Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Tonggi badantarbiyani oilaviy an’anaga aylantirish sirlari

© Sputnik / Artur Lebedev / Mediabankka o‘tishZabeg po chaynim plantatsiyam v Sochi
Zabeg po chaynim plantatsiyam v Sochi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2022
Obuna bo‘lish
To‘g‘ri motivatsiya bilan tonggi badantarbiyani oilaviy odatga aylantirish mumkin.
Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bo‘yicha murabbiy Anastasiya Romanova tonggi badantarbiyani oilaviy an’anaga aylantirish borasida tavsiyalar berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar beradi.
Ekspertning fikriga ko‘ra, birinchi navbatda badantarbiyaning organizm uchun foydali jihatlarini anglash lozim. O‘z salomatligini yaxshilashga bo‘lgan harakat eng yaxshi rahbatlantirish bo‘ladi.
“Mashq qilish tana va miyani uyg‘otadi, kun davomida kuch va tetiklik beradi. Ertalab oddiy va yengil mashqlar ham chidamlilikni oshiradi, immunitetni mustahkamlaydi, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilaydi, nafas olish va miya faoliyatini normallashtiradi. Shuni yodda tutish lozimki, badantarbiya qilish uchun motivatsiya kundan-kunga oshib borishi kerak. Ertalabki mashqlarni kundalik odatga aylantirilgandan bir necha kundan so‘ng ijobiy natija, albatta, seziladi”, - deydi murabbiy.
Romanovaning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlar faqat sport mashqlarining qat’iy ro‘yxatidan iborat bo‘lishi shart emas. Mutaxassis mashqlarning turliligi - masalan, sevimli qo‘shiqqa raqsga tushish ham yaxshi natija berishini aytib o‘tdi.
Mutaxassis o‘z farzandlarini jismoniy tarbiyaga o‘rgatmoqchi bo‘lgan ota-onalarga avvalo o‘zlari yaxshi namuna bo‘lishlari kerakligini aytdi.
“Bolani tonggi badantarbiya qilishga majburlamaslik kerak. Hammasi ota-onalarning o‘zlaridan boshlanishi kerak. Ota-onalar farzandiga sport bilan shug‘ullanish quvnoq jarayon ekanligini isbotlashi lozim. Musiqa, ko‘ngilochar va yengil mashqlar bilan bolani qiziqtirish mumkin. Dastlabki, 2-3 kunda bola rozi bo‘lmasligi tabiiy. Biroq, undan keyin albatta, bola sizga ergashadi”,- deydi murabbiy.
“Tonggi badantarbiya ko‘p vaqt olmasligi uchun aniq reja qilish zarur. Intizom va davomiylik uchun esa bolaga chiroyli taqvim chizib berish va badantarbiya bajarilgan har bir kunni belgilashni o‘rgatish lozim. Hafta oxirida esa albatta bolani yoqimli narsalar bilan taqdirlash kerak. Shuningdek, musobaqalar tashkillashtirish ham g‘alabaga erishi kayfiyatini rag‘batlantiradi”,- deydi ekspert.
Yangiliklar lentasi
0