Qarshi aeroportini ta’mirlash boshlandi

© Press-slujba Ministerstva transporta Respubliki UzbekistanV Mejdunarodnom aeroportu Karshi vedutsya masshtabnie stroitelnie i remontnie raboti.
V Mejdunarodnom aeroportu Karshi vedutsya masshtabnie stroitelnie i remontnie raboti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2022
Obuna bo‘lish
U yerda zamonaviy bagaj taqsimlovchi lentalar va yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratishga mo‘ljallangan boshqa moslamalar o‘rnatiladi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Qarshi xalqaro aeroportida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki bosqichda tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan zal kengaytirilib, aerovokzalning yo‘lovchilar o‘tkazuvchanlik qobiliyatini soatiga 200 yo‘lovchidan 400 nafar yo‘lovchiga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, aerovokzalning ikkinchi qavati jo‘nab ketuvchi yo‘lovchilar uchun mo‘ljallab qayta rekonstruksiya qilinadi. Vazirlik xabarida ta’kidlanishicha, buning natijasida kompleksdagi yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish ustunlari soni hozirgi 3 dan 10 taga oshiriladi.

Shu bilan birga zamonaviy bagaj taqsimlovchi lentalar, elektron tarozilar va yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratishga mo‘ljallangan boshqa moslamalar o‘rnatiladi.
© Press-slujba Ministerstva transporta Respubliki UzbekistanV Mejdunarodnom aeroportu Karshi vedutsya masshtabnie stroitelnie i remontnie raboti.
V Mejdunarodnom aeroportu Karshi vedutsya masshtabnie stroitelnie i remontnie raboti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2022
V Mejdunarodnom aeroportu Karshi vedutsya masshtabnie stroitelnie i remontnie raboti.
Yangiliklar lentasi
0