Mo‘ynoqqa pushti va jingalak saqoqushlar uchib keldi – foto
Mo‘ynoqqa pushti va jingalak saqoqushlar uchib keldi – foto
Sputnik O‘zbekiston
Qushlarning soni qisqarib borayotgan tur sifatida O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan. Ularning vazni 13 kg atrofida va qanotlarini yozganida 3 m gacha yetadi. Patlari kulrang tusli oq, boshida va bo‘ynining orqa qismida uzun
TOShKENT, 23-may — Sputnik. “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi xodimlari olib borgan nazorat tadbirlari davomida pushti va jingalak saqoqushlarning galasi tasvirga olindi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi. Bu qushlarning havo xaltasi hamda skeleti g‘ovak bo‘lishi tufayli suvda yaxshi suzadi va yaxshi ucha oladi.“Koloniya bo‘lib dengiz, daryo va ko‘l orollaridagi qamishzorlarda to‘planadi. Daraxt va yerga uya quradi. Odatda, 2—3 ta tuxumini nari va modasi 35—40 kun navbatlashib bosadi. Bolalari 70—75 kunda uchirma bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.Qushlarning soni qisqarib borayotgan tur sifatida O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan.Saqoqushlarning tashqi ko‘rinishiUlarning vazni 13 kg atrofida va qanotlarini yozganida 3 m gacha yetadi. Patlari kulrang tusli oq, boshida va bo‘ynining orqa qismida uzun jingalak patli kokilchasi bor, qanotlarining uchi qora, tumshuqosti xaltasi sariq, oyoqlari kul rang. Yosh qushlar kul rang-qo‘ng‘ir tusda.Ma’lumot uchun, ushbu qushlar Orolbo‘yida, Amudaryo deltasida, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida uyalaydi. Mavsumiy uchishida saqoqushlar Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon xavzalarining boshqa yirik tekslik suvlarida uchraydi, ba’zida qishlaydi.Saqoqushlarning yashash tarziQamishlar qalin o‘sadigan, baliqga boy bo‘lgan yirik, sayoz tekslik suv xavzalarida yashaydi. Baliqlar bilan oziqlanadi. Uyasini qamish uyumlariga yoki sayoz joylar va orollarda quradi. Tuxum bosganida odatda 2 ta oq tuxum qo‘yadi. Yosh qushlar 65-70 kunlik bo‘lganida, iyun-avgustda ucha boshlaydi. Shundan so‘ng to‘p-to‘p uyalari bo‘linib ketadi hamda qushlar galalari hosil qiladi va ovqat izlab ko‘chib yuradi. Bahorgi uchib o‘tishi mart-aprelda, kuzgi uchib o‘tishi sentabr-noyabrda bo‘ladi.Qushlarni ov qilish ta’qiqlangan.
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasida pushti va jingalak saqoqushlarning galasini tasvirga olishga muvaffaq bo‘lindi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi xodimlari olib borgan nazorat tadbirlari davomida pushti va jingalak saqoqushlarning galasi tasvirga olindi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.
Bu qushlarning havo xaltasi hamda skeleti g‘ovak bo‘lishi tufayli suvda yaxshi suzadi va yaxshi ucha oladi.
“Koloniya bo‘lib dengiz, daryo va ko‘l orollaridagi qamishzorlarda to‘planadi. Daraxt va yerga uya quradi. Odatda, 2—3 ta tuxumini nari va modasi 35—40 kun navbatlashib bosadi. Bolalari 70—75 kunda uchirma bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.
Qushlarning soni qisqarib borayotgan tur sifatida O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan.
Ularning vazni 13 kg atrofida va qanotlarini yozganida 3 m gacha yetadi. Patlari kulrang tusli oq, boshida va bo‘ynining orqa qismida uzun jingalak patli kokilchasi bor, qanotlarining uchi qora, tumshuqosti xaltasi sariq, oyoqlari kul rang. Yosh qushlar kul rang-qo‘ng‘ir tusda.
Ma’lumot uchun, ushbu qushlar Orolbo‘yida, Amudaryo deltasida, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida uyalaydi. Mavsumiy uchishida saqoqushlar Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon xavzalarining boshqa yirik tekslik suvlarida uchraydi, ba’zida qishlaydi.
Saqoqushlarning yashash tarzi
Qamishlar qalin o‘sadigan, baliqga boy bo‘lgan yirik, sayoz tekslik suv xavzalarida yashaydi. Baliqlar bilan oziqlanadi. Uyasini qamish uyumlariga yoki sayoz joylar va orollarda quradi. Tuxum bosganida odatda 2 ta oq tuxum qo‘yadi. Yosh qushlar 65-70 kunlik bo‘lganida, iyun-avgustda ucha boshlaydi. Shundan so‘ng to‘p-to‘p uyalari bo‘linib ketadi hamda qushlar galalari hosil qiladi va ovqat izlab ko‘chib yuradi. Bahorgi uchib o‘tishi mart-aprelda, kuzgi uchib o‘tishi sentabr-noyabrda bo‘ladi.