qurollar bunchalar ko‘p bo‘lmasa, a!Rossiya har doim o‘z majburiyatlarini shartnomalar bo‘yicha mas’uliyat bilan bajargan va G‘arb kontragentlarini mahsulot bilan ta’minlagan. Ammo keyin ular bizga qarshi misli ko‘rilmagan sanksiyalarni qo‘llashdi va mamlakatimiz va G‘arb o‘rtasidagi moliyaviy aloqani uzishdi. Agar biz ularni oziq-ovqat va o‘g‘it bilan ta’minlasak, buning uchun pul olmaslik xavfi bor. Agar biror bir mamlakat biz bilan halol savdo-sotiq qilmoqchi bo‘lsa, Vashington istalgan vaqtda unga qarshi ikkinchi darajali sanksiyalarni qo‘llashi mumkin.Qisqacha aytganda, har doimgidek: ular bizni talon-taroj qilishni xohlashadi, biz esa rahmat aytishimiz, to‘lashimiz va tavba qilishimiz kerak. Biroq endi avvalgidek bo‘lmaydi. Oziq-ovqat tomonidan, bugungi kunda Rossiya xavfsizligi ta’minlangan. Uni sanksiyalar olib tashlanganidan keyin va hatto tezda qadrsizlanib borayotgan valyutaga to‘lash va’dalariga almashtirish ahmoqlik bo‘lardi.Prezident Putin tomonidan imzolangan do‘st bo‘lmagan davlatlar ro‘yxati kelajakdagi eksport siyosatimizning sog‘lom tanlanganligini ko‘rsatadi. Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikadagi ko‘plab qashshoq mamlakatlarni ichiga olgan do‘stona mamlakatlar bizning oddiy mahsulotimizni jo‘natish mumkin bo‘ladi. Do‘stona munosabatda bo‘lmagan mamlakatlarning esa navbatda turishiga to‘g‘ri keladi. Ehtimol, uzoq vaqtga.G‘arb hamkorlarining siyosati oziq-ovqat bozorida xuddi urushdagidek bezgak tutishiga olib keldi. Don aql bovar qilmas sur’atda qimmatlashmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar tezlikda dunyodan chetlashtirildi. Yaqinda Hindiston bug‘doy eksportini taqiqladi. Yo‘q, u “jahannamiy” sanksiyalar ostida emas. Shunchaki, uning hukumati bozorlardagi notinchlikni ko‘rib, kambag‘al aholiga g‘amxo‘rlik qilyapti. Bundan tashqari, u yerda qurg‘oqchilik ham kuzatildi.Dunyo iqtisodiyotida voqealar baribir g‘alati rivojlanyapti. Tarixda hech qachon oziq-ovqat bunchalik arzon bo‘lmagan, jahon qishloq xo‘jaligi sanoati sayyoramizdagi bunchalik ko‘p sonli odamlarni to‘ydira olmagan edi. Va endi, bir qator rejalashtirilgan inqirozlar tufayli, oziq-ovqat shiddat bilan qimmatlashmoqda, defitsitlar esa o‘z navbatida hosil bo‘ladi.Rossiya ham inqiroz fonida ajoyib ko‘rinadi. O‘ttiz yil davomida biz jahon iqtisodiyotining zaif bo‘g‘ini hisoblanardik. SSSR davridan beri bizga bu yerda hammasi e’tibordan chetda ekanligi aytilgan. Yoki “benzokolonka mamlakati”, keyin “raketali Yuqori Volta”, keyin “iqtisod parcha-parcha bo‘ldi”, keyin yana vayron bo‘ldi va yana vayron bo‘ldi, yana, ko‘p, ko‘p marta... Bizning uglevodorodlarimiz progressiv emas, qandaydir modaga mos kelmaydigan xom ashyo, bug‘doy savdosi umuman o‘n to‘qqizinchi asrniki.Axborot texnologiyalari, atrof-muhitga oid moliyaviy spekulyatsiyalar, xizmat ko‘rsatish sohasi – aynan shular bilan insoniyat farog‘on yashagan ekanda. Biz hammamiz esa bu postindustrial parovozning orqasidan yugurdik, hamma unga kechikardi. Uning yo‘lovchilari bizning harakatlarimizga qarab faqat haqorat bilan kulib qo‘yishardi.Va to‘satdan ma’lum bo‘ldiki, bu postindustriyaning barchasi bizning yoqilg‘imiz bilan ishlayotgan, non va shakarimizni yeyayotgan edi. Rossiya tomonga nafrat bilan tupurishni unutmasdan yana. Axir, olti oy oldin, barcha jahon reytinglari uzoq umr ko‘rishga buyurilishidan avval, davlatimiz rasman “rivojlanayotgan davlat” ro‘yxatiga kiritilgani kulgili. Ya’ni, bizga to‘liq qaram bo‘lgan, dahshatli tashqi qarzlarga o‘ralashib qolgan, o‘z hududida hech narsa ishlab chiqarmaydigan mamlakatlar - bu oltin milliard, qadrli yettilik edi, u yerda u intilishi kerak edi. Biz esa sivilizatsiya chekkasida sudralib bordik.Bugun esa Rossiya jahon reytingida eng quyi pog‘onaga tushib ketdi. Shu bilan birga, u zamonaviy “mukammal bo‘ron” dan - iqtisodiy, harbiy, siyosiy muammolardan - hammadan yaxshi tarzda boshdan o‘tkazmoqda. Va butun dunyo bizdan zudlik bilan biror narsaga muhtoj. Kimga bug‘doy, kimga kungaboqar yog‘i, kimga urug‘, kimga yog‘, kimga gaz.Xo‘sh, o‘ta eksklyuziv tovarlar eksportiga o‘tib, xomashomizni hashamatga aylantirish kerak. Brend uchun mos keladigan ortiqcha to‘lov bilan rus brendlarini yaratish. Yuqori darajada toza rus benzinli kanistr. O‘ta ekologik rus muzqaymog‘i v stakanchike. Kichkina paketi o‘n dollarlik ekstragavan urug‘lari. Eksklyuziv kungaboqar yog‘i solingan xrustal idishlar - donasi yigirma yevrodan.Hazillardan tashqari, Rossiya uzoq vaqtdan buyon jahon iqtisodiyotida sof xomashyo o‘rnini bosib o‘tdi. Bizni voqealar rivoji o‘zidan o‘zi chiqarib yuboradi. Agar G‘arb hamkorlari uchun bugun sodir bo‘layotgan voqealar inqiroz bo‘lsa, biz uchun bu imkoniyatdir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23764563_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_ef9542a5eb77ed0b883fb4886b6f7fa9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
kolumnistlar, rossiya
Rossiyadan butun dunyoni bepul boqishni talab qilishmoqda
21:53 23.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Bir qancha vaqt oldin kollektiv G‘arb bizni oziq-ovqat inqirozida ayblashinini yozgan edik. Faqat uning muddatida ozgina adashibmiz.
Sheriklar yozga qadar sabr qila olmadi. Hozirning o‘zida britaniyalik, germaniyalik va amerikalik mas’ul shaxslar butun dunyoni bo‘lajak ochlik bilan qo‘rqitmoqda va bunda barcha javobgarlikni Rossiyaga tashlab qo‘yishmoqda deb yozadi RIA Novosti kolumnisti. “Putin ochlik bilan tahdid o‘tkazib shantaj qilmoqda”-, deb xulosa qiladi Amerikaning Newsmax nashri.
Rossiyani aynan nimada ayblashmoqda? Birinchidan, maxsus harbiy operatsiya. Bu Ukrainada don ekish kampaniyasini xavf ostiga qo‘yadi. Ikkinchidan, Azov va Qora dengiz portlarini to‘sib qo‘yilishi, buning natijasida kemalar Ukraina donini olib chiqa olmasligi.
Biroq portlarni aslida ukrainaliklarning o‘zi to‘sib qo‘ygan. Ukraina Qurolli Kuchlari erisha oladigan suv zonasining barcha qismlarini minalashdi, hatto Odessaning shahar plyaji ham saqlanib qolmadi. Bo‘rondan keyin bu minalar parchalanib, ochiq dengizga suzib ketdi. Hozir Qora dengiz oqimlari ularni suzdirib ketmoqda balki. Bombalar qayerga borib qolishi noma’lum. Bunday sharoitda qandaydir tijorat reyslarini tashkil etishga urinish o‘limga o‘xshaydi. Ukraina minasi deb kema portlashidan Xudo saqlasin! Yana Rossiya hamma narsaga aybdor bo‘ladiku.
Maxsus operatsiyaga kelsak, barcha maqsadlarga erishilgandan so‘ng, albatta, uning yakunlanishini xohlaymiz, shubhasiz. Ammo hozir - g‘arblik sheriklar Ukrainaga kechayu kunduz qurol-yarog‘ tarqatib, u yerga harbiy maslahatchilarni yuborib, Ukraina armiyasini o‘qitib, shafqatsizlarcha frontga haydab chiqarayotganda buni qanday amalga oshirish mumkin? AQSh hozirgina Kiyevga urush uchun yana qirq milliard dollar ajratdi. Va buning evaziga Vladimir Zelenskiy bir million ukrainalikni safarbar qilishga va’da berdi. Qaysidir ma’noda bu krepostnoylik vaqtlarini eslatadi. Ukrainaliklar sotiladi, ulgurji, arzon, savdolashish mumkin.
AQShning Ukrainaga munosabatini Vashingtonning o‘tgan hafta davomida Ukraina omborlarida qolib ketgan yigirma million tonna g‘allani olib chiqish “yo‘llarini qidirayotgani”dan yaqqol ko‘rinib turibdi. Ukrainaliklarning o‘zlarichi, ular nima yeydi? Ehtimol, Rossiyadan keladigan gumanitar yordam bo‘lsa kerak. Biz ularga yordam beramiz, albatta.
Bu kontekstda g‘arblik hamkorlar Moskvadan nima talab qilyapti? Ularni o‘g‘it va barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashni. Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda Rossiya bug‘doy va kungaboqar yog‘i yetkazib berish bo‘yicha dunyoda yetakchi, shakarning asosiy yetkazib beruvchisi, shuningdek, arpa, bug‘doy, makkajo‘xori va dukkakli ekinlarni eksport qiladi.
Aynan mana shu mahsulotlarni eksport qilish uchun mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 31-avgustiga qadar cheklovlar belgilangandi. Bu cheklovlar G‘arbga umuman yoqmayapti. Xuddi do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar ro‘yxati kabi. Ro‘yxatga AQSh, Britaniya ham o‘z satellitlari bilan, shuningdek butun Yevropa Ittifoqi kiradi.
Vashington mart oyining o‘zidayoq Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarni “jahannamiy sanksiyalari”dan olib tashladi. Ammo ular hali ham yo‘q. Kamomad shu darajadaki, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken: “Rossiya tajovuzini tanqid qilayotgan mamlakatlarga o‘g‘it va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini to‘xtatish bilan tahdid qilishni bas qilishi kerak”, - deb jazava qilayotir.
Biroq, ijozat bering. Bu mamlakatlar shunchaki tanqid qilayotgani yo‘q. Bu mamlakatlar- AQSh va uning malaylari- bizdan uch yuz milliard dollar o‘g‘irlagan, o‘z investor va tadbirkorlariga shantaj qilib Rossiyadagi kompaniyalarini yopishga majbur qilishdi, qo‘rqinchli va ayanchli rusofob jazavasini tarqatishdi, Moskva bilan har qanday hamkorlik uchun dunyoning barcha mamlakatlariga sanksiyalar bilan tahdid qilishmoqda.
Endi esa ular yeyishni xohlashadi. Boz ustiga, juda ko‘proq yeyishni xohlashmoqda. G‘arblik sheriklarning muammoni tan olgisi kelmayapti. Ular faqat Osiyo va Afrika mamlakatlarida bo‘lajak ochlikni gapirishmoqda. Ammo ular holatining dahshati shundaki, oziq-ovqat uchun kuzda narx ko‘tarilishidan AQSh va Yevropadagi millionlab bechora odamlar och o‘tirishga mahkum. Va bunda g‘arblik rahbariyat o‘zini qanday oqlaydi? Hammasini ruslarga to‘nkab qo‘yishda davom etadimi?
Va bugungi kunda London va Vashingtonda mashhur bo‘lgan Afrikadagi ocharchilik muammosi Afrika mamlakatlari agrosanoatining Amerika korporatsiyalarini egallab, mustamlaka qila boshlagandan so‘ng kuchaydi. Aynan ular mahalliy fermerlarga har yili o‘ta qimmat narxlarda sotib olinishi kerak bo‘lgan g‘alla va o‘g‘itlarni yuklab qo‘yishdi. Qora qit’aning agrosanoatini vayron qilib, endi ular afrikaliklarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgandek, Rossiyadan ta’minot talab qilishmoqda.
Biroq, AQSh va Kanada ham birgalikda dunyo bug‘doyining to‘rtdan bir qismini ishlab chiqaradi. Sun’iy yaratilgan tanqislik bilan narxlarni ko‘tarish va keyin eng qashshoq mamlakatlardan foyda olish yaxshi emas. Nega ular bug‘doyni oziq-ovqat inqirozidan eng ko‘p jabr ko‘radigan davlatlarga tekinga tarqatmaydilar?
Kuzga hali vaqt bor. Rossiya mahsulotlari esa jahon bozorida juda yetishmayapti. Amerikalik hamkorlar fikricha, bu Moskva “oziq-ovqatni qurolga aylantirgan” deganidir. Undan oldin neft va gazni qurolga aylantirganimiz ham yodimda. Keyin ko‘mir va o‘tinni ham. Bizda qurollar bunchalar ko‘p bo‘lmasa, a!
Rossiya har doim o‘z majburiyatlarini shartnomalar bo‘yicha mas’uliyat bilan bajargan va G‘arb kontragentlarini mahsulot bilan ta’minlagan. Ammo keyin ular bizga qarshi misli ko‘rilmagan sanksiyalarni qo‘llashdi va mamlakatimiz va G‘arb o‘rtasidagi moliyaviy aloqani uzishdi. Agar biz ularni oziq-ovqat va o‘g‘it bilan ta’minlasak, buning uchun pul olmaslik xavfi bor. Agar biror bir mamlakat biz bilan halol savdo-sotiq qilmoqchi bo‘lsa, Vashington istalgan vaqtda unga qarshi ikkinchi darajali sanksiyalarni qo‘llashi mumkin.
Qisqacha aytganda, har doimgidek: ular bizni talon-taroj qilishni xohlashadi, biz esa rahmat aytishimiz, to‘lashimiz va tavba qilishimiz kerak. Biroq endi avvalgidek bo‘lmaydi. Oziq-ovqat tomonidan, bugungi kunda Rossiya xavfsizligi ta’minlangan. Uni sanksiyalar olib tashlanganidan keyin va hatto tezda qadrsizlanib borayotgan valyutaga to‘lash va’dalariga almashtirish ahmoqlik bo‘lardi.
Prezident Putin tomonidan imzolangan do‘st bo‘lmagan davlatlar ro‘yxati kelajakdagi eksport siyosatimizning sog‘lom tanlanganligini ko‘rsatadi. Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikadagi ko‘plab qashshoq mamlakatlarni ichiga olgan do‘stona mamlakatlar bizning oddiy mahsulotimizni jo‘natish mumkin bo‘ladi. Do‘stona munosabatda bo‘lmagan mamlakatlarning esa navbatda turishiga to‘g‘ri keladi. Ehtimol, uzoq vaqtga.
G‘arb hamkorlarining siyosati oziq-ovqat bozorida xuddi urushdagidek bezgak tutishiga olib keldi. Don aql bovar qilmas sur’atda qimmatlashmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar tezlikda dunyodan chetlashtirildi. Yaqinda Hindiston bug‘doy eksportini taqiqladi. Yo‘q, u “jahannamiy” sanksiyalar ostida emas. Shunchaki, uning hukumati bozorlardagi notinchlikni ko‘rib, kambag‘al aholiga g‘amxo‘rlik qilyapti. Bundan tashqari, u yerda qurg‘oqchilik ham kuzatildi.
Dunyo iqtisodiyotida voqealar baribir g‘alati rivojlanyapti. Tarixda hech qachon oziq-ovqat bunchalik arzon bo‘lmagan, jahon qishloq xo‘jaligi sanoati sayyoramizdagi bunchalik ko‘p sonli odamlarni to‘ydira olmagan edi. Va endi, bir qator rejalashtirilgan inqirozlar tufayli, oziq-ovqat shiddat bilan qimmatlashmoqda, defitsitlar esa o‘z navbatida hosil bo‘ladi.
Rossiya ham inqiroz fonida ajoyib ko‘rinadi. O‘ttiz yil davomida biz jahon iqtisodiyotining zaif bo‘g‘ini hisoblanardik. SSSR davridan beri bizga bu yerda hammasi e’tibordan chetda ekanligi aytilgan. Yoki “benzokolonka mamlakati”, keyin “raketali Yuqori Volta”, keyin “iqtisod parcha-parcha bo‘ldi”, keyin yana vayron bo‘ldi va yana vayron bo‘ldi, yana, ko‘p, ko‘p marta... Bizning uglevodorodlarimiz progressiv emas, qandaydir modaga mos kelmaydigan xom ashyo, bug‘doy savdosi umuman o‘n to‘qqizinchi asrniki.
Axborot texnologiyalari, atrof-muhitga oid moliyaviy spekulyatsiyalar, xizmat ko‘rsatish sohasi – aynan shular bilan insoniyat farog‘on yashagan ekanda. Biz hammamiz esa bu postindustrial parovozning orqasidan yugurdik, hamma unga kechikardi. Uning yo‘lovchilari bizning harakatlarimizga qarab faqat haqorat bilan kulib qo‘yishardi.
Va to‘satdan ma’lum bo‘ldiki, bu postindustriyaning barchasi bizning yoqilg‘imiz bilan ishlayotgan, non va shakarimizni yeyayotgan edi. Rossiya tomonga nafrat bilan tupurishni unutmasdan yana. Axir, olti oy oldin, barcha jahon reytinglari uzoq umr ko‘rishga buyurilishidan avval, davlatimiz rasman “rivojlanayotgan davlat” ro‘yxatiga kiritilgani kulgili. Ya’ni, bizga to‘liq qaram bo‘lgan, dahshatli tashqi qarzlarga o‘ralashib qolgan, o‘z hududida hech narsa ishlab chiqarmaydigan mamlakatlar - bu oltin milliard, qadrli yettilik edi, u yerda u intilishi kerak edi. Biz esa sivilizatsiya chekkasida sudralib bordik.
Bugun esa Rossiya jahon reytingida eng quyi pog‘onaga tushib ketdi. Shu bilan birga, u zamonaviy “mukammal bo‘ron” dan - iqtisodiy, harbiy, siyosiy muammolardan - hammadan yaxshi tarzda boshdan o‘tkazmoqda. Va butun dunyo bizdan zudlik bilan biror narsaga muhtoj. Kimga bug‘doy, kimga kungaboqar yog‘i, kimga urug‘, kimga yog‘, kimga gaz.
Xo‘sh, o‘ta eksklyuziv tovarlar eksportiga o‘tib, xomashomizni hashamatga aylantirish kerak. Brend uchun mos keladigan ortiqcha to‘lov bilan rus brendlarini yaratish. Yuqori darajada toza rus benzinli kanistr. O‘ta ekologik rus muzqaymog‘i v stakanchike. Kichkina paketi o‘n dollarlik ekstragavan urug‘lari. Eksklyuziv kungaboqar yog‘i solingan xrustal idishlar - donasi yigirma yevrodan.
Hazillardan tashqari, Rossiya uzoq vaqtdan buyon jahon iqtisodiyotida sof xomashyo o‘rnini bosib o‘tdi. Bizni voqealar rivoji o‘zidan o‘zi chiqarib yuboradi. Agar G‘arb hamkorlari uchun bugun sodir bo‘layotgan voqealar inqiroz bo‘lsa, biz uchun bu imkoniyatdir.