https://oz.sputniknews.uz/20220522/namanganning-qator-hududlariga-sel-keldi--video-24728619.html
Namanganning qator hududlariga sel keldi – video
Namanganning qator hududlariga sel keldi – video
Sputnik O‘zbekiston
Namangan viloyati FVB Kosonsoyga sel kelgani haqidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi. 22.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-22T16:55+0500
2022-05-22T16:55+0500
2022-05-22T16:55+0500
jamiyat
sel
namangan viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/16/24728545_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_ed905b76a5de55070beb7187af1fe92f.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga 22-may kuni sel kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.Xabarda yozilishicha, shu kuni viloyatda yoqqan yomg‘ir oqibatida Kosonsoy tumanidagi Kosonsoy soyiga yomg‘irdan to‘plangan suvlar kelgan. Bundan hududdagi aholi yashash xonadonlari, ekin maydonlari hamda boshqalarga zarar yetmagan.“Hozirda viloyatdagi soylar to‘liq nazoratga olingan hamda sel kelish xavfining oldini olish, uni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati FVB kunu tun shay holatda”, — deyiladi xabarda.Shuningdek, kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Kosonsoyning To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismiga ham sel kelgan. Tuman hokimligi va FVBning tezkor guruhi selni aholi hamda ekin yerlariga ziyon yetkazmasligini nazorat qilib turgan.Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yomg‘ir sabab Chust tumanidagi xonadonlarni suv bosgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Namangan Gidrometrologiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, mahalliy vaqt soat 09:20 dan 11:30 ga qadar Chust tumani Karkidon qishlog‘idagi kuzatuv postida umumiy 38 mm yog‘in yoqqan. Bu tumanda may va iyun oyida yog‘adigan umumiy ikki oylik yog‘in miqdoriga teng.
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/16/24728545_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_e215a0e2719003865f0bfc7cb410b5cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sel, namangan viloyati
jamiyat, sel, namangan viloyati
Namanganning qator hududlariga sel keldi – video
Namangan viloyati FVB Kosonsoyga sel kelgani haqidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga 22-may kuni sel kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan
munosabat bildirdi.
Xabarda yozilishicha, shu kuni viloyatda yoqqan yomg‘ir oqibatida Kosonsoy tumanidagi Kosonsoy soyiga yomg‘irdan to‘plangan suvlar kelgan. Bundan hududdagi aholi yashash xonadonlari, ekin maydonlari hamda boshqalarga zarar yetmagan.
“Hozirda viloyatdagi soylar to‘liq nazoratga olingan hamda sel kelish xavfining oldini olish, uni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati FVB kunu tun shay holatda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Kosonsoyning To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismiga ham
sel kelgan. Tuman hokimligi va FVBning tezkor guruhi selni aholi hamda ekin yerlariga ziyon yetkazmasligini nazorat qilib turgan.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yomg‘ir sabab Chust tumanidagi xonadonlarni suv bosgani aks etgan videolar tarqalmoqda.
Namangan Gidrometrologiya boshqarmasi
xabariga ko‘ra, mahalliy vaqt soat 09:20 dan 11:30 ga qadar Chust tumani Karkidon qishlog‘idagi kuzatuv postida umumiy 38 mm yog‘in yoqqan. Bu tumanda may va iyun oyida yog‘adigan umumiy ikki oylik yog‘in miqdoriga teng.