Angren shahriga yangi hokim tayinlandi

© Foto: Xokimiyat Tashkentskoy oblastiAlisher Rayimov
Alisher Rayimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2022
Obuna bo‘lish
Angren shahrining sobiq hokimi Nuritdin Abdurahimov kasallikdan so‘ng vafot etgan edi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Alisher Rayimov Toshkent viloyatining Angren shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi ma’lum qildi.
Rayimov 1981-yil Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2005-yil Toshkent davlat texnika universitetini, 2020-yilda Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining “Tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi loyihasini joriy etish direksiyasi” filiali direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Angren shahrining oldingi hokimi Nuritdin Abdurahimov 11-may kuni kasallikdan so‘ng vafot etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0