Hokim yordamchisi Oltinko‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2022
Obuna bo‘lish
Qo‘rg‘ontepa tumani “Chorvador” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelgan Mahamadmuso Obidov Oltinko‘l tumani hokimi vazifasini bajaradi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Mahamadmuso Obidov Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Obidov Qo‘rg‘ontepa tumani “Chorvador” mahalla fuqarolari yig‘ini tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi vazifasida faoliyat yuritgan.
Mahamadmuso Obidov 1984-yilda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2005-yili “O‘zsanoatqurilishbank” Bunyodkor filialida pul muomalasi va naqd pul mablag‘larini berilishini monitoring qilish bo‘yicha maxsus sho‘’basi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi vazifasidan boshlagan.
Biroz avval Toshkent viloyatining Angren shahriga yangi hokim tayinlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0