https://oz.sputniknews.uz/20220523/bolakayni-qutqargan-ozbekistonlik-butunrossiya-mukofoti-sovrindori-boldi-24749172.html
Bolakayni qutqargan o‘zbekistonlik butunrossiya mukofoti sovrindori bo‘ldi
Bolakayni qutqargan o‘zbekistonlik butunrossiya mukofoti sovrindori bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentlik talaba Zarafshon tog‘ tizmalari bag‘rida cho‘kib ketayotgan bolani qutqarib qoldi. 23.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-23T17:55+0500
2022-05-23T17:55+0500
2022-05-24T12:09+0500
jamiyat
talabalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/17/24742666_0:421:768:853_1920x0_80_0_0_1b5cb47ff8b4b6eebdc2bc4c27538861.jpg
TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekistonlik talaba Mirzaulug‘ov Shahzod Behzod o‘g‘li daroda cho‘kayotgan bolakayni qutqarib qoldi va “Otashin yurak” butunrossiya jamoat-davlat tashabbusi sovrindori bo‘ldi.Shahzod yoz oyida Zarafshon tog‘ tizmalari bag‘rida dam olgan. U ko‘l va suv oqimi qo‘shilishi joyidan uzoq bo‘lmagan yerda bir bolaning cho‘kib ketayotganini ko‘rib qolgan. Bolakay “Yordam bering!” deya suvdan boshini chiqargan va yana suv ostiga ko‘milib ketgan.Shahzodning tan olishicha, u avvaliga qo‘rqqan va o‘zini yo‘qotib qo‘ygan. Keyin o‘zini qo‘lga olib, bolakayni qutqarish harakatini boshlagan. U tezda kiyimlarini yechib, o‘zini suvga otgan. Jabrlanuvchining oldiga suzib kelib, uni qirg‘oqqa olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.U bolani yerga yotqizib, uni hushiga keltirgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, sovuq suvda uzoq cho‘milishi oqibati bolakayning tomirlari tortishib qolgan va bu uning cho‘kib ketishiga sabab bo‘lgan.Shahzodning so‘zlariga ko‘ra, u hammasi yaxshi tugaganidan xursand, endi u boshqalarga qutqarish ko‘nikmalarini o‘rgatmoqda.Talaba “Otashin yurak” ("Gorachee serdse") ko‘krak nishon bilan taqdirlanadi.Eslatib o‘tamiz, Rossiyada “Otashin yurak” butunrossiya jamoat-davlat tashabbusi 2013-yildan buyon amalga oshirib kelinadi. Uning asosiy maqsadi o‘zining faol xatti-harakatlarini namoyon etgan, odamlarga beg‘araz yordam bergan 23 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlarni tabriklash va ularga minnatdorchilik bildirishdir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/17/24742666_0:336:768:912_1920x0_80_0_0_085427d939f4add5bcc98aafc37bac7c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, talabalar
Bolakayni qutqargan o‘zbekistonlik butunrossiya mukofoti sovrindori bo‘ldi
17:55 23.05.2022 (yangilandi: 12:09 24.05.2022) Toshkentlik talaba Zarafshon tog‘ tizmalari bag‘rida cho‘kib ketayotgan bolani qutqarib qoldi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekistonlik talaba Mirzaulug‘ov Shahzod Behzod o‘g‘li daroda cho‘kayotgan bolakayni qutqarib qoldi va “Otashin yurak” butunrossiya jamoat-davlat tashabbusi sovrindori bo‘ldi.
Shahzod yoz oyida Zarafshon tog‘ tizmalari bag‘rida dam olgan. U ko‘l va suv oqimi qo‘shilishi joyidan uzoq bo‘lmagan yerda bir bolaning cho‘kib ketayotganini ko‘rib qolgan. Bolakay “Yordam bering!” deya suvdan boshini chiqargan va yana suv ostiga ko‘milib ketgan.
Shahzodning tan olishicha, u avvaliga qo‘rqqan va o‘zini yo‘qotib qo‘ygan. Keyin o‘zini qo‘lga olib, bolakayni qutqarish harakatini boshlagan. U tezda kiyimlarini yechib, o‘zini suvga otgan. Jabrlanuvchining oldiga suzib kelib, uni qirg‘oqqa olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
U bolani yerga yotqizib, uni hushiga keltirgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, sovuq suvda uzoq cho‘milishi oqibati bolakayning tomirlari tortishib qolgan va bu uning cho‘kib ketishiga sabab bo‘lgan.
Shahzodning so‘zlariga ko‘ra, u hammasi yaxshi tugaganidan xursand, endi u boshqalarga qutqarish ko‘nikmalarini o‘rgatmoqda.
Talaba “Otashin yurak” ("Gorachee serdse") ko‘krak nishon bilan taqdirlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada “Otashin yurak” butunrossiya jamoat-davlat tashabbusi 2013-yildan buyon amalga oshirib kelinadi. Uning asosiy maqsadi o‘zining faol xatti-harakatlarini namoyon etgan, odamlarga beg‘araz yordam bergan 23 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlarni tabriklash va ularga minnatdorchilik bildirishdir.